Мавзу: Қишлоқ хўжалигида экинларни алмашлаб экишнинг иқтисодий самарадорлиги



Download 492,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana09.09.2021
Hajmi492,07 Kb.
#169575
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
qishloq xojaligida ekinlarni almashlab ekishning iqtisodiy samaradorligi.

 

 

                                                 

1

 

Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. ―Turkiston‖ 



2011 yil 22-yanvar.

 

2



 

Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yо‗lini izchil davom ettirish-traqqiyotimizning muhim omilidir. ―Turkiston‖ 2010 yil 8-

dekabr.  

 

 




 



1. QISHLOQ XО‘JALIGIDA SUG‘ORILADIGAN YERLARNING MIQDORI, 



SIFATI VA AHAMIYATI. 

 

О‗simlikchilik  –  qishloq  xо‗jaligi  ishlab  chiqarishining  asosiy  tarmoqlaridan  biri 



bо‗lib,  о‗z  ichiga  dalachilikda  ekinlarni  yetishtirish  paxtachilik,  g‗allachilik, 

sabzavotchilik,  bog‗dorchilik,  mevachilik,  bog‗dorchilik  va  shu  kabilarni  oladi.  Odam 

undan  oziq-ovqat  mahsulotlarini,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati  qayta  ishlash  uchun  xom 

ashyo, chorvachilik – ozuqa oladi. 

Tarmoq  tuzilmasining  kо‗rsatkichi  bо‗lib  umumiy  hajmda  ishlab  chiqilgan 

mahsulotlarning har bir tarmog‗idan sotilgan mahsulotning ulushi  xizmat qiladi. Hozirgi 

paytda о‗simlikchilik qishloq xо‗jaligining hamma mahsulotlari orasida eng kо‗p ulushni 

egallaydi. 

О‗simlikchilik  yem-hashak,  dag‗al,  yashil,  shirali  ozuqa  bо‗lib,  chorvachilikning 

rivojlanishi  uchun  baza  hisoblanadi.  О‗z  navbatida  chorvachilik  ham  somon,  poya, 

shuningdek,  oziq-ovqat  sanoati  chiqindilari  (kunjara,  sheluxa,  kepak,  barda  va  b.)  kabi 

qо‗shimcha mahsulotlarni chiqaradi. 

О‗simlikchilikda  foydalaniladigan  asosiy  resurs  –  bu  yer,  pichanzor,  yaylov, 

bog‗lar).  Haydaladigan  yer  maydonini  ekinlar  bо‗yicha  taqsimlash  uzoq  vaqtlargacha 

qabul  qilingan  dehqonchilik  tizimiga  bog‗liq  bо‗ldi.  Xо‗jaliklar  daromadliroq  ekinlarni 

tanlay boshladilar va ekin ekiladigan, yer maydoni strukturasi  narx ta‘siri ostida о‗zgara 

boshladi. 

Shu tarzda, qishloq xо‗jaligi mahsulotlarining hamma turini, chorvachilikni va qayta 

ishlashni  ham  qо‗shib  ishlab  chiqish,  bevosita  о‗simlikchilikni  shartli  ravishda  quyidagi 

tarmoqlarga  ajratish  mumkin:  paxta  ishlab  chiqarish,  g‗alla  ishlab  chiqarish,  yog‗li 

ekinlar  ishlab  chiqarish,    kartoshka  va  sabzavot  ishlab  chiqarish,  meva  va  polizlar 

о‗stirish.  Bu  tarmoqlarda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  realizatsiya  qilish 

texnologiyasi har biri о‗ziga xosligi bilan farqlanadi. 

Ushbu  sharoitda  eng  rentabelli  bо‗ladigan  qishloq  xо‗jaligi  ekinlarini  tanlashda 

tabiiy-iqlim  omillari,  transport  tarmoqlarining  rivojlanishi,  mintaqada  u  yoki  bu 

mahsulotlarni  qayta  ishlashga  mо‗ljallangan  qayta  ishlash  korxonalarining  mavjudligi 

katta ta‘sir о‗tkazadi. 

Barcha  g‗alla  mahsulotlarini  oziq-ovqat  va  yem-hashakka  ajratish  qabul  qilingan. 

Shu  bilan  birga,  oziq-ovqatga  oid  ekinlar  tarkibidan  non  va  non  mahsulotlariga  doirlari 

ajratiladi. 

Umuman, asosiy qishloq xо‗jaligi ekinlari sanab о‗tilgan guruhlar bо‗yicha quyidagi 

tarzda klassifikatsiyalanadi: 

-  paxta-paxta xom ashyosi; 

-  oziq-ovqat – non mahsulotlari olinadigan g‗alla ekinlari, bug‗doy, javdar; 

-  oziq-ovqat – krupa-g‗alla ekinlari: tariq, grechixa, makkajо‗xori, sholi; 

-  yem-hashak ekinlari; 

-  dukkakli ekinlar; 

-  yog‗li ekinlar: kungaboqar, kanop, zig‗ir; 

-  texnika ekinlari: kartoshka, qand lavlagi; 

-  sabzavotlar: pomidor, bodring, piyoz, sarimsoq piyoz, karam, sabzi; 

-  mevalar: danakli mevalar, pista mevalar, uzum va boshqa ekinlar. 



 

Keltirilgan  rо‗yxat  mamlakatimiz  hududida  о‗stiriladigan  hamma  ekinlarni  qamrab 



ololmaydi.  Rо‗yxatda  qishloq  xо‗jaligi  ishlab  chiqarishning  umumiy  hajmida  eng  kо‗p 

ulushiga ega bо‗lganlari, xolos. 

О‗simlikchilikda  ishlab  chiqarishning  asosiy  vositasi  –  yer.  Undan  tо‗g‗ri 

foydalanish  tuproq  unumdorligining  oshishiga  yordam  beradi,  bu  esa  qishloq  xо‗jaligi 

ekinlarini  о‗stirishga  samarali  ta‘sir  qiladi.  Yerdan  foydalanishda  xо‗jalik  yuritishning 

hududiy tizimini yuritishning hisobi katta ahamiyatga ega.  

Dehqonchilik  tizimi  deganda  tuproq  unumdorligini  oshirishga,  о‗simlikchilik 

mahsulotlarining yer maydoni, birligidan mehnat sarfini va mahsulot birligiga mablag‗ va 

mehnat  sarflarini  kamaytirib,  mahsulot  ishlab  chiqarishni  kо‗paytirish  maqsadida 

tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoyalashga yо‗naltirilgan tashkiliy va agrotexnik 

tadbirlar kompleksi tushuniladi. 

Dehqonchilik  tizimining  asosiy  elementlari:  almashlab  ekish  tizimlari,  mashinalar 

tizimi, о‗g‗itlar tizimi, urug‗chilik tizimi, о‗simliklarni himoya qilish tizimi, melioratsiya 

tadbirlari tizimi (sug‗orish, quritish, kimyoviy melioratsiya va boshqalar), suv va shamol 

eroziyasiga qarshi kurash bо‗yicha tadbirlar tizimi, dalani himoyalash, ixota daraxtlarini 

yaratish. 

Mamlakatning 

hamma 


mintaqalarida 

dehqonchilikning 

yagona 

tizimidan 

foydalanishning  imkoni  yо‗q,  chunki  turlicha  tuproq-iqlim  sharoitlarida  tizimidagi 

alohida elementlarning ahamiyati har xil bо‗ladi. 

Quruq iqlimli tumanlarda – sug‗orish, shamol eroziyasiga qarshi kurashish, namlik 

kо‗p tumanlarda – yerning melioratsiya holatini yaxshilash, sug‗oriladigan dehqonchilik 

tumanlarida  –  о‗g‗itlardan  oqilona  foydalanish,  shо‗rlangan  va  kislotasi  yuqori 

tuproqlarda – kimyoviy melioratsiya katta ahamiyatga ega. 

Dehqonchilik  tizimining  asosini  almashlab  ekish  tizimi  –  dala,  о‗tloq-  beda, 

makkajо‗xori,  sabzavot,  tuproqni  himoya  qiluvchi  va  boshqa  ekinlarni  almashlab  ekish 

tashkil  etadi.  Ilmiy  asoslangan  almashlab  ekishlar  –  tuproqqa  ishlov  berishning  tavsiya 

etilgan  tizimini  joriy  etish  uchun  sharoit  yaratadi,  uning  suv-havo  tizimini  yaxshilaydi, 

yuqori samarali texnikadan, organik va mineral о‗g‗itlardan foydalanishga imkon beradi. 

Unumdor  tuproqqa  mexanizatsiyalash  (mashinalar  tizimi)  ulkan  ta‘sir  etadi. 

Mashinalardan  oqilona  foydalanish  tuproqda  namlik  yig‗ilishiga,  havo  va  issiqlik  tartibi 

tо‗g‗rilanishiga,  dalaning  ifloslanishiga  qarshi  kurashga,  qishloq  xо‗jaligi  ishlarini 

optimal  muddatlarda  о‗tkazishga  yordam  beradi.  Qishloq  xо‗jaligi  ishlab  chiqarishini 

kompleks mexanizatsiyalash о‗simlikchilikda mehnat unumdorligini oshiradi. 

Qishloq  xо‗jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilariga  texnik  xizmat  kо‗rsatish,  hamma 

turdagi  qishloq  xо‗jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  uchun 

ma‘lum maqsadlarni kо‗zda tutadigan mintaqaviy dasturlar ishlab chiqiladi. 

Dehqonchilik  tizimi  mineral  va  organik  о‗g‗itlarni  qо‗llashni  kо‗zda  tutadi. 

Kiritiladigan  о‗g‗itlar  dozasi  kо‗paytirilgan  sug‗oriladigan  yerlarda  о‗g‗itni  yuqori 

darajada  qoplash  kuzatiladi.  Qisqa  muddatlarda  qishloq  xо‗jaligi  ekinlari  hosildorligini 

oshirish  imkoni  bо‗lgan  intensiv  texnologiyalarda  ishlab  chiqarish  xarajatlari 

strukturasida о‗g‗it va о‗simliklarni himoya qilish vositalarining ulushi ortishi (masalan, 

paxta va g‗alla ekinlari bо‗yicha 1,5 dan 3,5 martagacha) kо‗zda tutiladi. 

Hozirgi paytda о‗g‗itlar qiymati yuqorililigi bilan bog‗liq holda ularning qoplanishi 

normativdan  60%  ni  tashkil  etadi,  shu  bois  muhim  masala  optimal  usullar  va  ularni 

kiritish muddatlari, ozuqa elementlari nisbati tо‗g‗riligi muhim masala hisoblanadi. 




 

О‗g‗itlashning  pasayishi  tuproqdan  ozuqa  moddalar  tо‗liq  chiqmasligiga  sabab 



bо‗ladi. Tuproqda chirindi va ozuqa moddlalarining defitsitsiz balansini yaratish uchun 1 

ga  shudgorlanadigan  ekin  maydoniga  har  yili  7-8  t  organik  modda  zarur.  Dehqonchilik 

tizimida urug‗chilik tizimi katta rol о‗ynaydi, chunki urug‗ning sifati past bо‗lsa, qishloq 

xо‗jalik  mahsulotlari  sezilarli  darajada  tо‗liq  bо‗lmaydi.  Mamlakatimizda  u  yoki  bu 

tuproq iqlimiga moslashtirilgan minglab nav va gibridlar yaratilgan va ishlab chiqarishga 

joriy etilgan. Biroq, urug‗chilikning  yaxshi tashkil etilmaganligi, urug‗chilik  xо‗jaliklari 

birinchi  va  ikkinchi  reproduksiyadagi  yaxshi  urug‗lar  bilan  ta‘minlanmaganligi  tufayli 

rayonlashtirilgan sifatli urug‗larga talab tо‗liq qondirilmayotir. 




Download 492,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish