Mavzu: Ishlab chiqarish va xarajatlar Reja: Ishlab chiqarish omillarining mohiyati Tabiiy omil


Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) bog'liq bo'lmagan tovarlarning hajmiga ta'sir etmaydigan xarajatlar doimiy harajatlar deyiladi



Download 243,93 Kb.
bet7/9
Sana17.04.2022
Hajmi243,93 Kb.
#558023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiyot

Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) bog'liq bo'lmagan tovarlarning hajmiga ta'sir etmaydigan xarajatlar doimiy harajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmaydi, uning o'sishiga ham bevosita ta'sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo'ladi. Bunga korxonaning to'lov majburiyatlari (zayomlar bo'yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo'riqlash xizmatiga to'lov, uskunalarga xizmat ko'rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.

O'zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga ta'sir qiladi va ishlab chiqarish hajmi o'zgarishiga bog'liqlikda o'zgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilg'i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar yig'indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
Mahsulot birligini ishlab-chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o'rtacha umumiy, o'rtacha doimiy va o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O'rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga nisbatiga teng. O'rtacha doimny xarajatlar doimiy xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. O'rtacha o'zgaruvchi xarajatlar o'zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi.
Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy taxlil vositasi bo'lib qo'shimcha xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo qo'shimcha xarajat deb, keyingi qo'shilgan mahsulotning har bitta birligipi ishlab chiqarish bilai bog'liq qo'shimcha xarajatlarga aytiladi. Qo'shimcha xarajatlarpi har bir navbatdagi chiqarilgan qo'shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin.
Korxona foydalanadigan ko'plab resurslar miqdori, ya'ni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilg'i va energiya sarflari tovar hajmining o'zgarishiga tez va oson ta'sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta'sirida tovar hajmi o'zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, og'ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig'ida mahsulot miqdori o'zgarishiga ta'sir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya'ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o'tgan davr sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida taxlil qilinadi.
Korxona ishlab chiqarish hajmini o'zgartirshl uchun qisqa muddatli davrda faqat o'zining o'zgaruvchi xarajatlari miqdorini o'zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir.
ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo'lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o'zgartirish uchun yetarli bo'lishi mumkin.
Boshqacha aytilganda qiska muddatli davr oralig'ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o'zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi esa ko'p yoki kam miqdorda jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslarni qo'llash yo'li bilan o'zgarshii mumkin. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan esa ko'p yoki kam darajada intensiv foydalanish mumkin.
Uzoq muddatli davr bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini ham o'z ichiga olgan, butun band bo'lgan resurslari miqdorini o'zgartirish uchun yetarli bo'lgan davrdir. Bu davr davomida boshqa tarmoqda faoliyat qilib turgan korxonalar mazkur tarmoqqa kirib kelishi mumkin.
Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o'zgarishi taqozo qiladigan qisqa va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmog'ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo'shimcha tikuv mashinasi o'rnatish bilan o'zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Og'ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi. Oqibat natajada barcha xarajat turlari o'zgaradi va o'zgaruvchi miqdorlar bo'lib qoladi.



Download 243,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish