Yunusobod tumani
327-maktabning
ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Mavlyuda Nazarovaning
bir soatlik dars
ishlanmasi
2016-2017
Mavzu: “Iskandar Zulqarnayn” ertak dostoni.
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy maqsad: o`quvchilarning mavzu bo`yicha bilim va malakalarini oshirish
b)tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni saxovatli, himmatli, sabrli bo`lishga o`rgatish d)rivojlantiriruvchi maqsad:o`quvchilarning savodxonligini rivojlantirish taffakurini charxlash, mutolaaga qiziqtirish
Darsning usuli: Sahna, Bliss o`yini
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning jihozi: AKT, asar yuzasidan ishlangan rasmlar, sahna uchun jihozlar.
Darsning borishi:
I. O`quvchilar va o`quv xonasining darsga tayyorligi ,davomatni tekshirish
II. Uy ishini tekshirish: Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodiga doir savollarga javob olish:
-
Maqsud Shayxzoda hayoti haqida so`zlang.
-
Adib ijodi haqida nimalar bilasiz?
-
Shoirning qanday doston va she’riy toplamlarini bilasiz?
-
Maqsud Shayxzodaning drammatik asarlaridagi tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar haqida ayting.
-
Shoir “Toshkentnoma” asarida nimalarni ifodalagan?
III. Yangi mavzu bayoni:
Maqsud Shayxzoda xalqimiz o`rtasida keng yoyilgan “Iskandar Zulqarnayn” ertagini adabiy jihatdan qayta ishlab, uning tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirib, she`riy shaklga soldi. Iskandar Zulqarnayn kim ekanligini bilasizmi?
-
Aleksandr Makedoniya poytaxti Pelleda mil. avv. 356-yilda tug’ildi.
-
Otasi Makedoniya shohi Filipp II.
-
Onasi Olimpiada – Molos shohi Iprning qizi.
Aleksandrning yoshlik yillari haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Antik manbalarda qayd qilinishicha, u bolaligida tengdoshlari orasida o’zining alohida qobiliyati bilan ajralib turardi. Aqlli, jasur, mag’rur va izzattalab bo’lgan. 16 yoshida Aleksandr janglarda qatnashib harbiy qobiliyati va jasorati bilan hammani lol qoldirgan. U juda ko`p mamlakatlarni bosib olib, u yerdagi barcha moddiy va ma`naviy boyliklarni talagan, odamlarni qul qilgan. Aleksandr Makedonskiy uzoq janglar qilib, hozirgi O`rta Osiyo yerlarini ham o`ziga bo`ysundirgan. Qani, o`quvchilar, Bliss o`yini orqali “Iskandar Zulqarnayn” ertak dostoni mazmunini bayon etamiz.
-
Unga ko‘ra, Iskandarning boshida shoxi bor ekan.
-
Uni hech kim bilmas ekan.
-
Qaysi sartarosh sochini olsa, ertasiga gumdon qilinar ekan.
-
Oxiri ish shungacha boribdiki, mamlakatda sartarosh qolmabdi.
-
Oxirgisini olib kelibdilar…(o`quvchilar sahna ko`rinishi namoyish etadilar)
Iskandar Zulqarnayn va sartarosh diologi:
Iskandar: ustarangni tayyorla, sochlarimni qirq-tashla, ehtiyot bo`l ham jiddiy.
Sartarosh shohning qalpogini oldiyu uning boshidagi qo`sh shoxini ko`rib, o`takasi yorilay dedi.
Iskandar: o`ldirmayman seni men, yolg`iz qolding yurtda sen, biroq tiling tiymasang, ayta ko`rsang sirimni, go`rda ko`rgin yeringni, tez juvonmark bo`lasan!
Sartarosh: Xop bo`ladi shohim. Bu sirni hech kimga aytmayman, ishonavering dedi.
Oylar yillar o`tipti. Bu mudhish sirni hech kimga aytmagan sartarosh, kimsasiz dalaga chiqibdi. Har tomonga boqibdi va bir chohni topibdi. Chohga bir so`z aytibdi.
-Voy dod, dunyolar shohi Iskandarning bor shoxi!
Oradan ko`p yillar o`tibdi. Bir kuni cho`pon yigit poda haydab chohning yoniga kelibdi. Chohning ichida qamishlar o`sib yotgan ekan. Chopon qamishning birini tanlab olib nay yasabdi. Nayni sozlab kuy chalmoqchi bo`libdi. Naydan faqat bir ovoz “Voy dod, dunyolar shohi Iskandarning bor shoxi!” degan so’zlar chiqaveribdi.Bu gap har yon tarqalib, mudhish sir oshkor bo`libdi.
IV. Mustahkamlash:
Savol topshiriqlar ustida ishlash.
-
“Iskandar Zulqarnayn” dostonidagi qahramonlar obrazlari orqali ijodkor qanday ibratli fikrlarni ifoda etgan?
-
Dunyda hech qanday yomonlikni yashirib bo`lmasligi dostonda qaysi ramz orqali o`z ifodasini topgan?
V. Rag`batlantirish: o`quvchilar munosib baholanadi.
VI. Uyga vazifa: asar bo`yicha taassurotlaringizni yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |