8- mаvzu: Ishоnchnоmа, dаlоlаtnоmа, mа’lumоtnоmа. Ulаrning zаruriy qismlаri.
2 sоаt
Rеjа:
Ishоnchnоmа, uning turlаri.
Dаlоlаtnоmа (Аkt)
IPT-shаrhlоvchi mа’ruzа
Аdаbiyotlаr: 1 (246-253).
Tayanch so’z va iboralar: hujjat turlari,ishonchnoma, dalolatnoma, tilxat, ma’lumot-axborot hujjatlari, bayonnoma, bildirishnoma, bayonnoma, ko’chirma, shaxsiy hujjatlar, ariza, tarjimai hol, rasmiy ish qog’ozlari, xizmat ko’rsatish, tashkilot, hujjat, tilning Grammatik tomoni.
1.Ishonchoma va uning turlari.
Respublikamizning qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolar va tashkilotlar o’z ishlarini shaxsan yoki vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanishi kerak bo’lgan vakillar orqali yuritishlari mumkin.
Fuqarolik kodeksi (FK)ning 134-moddasida belgilanishicha, bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Bunda ishonchli vakil faqat o’ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi va, agar ishonchnomada boshqa narsa nazarda tutilmagan bo’lsa, o’zi vakil qilingan harakatlarni shaxsan amalga oshirishi kerak.
Barcha ishonchnomalarni vazifasiga va ishonchli vakilga (vakilga) beriladigan huquqlarga boғliq holda 3 turga bo’lish mumkin - bir martalik, maxsus va umumiy.
Bir martalik ishonchnoma ishonchli vakilga bir martalik harakatni amalga oshirishga vakolat beradi. Masalan, tovar-moddiy boyliklar, bankdan pul summasi olish, shartnoma imzolash.
Maxsus ishonchnoma umumiy maqsad, predmet va taomil bilan boғliq va bir yuridik natijaga erishishga yo’naltirilgan bir turdagi muayyan harakatlarni amalga oshirishga beriladi. Masalan, transport tashkilotlaridan yuk olish bilan boғliq operastiyalar bo’yicha, sudda vakil bo’lishga va hokazo.
Umumiy yoki bosh ishonchnoma ishonch bildiruvchining mol-mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish hamda uning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bo’yicha, shu jumladan davlat organlari, tijoratchi va tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar, ularning bo’linmalari, shuningdek har qanday boshqa shaxslar oldida barcha masalalar bo’yicha va vakil qilgan shaxs nomidan ishlarni yuritishga vakil bo’lishga vakolatlar beradi. Filial yoki vakolatxona rahbariga bosh tashkilot nomidan berilgan, uning rahbari yoki ta’sis hujjatlari
Dаlоlаtnоmа (Аkt)
bunga vakolat bergan boshqa shaxs tomonidan imzolangan ishonchnoma bosh ishonchnomaga misol bo’ladi.
VAKOLAT BERILDIMI? -VAZIFANGIZNI BAJARING
Avval aytilganidek, ishonchli vakil u vakolat olgan harakatlarni shaxsan amalga oshirishi kerak. Biroq bir qator hollarda ishonchnomani boshqalarga ishonish mumkin. Agar bunday imkoniyat ishonchnomada qayd etilgan yoki vaziyat uni ishonch bildiruvchining manfaatlarini qo’riqlash uchun bunga majbur etsa, ishonchli vakil bunga haqlidir (FKning 140-moddasi). Vakolatlarni boshqa shaxsga berib, u bundan ishonch bildiruvchini xabardor qilishi va unga yangi ishonchli vakil to’ғrisida zarur ma’lumotlarni berishi kerak.
Dalolatnoma — muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma yuridik hujjat.
Dalolatnomalar:
normativ hujjatlar (ular umumiy huquq meʼyorlarini belgilaydi),
individual hujjatlar (ular aniq hollarga taalluqli boʻladi, mas., mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjatlar, sud qarorlari) va
sharhlovchi (qonunlarni rasmiy izohlashga oid) hujjatlarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |