Mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish



Download 0,9 Mb.
bet2/2
Sana01.02.2022
Hajmi0,9 Mb.
#424682
1   2
Bog'liq
2-ma\'ruza

AVTOMATLASHTIRISH

Tayanch iboralar: Avtomatlashtirish, tizimlar, funksiyalari, avtomatlashtirish tizimlarining elemental, datchiklar, fotoelektrik o’zgartgichlar, avtomatlashtirish samaradorligi, blokirovkz qilish, rostlash ob'ekti.


Mavzuning maqsadi: - avtomatik rostlash tizimi va uning elimentlarini ushlashi bilan tanishish, avtomatlashtirish samaradorligining asosiy ko’rsatkichlari aniqlashni o’rganish.
Har qanday texnikaviy jarayon fizikaviy kattaliklar, ya’ni jarayon ko’rsatkichlari biian ifodalanadi. Bu ko’rsatkichlar jarayonning to’g’ri borishi uchun yo o’zgarmas saqlanishi yoki topshiriqdagi chegarada tutiligai yohud topshiriqdagi qonun bo’yicha o’zgarishi lozim. Jarayonning ko’rsatkichlarini saqlash yoki talab yetilgan yo’nalishda o’zgartirish uchun zarur bo’lgan operasiyalar majmuyi rostlash deb ataladi. Odamning hyech qanday ishtirokisiz sodir bo’ladigan rostlanish avtomatik deb, shunday rostlash ishlarini bajaruvchi rostlovchi qurilmalar esa avtomatik rostlagichlar deb ataladi, Rostlash zarur bo’lgan jarayonni bajaruvchi texnikaviy qurilma rostlash obyekti deyiladi.
Rostlanishni amalga oshirish mumkin bo’lishi uchun obyektda rostlovchi organ bo’lishi kerak. Rostlash obyekti va avtomatik rostlagich majmui avtomatik rostlash tizimi (ART ni) hosil qiladi. Har qanday avtomatik roslash tizimini ish jarayonida turli faktorlar ta’sirida bo’ladigan alohida qurilmalar - elementlar tarzida ko’rsatish mumkin. Bularga tizimning ham o’ziga ham uning alohida elementlariga keladigan ta’sirlar kiradi. Ta’sirlar ichki za tashqi bo’ladi (misollar keltirish va so’zlab berish kerak). Tizimrning ish jarayonida rostlanadigan miqdorini belgilangan chegarasida saqlash yoki topshiriqdagi qonun bo’yicha o’zgartirish rostlanishning ochiq yoki berk sikllari bo’yicha bajarilishi mumkin. Ketma-ket ulangan: rostlash obyekti RO, rostlagich R va topshirgich 3 (bu qurilma yordamida tizimga topshiruvchi, x(t) (beriladi) dan tuzilgan tizimni ko’rib chiqib, ochiq va berk sikllar bo’yicha rostlash sxemalarini o’rganish.
1 Avtomatik jrayon turlari:
Avtomatik jarayoni to’liq, chala va kompleks turlarga bo’linadi. Avtomatik qurilmalar shu jarayonda quyidagicha funksiyalarni bajaradi.
A) avtomatik signalizasiyasi nonormal va avariya texnologik o’lchamlarini o’zgartirshini xizmat qiluvchi xodimlarga yetkazish (tovush, chiroq)
V) avtomatik himoyalash - texnologik qurilmalarni nonormal ish rejimlaridan himoyalash uchun xizmat qiladi (himoyalash apparatlar ish mexanizmlarini avtomagik ravishda ishdan uzadi).
S) blokirovka qilish - ayrim mexanizmlar, qurilma va elementlarni o’zaro qo’shish.
d) avtomatik boshqarish - odamning ishtirokisiz texnik vositalar obyektlarini boshqarish yoki avtomatik sozlash, rostlash, birorta texnologik o’lagichlarni nazorat qilish.
2. Har qanday avtomatika tizimi o’zaro bog’langan alohida elementlardan iborat. Avtomatika tizimini bir qismi avtomatika elementi deb ataladi. Sezgir elementlar - datchiklar, o’zgartkichlar, taqqoslash elementlari, kuchaytirgichlar, ijrochi mexanizmlarining elementlari, rostlash obyektlari korrektlovchi elementlar va sozlash elementlaridan iborat. Qo’shimcha ravishda komanda -apparatlar, himoya apparatlari va nazorat - o’lchash asboblari ishlatilishi mumkin.
3. Rostlanuvchi miqdorning barqaror qiymatidan og’ishini o’lchaydigan har qanday avtomatik rostlash tizimida o’lchash organi bo’ladi. O’lchash organi og’ishining faqat qiymati va ishorasinigina o’lchab qolmay, balki shu og’ishning keyinchalik avtomatik rostlashni tizimda foydalanish uchun qulay ko’rinishga ham keltiradi. Elektrik miqdordarni o’lchash boshqa fizik miqdorlarni o’lchashga nisbatan oson. Shuning uchun ko’pchilik hollarda noelektrik miqdorni chiqishdagi elektrik miqdorga o’zgartiradi. Bunday o’lchash organlari datchiklar deb ataladi. Datchiklar, birinchidan, o’lchanadigan miqdorning nomi bo’yicha, ikkinchidan, o’lchash organining signali qanday parametrga o’zgartirilishiga qarab tasniflanadi. Reostatli datchiklar avtomatika tizimlarida turli kuch, moment, chiziqli va burchagiy qo’shishlar va boshqa rostlanuvchi miqdorlarni o’lchash uchun ko’mirli, potensiometrik, tenzometrik va kontaktli datchiklar ishlatiladi.

1-rasm. Suyulikning qizishi asosida ishlaydigan bimitall plastinali datchik.
1- latundan tayyorlangan ballon; 2- bimitall plastina (qo’zg’aluvchan kontak tutashtirilgan); 3- qo’zg’almas kontakt

A B
2-rasm. Bimetall plastinali issiqlik asosida ishlaydigan (A) va havo bosimi asosida ishlaydigan avtomatik datchik (B) lar
A-1-chiqish klemmasi; 2-izolyator; 3-rostlash vinti; 4 va 6-kontaktlar; 5-korpus; 7- shayba; 8- bimitall plastina; 9-shtekr. B- 1 va 7 qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas kontaktlar; 2-shtekr; 3-filtr; 4-izolyator; 5-prujina; 6-turtgich; 8-diafragma; 9-korpus

3-rasm. Suyuqlik bosimini avariya holatini ko’rsatuvchi avtomatik qurilma.
1-datchik; 2-nazorat chirog’i; 3-predoxranitel; 4-vklyuchatel; 5-ampermetr; 6-akkumulyatorlar batareyasi; 7-ko’zg’aluvchan va qo’zg’almas kontaktlar

Induktiv datchiklar ishlash prinsipi po’lat yakor siljiganda g’altakning induktiv qarshiligining oddiyligi va puxtaligi, chiqishdagi -quvvatning kattaligi va harakatchan kontaktlarning yo’qligi tufayli bosimni o’lchash va rostlash, turli suyuqliklar va gazlar sarfini o’lchashda keng ko’lamda ishlatilmoqda. .


Sig’imli datchiklar - kondensatorning sig’imi elektrodlarning shakliga va geometrik o’lchamlariga, dielektrik kirituvchanlikga, qoplamalari orasidagi masofaga bog’liq.
O’lchanadigan noelektrik miqdor bevosita kondensatorning yuqorida aytilgan parametrlardan biri ham bo’lishi va o’zgarib, kondensatorning sig’imini o’zgartirishi mumkin.
Fotoelektrik o’zgartgichlar - noelektrik miqdorlarni o’lchash uchun fotoelektrik o’zgartgichlar fotoelementlar keng ko’lamda ishlatiladi. Ularni ishlash prinsipi fotoelektrik effektga asoslangan.
Harorat datchiklari - qizdirilgan jism yoki boshqa biror muhit haroratini turli asboblar bilan o’lchash mumkin. Amalda kontaktli termometrlar, qarshilik termometrlar, termoparalar, yarim o’tkazgichli termoqarshiliklar, termostatlar, bimetall termorostlagichlar va boshqalar keng ko’lamda ishlatilmoqda (so’zlab berish kerak).

3-rasm. RT tipidagi issiqlik relesining sxemasi.

  1. speralsimon (nixrom) qizish elementi; 2-bimetall plastina; 3-kontaktlar; 4-prujina; 5-orqaga qaytarish knopkasi.

Kontrolyorlar nominal quvvati 100 kVt.gacha bo’lsa, 380 volt kuchlanishli o’zgaruvchan va nominal quvvati 40 kVt.gacha bo’lsa, 220 volt kuchlanishli o’zgarmas tok elektr tarmoqlarida ishlatiladi.
Knopkali o’chirgichlar kuchlanishi 500 voltgacha va tok kuchi 6 A gacha bo’lgan elektr tarmoqlarida ishlatiladi.
Almashlab ulagichlar, 500 voltgacha bo’lgan o’zgaruvchan va 220 voltgacha bo’lgan o’zgarmas kuchlanishli tok tarmoqlarida, tok kuchi 4 A gacha bo’lgan hollarda ishlatiladi.
Kontaktorlar, o’zgaruvchan va o’zgarmas tok kontaktorlariga bo’linib, elektr yuritmalarni avtomatik boshqarishida ishlatiladi. Ularning ulanishlar soni 1200 ulanish/soatgacha, ish toki 3…2500 A.gacha, ish kuchlanishi 600 voltgacha bo’lib, elektromagnit yordamida ishlaydi. O’zgarmas tok kontaktorlarining ishga tushish vakti 0,1…0,4 s oralig’ida bo’lib, ko’yib yuborish kuchlanishi nominal kuchlanishning 10…20% ini tashqil qiladi.
Boshqarish relelari, elektr tarmog’ini elektr impulslari yordamida ulab ajratuvchi qurilmalar (vaqt relesi, kuchlanish va tok relelari, gerkonlar)dan iboratdir.
Avtomatik uzgich (ajratgich) ning sxematik ko’rinishi va tuzilishi chizmada keltirilgan.
Elektromagnitli ajratgich
Eletr priyomnigi (EP) da qisqa tutashish bo’lganda cho’lg’am 6 orqali kata tok o’tadi va unda yuqori qiymatli magnit maydoni hosil qiladi. Bu magnit maydoni ta’sirida ajratgichning po’lat uzagi 5 tortiladi, natijada ilmoq ajralib uning davomidagi asosiy kotakt avtomatik tarzda uziladi
Issiqlik ta’sirida ishlaydigan ajratgich.
Eletr priyomnigida peregruzka (zo’riqish) bo’lganda unga ketma-ket ulangan qizdirgich elementida tok kuchi oshadi, natijada ajralayotgan issiqlik hisobiga bimetall plastina 7 qizib egiladi oqibatda po’lat o’zak pastga suriladi va ilmoq ajralib uning davomidagi asosiy kotakt avtomatik tarzda uziladi.

Avtomatik uzgich.

  1. prujina; 2-asosiy kontakt; 3, 4-ilmoqlar (tutgich); 5-po’lat o’zak; 6-elektromagnit cho’lg’ami; 7-bimetall plastina; 8-qizdirish elementi.

Avtomatik uzgichlar, issiqlik relelari, ajratuvchi elektro-magnit mexanizm bilan jihozlangan bo’lib, qurilmalarini ulab ajratish va ximoyalashga xizmat qiladi


Birorta soddalashtirilgan avtomatik boshqarish sxemasini tuzilishi va ishlashini so’zlab berish kerak. (Masalan, havo haroratini avtomatik rostlash elektrik sxemasi, minorali yoki minorasiz suv nasos stansiyalarini avtomatik boshqarish elektrik sxemalari).


4. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish jarayonlarining avomatlashtirish qishloq xo’jaligini elektrlashtirish sohasida samarali yo’nalishlardan biridir, Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini avtomatlashtirishni quyidagi hollarda samarali deb hisoblash mumkin: mehnat unumdorligi oshadi va bevosita harajatlar mehnati yengillashadi va kapital - harajatlar kamayadi. Avtomatlashtirishning samaradorligini bildiruvchi asosiy eng muhim texnik -iqtisodiy ko’rsatkichlar quyidagilar: harajatni qoplash muddati, rentabellik, qo’l mehnati sarfini kamaytirish, texologikni oshirish kerak.
1) Avtomatlashtirishga ketgan ulgurji harajatlarni qoplash muddati:
T= (Ka-Kn)/(Yen-Yea),
bu yerda Ka va Kn - atomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan ishlab
chiqarishga sarflangan ulgurji harajatlar.
Yen va Yea,-avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan ishlab
chiqarishdagi ekspluatasion harajatlar.
2). Ishlab chiqarishning rentabelligi ishlab chiqarishning daromadi darajasini bildiradi
; %,
bu yerda S - mahsulotning ulgurji bahosi,
S- mahsulotning tannarxn.
3). Qo’l mehnat sarfini kamaytirish foiz hisobida aniqlanadi.
; %
bu yerda, va -avtomatlashtirilmagan va avtomatlashtirilgan
ishlab chiqarish mahsulot birligiga mehnat sarflari.

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQ


1. Avtomatik jarayoni turlari va avtomatik qurilmalanir shu jarayonda bajaradugan funksiyaiari ifodalangan konweptual jadval tuzining.

NAZORAT SAVOLLARI:


1. Avtomatik qurilmalar qanday funksiyalarni bajaradi?
2. Birorta induktiv datchikni ishlashini ayting?
3. Elektrodli sath datchik tuzilishni va ishlashini ayting?
4. Bimetal harorat datchikning tuzilishi va ishlashini tushuntiring?
Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish