Mavzu: “Iskandar Zulqarnayn” ertak dostoni



Download 187,5 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi187,5 Kb.
#18887
Yunusobod tumani

327-maktabning

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

Mavlyuda Nazarovaning

bir soatlik dars

ishlanmasi



2016-2017

Mavzu: “Iskandar Zulqarnayn” ertak dostoni.


Darsning maqsadi:

a)ta’limiy maqsad: o`quvchilarning mavzu bo`yicha bilim va malakalarini oshirish

b)tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni saxovatli, himmatli, sabrli bo`lishga o`rgatish d)rivojlantiriruvchi maqsad:o`quvchilarning savodxonligini rivojlantirish taffakurini charxlash, mutolaaga qiziqtirish

Darsning usuli: Sahna, Bliss o`yini

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: AKT, asar yuzasidan ishlangan rasmlar, sahna uchun jihozlar.

Darsning borishi:

I. O`quvchilar va o`quv xonasining darsga tayyorligi ,davomatni tekshirish

II. Uy ishini tekshirish: Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodiga doir savollarga javob olish:


  1. Maqsud Shayxzoda hayoti haqida so`zlang.

  2. Adib ijodi haqida nimalar bilasiz?

  3. Shoirning qanday doston va she’riy toplamlarini bilasiz?

  4. Maqsud Shayxzodaning drammatik asarlaridagi tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar haqida ayting.

  5. Shoir “Toshkentnoma” asarida nimalarni ifodalagan?




III. Yangi mavzu bayoni:

Maqsud Shayxzoda xalqimiz o`rtasida keng yoyilgan “Iskandar Zulqarnayn” ertagini adabiy jihatdan qayta ishlab, uning tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirib, she`riy shaklga soldi. Iskandar Zulqarnayn kim ekanligini bilasizmi?





  • Aleksandr Makedoniya poytaxti Pelleda mil. avv. 356-yilda tug’ildi.

  • Otasi Makedoniya shohi Filipp II.

  • Onasi Olimpiada – Molos shohi Iprning qizi.

Aleksandrning yoshlik yillari haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Antik manbalarda qayd qilinishicha, u bolaligida tengdoshlari orasida o’zining alohida qobiliyati bilan ajralib turardi. Aqlli, jasur, mag’rur va izzattalab bo’lgan. 16 yoshida Aleksandr janglarda qatnashib harbiy qobiliyati va jasorati bilan hammani lol qoldirgan. U juda ko`p mamlakatlarni bosib olib, u yerdagi barcha moddiy va ma`naviy boyliklarni talagan, odamlarni qul qilgan. Aleksandr Makedonskiy uzoq janglar qilib, hozirgi O`rta Osiyo yerlarini ham o`ziga bo`ysundirgan. Qani, o`quvchilar, Bliss o`yini orqali “Iskandar Zulqarnayn” ertak dostoni mazmunini bayon etamiz.

  • Unga ko‘ra, Iskandarning boshida shoxi bor ekan.

  • Uni hech kim bilmas ekan.

  • Qaysi sartarosh sochini olsa, ertasiga gumdon qilinar ekan.

  • Oxiri ish shungacha boribdiki, mamlakatda sartarosh qolmabdi.

  • Oxirgisini olib kelibdilar…(o`quvchilar sahna ko`rinishi namoyish etadilar)

Iskandar Zulqarnayn va sartarosh diologi:

Iskandar: ustarangni tayyorla, sochlarimni qirq-tashla, ehtiyot bo`l ham jiddiy.

Sartarosh shohning qalpogini oldiyu uning boshidagi qo`sh shoxini ko`rib, o`takasi yorilay dedi.

Iskandar: o`ldirmayman seni men, yolg`iz qolding yurtda sen, biroq tiling tiymasang, ayta ko`rsang sirimni, go`rda ko`rgin yeringni, tez juvonmark bo`lasan!

Sartarosh: Xop bo`ladi shohim. Bu sirni hech kimga aytmayman, ishonavering dedi.

Oylar yillar o`tipti. Bu mudhish sirni hech kimga aytmagan sartarosh, kimsasiz dalaga chiqibdi. Har tomonga boqibdi va bir chohni topibdi. Chohga bir so`z aytibdi.

-Voy dod, dunyolar shohi Iskandarning bor shoxi!

Oradan ko`p yillar o`tibdi. Bir kuni cho`pon yigit poda haydab chohning yoniga kelibdi. Chohning ichida qamishlar o`sib yotgan ekan. Chopon qamishning birini tanlab olib nay yasabdi. Nayni sozlab kuy chalmoqchi bo`libdi. Naydan faqat bir ovoz “Voy dod, dunyolar shohi Iskandarning bor shoxi!” degan so’zlar chiqaveribdi.Bu gap har yon tarqalib, mudhish sir oshkor bo`libdi.



IV. Mustahkamlash:

Savol topshiriqlar ustida ishlash.



  1. “Iskandar Zulqarnayn” dostonidagi qahramonlar obrazlari orqali ijodkor qanday ibratli fikrlarni ifoda etgan?

  2. Dunyda hech qanday yomonlikni yashirib bo`lmasligi dostonda qaysi ramz orqali o`z ifodasini topgan?

V. Rag`batlantirish: o`quvchilar munosib baholanadi.

VI. Uyga vazifa: asar bo`yicha taassurotlaringizni yozing.
Download 187,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish