Mavzu: Ishlab chiqarish texnologik usullari. Industrial va noindustrial ishlab chiqarish.
Reja:
Kirish.
1. Ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari.
2. Ishlab chiqarishning texnologik usullari.
3. Industrial va noindustrial ishlab chiqarish.
4. Xalqlarning madaniylashgan, ijtimoiy adolatli jamiyatga xarakat yoʻllarining muqobilligi va koʻp variantligi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.
Kirish
Ilmiy-texnika taraqqiyotini o'rganish doirasida ijtimoiy ishlab chiqarishning butun jarayoniga, iqtisodiy hayotga ta'sir qiluvchi ishlab chiqarishning texnologik usullari va ularning evolyutsiyasi alohida e'tiborga loyiqdir. Amaldagi texnologiya va texnikalar, shuningdek, mehnat ob'ektlari tabiatidagi o'zgarishlarni o'rganish ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish tendentsiyalarini, ijtimoiy mehnat taqsimotini va ular bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aniqlash va tushunish uchun fundamental ahamiyatga ega.
- O‘zbekistonimizdek foydali qazilmaga boy zamin kamdan kam, - deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev. - O‘zimizda shunday yufori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun g‘oyat keng imkoniyatlar, tabiiy resurslar bo‘la turib, ularni import qilardik. Nega? Chunki zamonaviy geologik tadqiqotlar, ekspeditsiyalar qilmasdik, ilm-fan orqali masalalarga yondashmasdik. Endi xomashyodan to‘g‘ri, unumli foydalanish, undan bugungi kun talablariga javob beradigan tovarlar ishlab chiqarish uchun ilmiy asoslangan yechimlar topish vaqti keldi! [ president.uz ] 1
Texnologiyalar va texnologiyalarning rivojlanish yo'nalishlarini birlamchi o'rganish ular jamiyat hayotining moddiy asosi ekanligi va asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - insonning rivojlanishidagi yutuqlarni ifodalashi bilan bog'liq, chunki faqat moddiylashtirilgan g'oyalar haqiqatga aylanadi. ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni o'zgartirish uchun moddiy sharoitlar. Texnologik ishlab chiqarish usulining rolini baholashga ma'lum istisnolar va qo'shimchalar bilan yondashish markscha kontseptsiyaga ham, G'arb iqtisodchilarining texnokratik nazariyalariga ham xosdir.
Inson sivilizatsiyasi: tosh, bronza, temir davri, sintetik materiallar asri. Shubhasiz, bunday yondashuv odamlarning iqtisodiy hayotidagi tarixiy bosqichlar haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Biroq, u ishlab chiqarishning o'zgaruvchan sharoitlarida inson pozitsiyasining o'zgarishiga aniqlik kiritmaydi. Va bu o'zgarishlar asosan mehnat qurollari - inson tajribasi va bilimlari yutuqlari darajasidagi moddiy yodgorliklar bilan bog'liq. Ular bir vaqtning o'zida ishlab chiqarishda qo'llaniladigan tegishli texnologik tamoyillarni ifodalaydi.
Ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari.
Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos boʻlgan iqtisodiy tizimlarni oʻrganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni oʻzgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud boʻlib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin:
- tarixiy-formatsion yondashuv;
- madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv;
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
- iqtisodiy tizimlar oʻzgarishi jihatidan yondashuv.
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.
Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi sifatida oʻrganish ham muhim oʻrin tutadi.
«Sivilizatsiya» soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim hisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida roʻy berayotgan oʻzgarishlar koʻlami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasidagi bog`lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko’rsatkichidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo’ladi. Bu ijtimoiy shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o’zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formastiyani tashkil etadi.
Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham har doim o’zaro ta’sirda bo’ladi. Ikkinchidan, turli formastiyalarda o’ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formastiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formasiya
siyosiy, huquqiy, mafquraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabalar
Ustqurma
Ishlab chiqarish usuli
Ishchi kuchi
Ishlab chiqarish vositalari
- mulkchilik
- ishlab chiqarish
- taqsimot
- ayirboshlab
- iste`mol munosabatlari va boshqalar
Ishlab chiqarish munosabatlari
Ishlab chiqaruvchi kuchlar
Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Evropada namoyish qilingan deb hisoblanadi. Evropa hududida bir-biri bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu erda kapitalizmgacha bo’lgan davrda mana shu marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada Evropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida mamlakatlarning katta turkumiga xos bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining sug`orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan bog`liq sifat xususiyatlari aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |