Mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish


Mahsulot sifatini boshqarishning xorijiy tajribasi



Download 88 Kb.
bet3/5
Sana22.10.2020
Hajmi88 Kb.
#49836
1   2   3   4   5
Bog'liq
3.maruza matni mahsulot sifati

7.3. Mahsulot sifatini boshqarishning xorijiy tajribasi

AQSH. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSH sanoati ayniqa keng iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlar tez rivojlana boshladi. Bundan tashqari, tovar sifati past edi. Amerika mutaxassislari hisobiga ko’ra, namunali amerika korxonalarining barcha joriy xarajatlarining 20-25 % i mahsulot nuqsonini topish va bartaraf etishga ketgan. Iste’mol sohasida nuqsonli mahsulotlarni almashtirish xarajatlarini hisobga olgan holda sifat pastligi tufayli yuzaga kelgan summar xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari kattaligining 30%iga yetdi. AQSHning ko’pgina mutaxassislari sifat pastligini amerika mahsulotlari raqobatbardoshligi va mehnat unumdorligi o’sishining asosiy to’xtatib turadigan kuchi deb hisoblaganlar. Sifat darajasini oshirish yoki yutqazish – amerika sanoati uchun bundan boshqa muqobil yo’q edi.

AQSHda sifati muammolarini hal qilish, avvalo, turli protektsionistik choralarni topishga urinishgan: amerika ishlab chiqaruvchilarini g’arbiy yevropa raqobatchilaridan himoya qiladigan tariflarda, kvotalarda, bojlarda. Mahslot sifatini oshirish masalalari esa bunda ikkinchi planga chiqib qoladi. 1950 yillarda AQSH ma’muriyati AQSHning avtomobil, maishiy elektronika, mototsikllar, po’lat ishlab chiqaruvchilarinihimoyalash bo’yicha bir qator prtektsionistik choralar qabul qildi. O’z navbatida, amerika ishlab chiqaruvchilari mahsulot sifatini oshirishniehtiyojlarni qondirish usuli emas, nuqsonni kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish vositasi deb hisoblaydilar. SHu bilan birga AQSH firmalarining aql-idrokli oliy menejerlari ko’pgina muammolarni hal qilish uchun mahsulot sifatini oshirish kerakligini tushindilar. Quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor qaratila boshladi:

· Ishchi va xizmatchilar motivatsiyasi (moddiy rag’batlantirishni hisobga olgan holda);

· Sifat to’garaklarini yaratish;

· Mehnat va mahsulot sifatini nazorat qilishning statistik uslublarini qo’llash;

· Xizmatchi va menejerlarning ongliligini oshirish;

· Sifat xarajatlari hisobini yuritish;

· Mahsulot sifatini oshirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Mahsulot sifatini doimiy oshirish borish bo’yicha AQSHda qo’llaniladigan chora-tadbirlar Yaponiya va AQSH o’rtasidagi sifat darajasidagi bo’xronlarni bartaraf etishga ta’sirini sekinlashtirmadi. Bu jahon bozorida raqobat kurashini yanada kuchaytirdi[1].

Yaponiya. Yaponiya tajribasi shonch bilan ko’rsatadiki, sifatni oshirish – hech qachon tugamayligan ishdir. Sifatni boshqarishning zamnaviy fazasi 1950 yillardan boshlangan deb hisoblanadi. SHuningdek, sifatni boshqarishning yaponcha yondashuvi bir necha farqli jihatlarga ega. Bundan tashqari, qiyosiy tahlil ko’rsatishicha, nazariy nizomlar universal, banalminal xarakterga ega. Bu kontseptsiyalar o’zining to’liq va amaliy realizatsiyasini topgan yetakchi firmalarning sifat boshqaruvchi tizimi o’z xarakteridan kelib chiqadi: o’z mohiyatiga ko’ra, tizimning joriy qilinishi va rivojlanishi mexanizmining o’zi ham universaldir. Sifat boshqaruvining yaponcha yondashuvi xususiyalariga quyidagilar kiradi:

- firmaning barcha bo’linmalarida mehnat natijalari va jarayonlarni doimiy takomillashtirishni mo’ljallash;

- mahsulot sifatiga emas, jarayonlar sifatiga nazoratni kuchaytirish;

- oldingi operatsiyalardan keyingi operatsiyalarga muvaffaqiyatli oqish tamoyili bo’yicha yuzaga keladigan muammolarni sinchiklab tadqiq va tahlil qilish;

- “Sening iste’molching – keyingi ishlab chiqarish operatsiyalarining ijrochisidir” tamoyilini madaniylashtirish;

- Bevosita ijrochi uchun mehnat natijalarining sifati mas’uliyatini to’liq mustahkamlash;

- Inson omilidan faol foydalanish, ishchi va xizmatchilar ijodiy salohiyatini rivojlantirish, “Risoladagidek inson uchun yomon ishlash uyat” fikrini madaniylashtirish.

“Yapon mo’’jizasi”ning asosiy kontseptsiyasi – tugallangan texnologiya, go’yoki ishlab chiqarish texnologiyasi, boshqaruv yoki xizmat ko’rsatish texnologiyasi. Firmalarda hisoblash va mikroprotsessor, yangi materiallar, loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari, ishlab chiqarishni boshqarish, keng joriy etilgan, to’liq kompьyuterlashtirilgan tahlil va nazoratning statistik uslublari keng qo’llaniladi. Sifatni boshqarish tizimi aylanma aloqaga ega. Buyurtmachi bilan uzoq muddat birga ishlaydigan shaxsiy subpudrat tarmog’ini maqsadga yo’naltirilgan holda yaratish amaliyoti e’tiborga loyiq.yaponiya firmalari xatto erkin raqobat sharoitida ham bunday tamoyil g’arbda amaliyotga joriy etilgan subpudratchilar tanlovidan ko’ra, samarali ko’rinadi. Yapon firmalari vositachilarga har tomonlama yordam ko’rsatadilar. Mahsulot sifatini oshirish yo’llarini birgalikda qidirishga asoslangan vositachilar bilan ishonchli munosabatlar mavjudligida material va majmuali mahsulotlarni kirish nazoartini o’tkazish uchun zarur bo’lgan vaqt va vositalarni ancha iqtisod qiladigan Yaponiyada keng tarqalgan ishonch tizimiga o’tish ta’minlanadi. Tizim “kirish”i sifatini oshirish uchun birgalikdagi kuch zarur.

Sifatni oshirishning muvaffaqiyatli ishining muhim zamini firma personallarini, avvalo, oliy menejerlarni tayyorlash va doimiy o’qitish hisoblanadi. Keyingi yillarda o’qitish zamonaviy ta’lim texnologiyalari va texnika vositalarini qo’llagan holda olib borilayapti. Personal kompьyuterlardan foydalangan holda sifat bo’yicha tadbirkorlik o’yinlari dasturi ishlab chiqildi. O’quvchilar tasavvurlaridagi korxonalar uchun o’zlari mahsulot va firmaning yuqori raqobatdarboshlikka erishishi uchun eng yaxshi sharot-sharoitlarni yaratishga qaror qiladilar va yaratadilar.ishchilarni o’qitish, qoidaga ko’ra, ularning bevosita rahbarlari yordamida amalga oshiriladi. Uchaska, tsexlar, bo’limlar boshliqlari, ustalarni o’qitish asosan, tashqaridan mutaxassislarni jalb qilish bilan amalga oshiriladi. Uchaska va tsexlarning boshliqlari ustalarini o’qitish 6-kunlik nazariy kursdan 4 oylik amaliy faoliyatdan iborat.


Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish