Ichki ishqalanish — qattiq, suyuq va gazsimon jismlarda sodir boʻladigan jarayonlar; bu jarayonlar jismlarning mexanik energiyasini qaytmas ichki energiyasiga aylantirib beradi. Qattiq jismlarda ichki ishqalanish — jism deformatsiyasiga sarflangan energiyaning jism eng katta elastik deformatsiya paytida oladigan ichki energiyasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda ichki ishqalanish turli usullar bilan oʻlchanadi.
Ishqalanish hech qanday harakatni yuzaga keltirmaydi. Lekin nima uchun u kuch deb ataladi, degan savol tug‘iladi. Bunga sabab, ishqalanish kuchi harakatni sekinlashtiradi.
Demak, kuch faqat harakatni yuzaga keltirmasdan, uni sekinlashtirishi ham mumkin ekan. Stol ustida taxlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta’sir etib, ishqalanish kuchini yengishimiz kerak. Avtomobilga tormoz berilsa, u tezda to‘xtaydi. Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkivlarni aylantiradi
Shkivda ishqalanishning nomoyon bo’lishi.
Ishqalanish kuchi hosil bo‘lishining birinchi sababi bir-biriga tegib turadigan jismlar sirtining notekisligidir.
Ishqalanish kuchi hosil bo‘lishining ikkinchi sababi – bir-biriga tegib turadigan jismlar yuzasidagi molekulalarning o‘zaro ta’sirlashish kuchidir.
Ishqalanish kuchi F i(t) ta’sir etayotgan kuch F ga proporsional ravishda o‘zgaradi: F i(t) = kF.
Bunda k – ishqalanish koeffitsiyenti. Uning qiymati ta’sirlashayotgan jismlar materialiga, sirtlarining silliqligi va boshqalarga bog‘liq.
Jismning tinch holatidan harakatga kelish paytidagi ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.
Yeyilish — buyumlar sirtining oʻzaro ishqalanishi, tashqi muhitning bevosita taʼsiri tufayli ularning oʻlchamlari, shakli, massasi yoki sirtqi holatining asta-sekin oʻzgarishi.
Mashina detallari, inshootlarning qismlari, kiyimlar va boshqa uchun yeyilish ishqalanish sharoitiga, materialning xossasiga va buyumning tuzilishiga bogʻliq boʻladi. Tashqi taʼsirlarning tabiatiga koʻra buyumlarning sirtqi qatlamlari abraziv, mexanikaviy, kimyoviy oksidlanib, termik yeyilish xillariga boʻlinadi. Abraziv yeyilishga asosan ishqalanish sabab boʻladi. Mexanikaviy yeyilishda ishqalanish, ezilish, toliqish natijasida buyum oʻlchamlari va massasi yoki ish sirtining holati oʻzgaradi. Kimyoviy, oksidlanib va termik yeyilishda buyum ob-havo (yogʻingarchilik, haroratning keskin oʻzgarishi, chang) va emiruvchi (oksidli va ishqorli) muhitlar taʼsirida korroziyalanib (metallda), eskirib yeyiladi. Yeyilish buyumlarning sifatini pasaytirishga, isteʼmol (ishlatish) qiymatini yoʻqotishga olib keladi. Mashina detallarining yeyilishini kamaytirish uchun maxsus moylar va surkov moylarini ishlatish, zanglashga chidamli materiallardan foydalanish va boshqa tavsiya etiladi. Buyumlar (mashina detallari va boshqa ishqalanuvchi buyumlar) materialining yeyilishga karshilik koʻrsata olish xususiyati eyilishga chidamlilik deb ataladi. U ishlash jarayonida buyumning massasi kamayishi va oʻlchami kichrayib borishi bilan baholanadi
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Fizika fani 6-sinf. Toshkent, 2018-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |