Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari. Ishlab chiqarishda shovqin ta’sirini kamaytirish quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi:
1. Shovqinni hosil bo‘ladigan manbasida kamaytirish.
2. Shovqinni tarqalish yo‘lida so‘ndirish.
3. Masofadan boshqarish qurilmalaridan foydalanish.
4. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
5. Profilaktik tadbirlar.
Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo‘lib, u birinchi navbatda shovqin manbasiga hamda shovqin darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Shovqinni inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga salbiy ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul bo‘lganligi sababli, amalda kompleks usullardan foydalaniladi. Bunday kompleks usul o‘ziga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shovqinni, shovqin manbasida kamaytirish; shovqinni tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish; binolarga akustik ishlov berish; ishlab chiqarish binolari va uchastkalarining joylashishini ratsional rejalashtirish; shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish. Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlanish sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalanish, uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, eyilgan detallarni o‘z vaqtida almashtirish va shu kabi yo‘llar orqali amalga oshiriladi. Masalan, dumalash podshipniklarini ishqalanish podshipniklariga almashtirish shovqin darajasini 10…15 dB ga, to‘g‘ri tishli shesternyalarni shevronli shesternyalarga almashtirish – 10 …12 dB ga, zanjirli uzatmalar o‘rniga ponasimon tasmali uzatmalardan foydalanish – 10…15 dB ga, tishli uzatmalarni yig‘ish sifatini oshirish – 5…10 dB ga kamaytirishga imkon beradi.
Xulosa
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning sog‘ligiga ta’sir etadi, u tez charchaydi, psixologik reatsiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdek, shovqin insonning diqqatini bir joyga jamlashiga xalaqit qiladi, harakatning aniqligini va muvozanatini buzadi, tovush va yorug‘lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari shovqin qon bosimining oshishiga, ko‘z qorachigining kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va tomir urishining tezlashiga, asab tizimining buzilishiga, uyqusizlik sodir bo‘lishiga va eshitish qobiliyatining susayishiga ham olib keladi. Ayniqsa inson qulog‘i eshitmaydigan shovqinlar, yani infratovushlar (tovush chastotasi 16-20 Gs dan kichik shovqinlar) va ultratovushlar (tovush chastotasi 20000 Gs.dan katta) inson sog‘ligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xozirgi paytda ishlab chiqarish sexlarida 90 dB gacha va 90-120 dB gacha qo’llanadigan radioshtirilgan VSNIIOT - 4FM va VSNIIOT - 2FM naushniklari keng qo’llanilmokda. Ishlab chiqarish operatsiyasi doimo yurib bajariladigan ishlarda maxsus ixcham priyomnikli “Orfey-1” ridionaushniklardan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |