Mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash
va avtomatlashtirish
Tayanch iboralar: chorvachilik, suv bosim minorasi, nasos stansiyasi, ozuqa tayyorlagich, mikroiqlim, mashinada sut sog’ish, jun qirqish, cho’g’lanma lampa.
Mavzuning maqsadi: Chorvachilik fermalarini suv ta’minotini, ozuqa tayyorlash va tarqatishni mexanizasiyalash, sigirlarni mashinada sog’ish va sutga birlamchi ishlov berish mashinalari, go’ng tozalashni va mikroiqlimni hosil etish mexanizasiyasi, qo’ylarning junini qirqishni mexanizasiyalash, elektr yoritishni ahamiyati tizimlari, turlari, ultrabinafsha va infraqizil nurlanishlarining manbalari va ularni qo’llanilishi haqida ko’nikmalarni shaklllantinish.
1. Qishloq xo’jaligida suvdan maishiy -xo’jalik ehtiyojlari uchun, ishlab chiqarish maqsadlarida va o’t o’chirishda foydalaniladi. Ishlab chiqarishning rivoji, mahsulot miqdorining ko’payishi, mehnat unumdorligining oshishi va sanitariya-maishiy sharoitlarning yaxshilanishi uchun muhim omillaridan biridir. Qishloq xo’jaligi sanoatini suv bilan ta’minlash uchun suv tarmog’i quriladi. Uning asosiy qismlari: suv olish inshooti, suv ko’targich (nasos stansiyasi), tozalash inshooti, katta rezervuarli bosim minorasi, suv o’tkazgichlar, vodoprovod tarmoqlari va suv olish qurilmalari. Nasos stansiyasi suv manbai yaqiniga joylashtiriladi. Suv bosimli idishdan suv vodoprovodga bosim bilan kelishi uchun idish suv bosimli minoraga joylashtiriladi yoki avtomatik ishlaydigan minorasiz suv chiqaruvchi qurilmalar komplektiga kiruvchi suv-havoli qozonlar ishlatiladi. Nasos stansiyalarida markazdan qochma, uyurma, cho’ktirma, suv otish, titrama, porshenli nasoslar ishlatiladi. Markazdan qochma nasoslar ( va tipli) barcha manbalardan suv chiqarishda ishlatiladi. Ular yuqori tezlikda ishlaydigan nasoslar, mufta yordamida elektrik dvigatel birikkan, Uyurma nasoslar ( tipli) markazdan qochma nasoslarni bir turi hisoblanadi. Lentali va chilvirli suv ko’targichlar yaylovlarni suv bilan ta’minlashda ishonchlidir. Ular eyektr dvigatellar, ichki yonuv dvigatellari yoki shamol dvigatellari bilan harakatga keltiriladi.
Chorvachilik fermalarini suv bilan ta’minlashda bosim minorasi yoki havo-suv qozoni bilan bir sxemada ishlovchi nasos qurilmaning ishi avtomatlashtiriladi. Suv chiqargichlarning suv ko’tarish agregatlarini avtomatik boshqarish yoki tipidagi boshqarish stansiyasi yordamida amalga oshiriladi. Bu stansiyalarda qalqovuchli yoki elektrodli suv sathi datchiklari, shuningdek elektr kontanktli manometr va pnevmatik bosim relesi bo’ladi. VU markali avtomatik suv chiqarish qurilmalari ( ) markali minorasiz pnevmatik suv chiqargich) keng qo’llaniladi. Chorvachilik fermalarida suv mollarni sug’orishga va ishlab chiqarish, texnika extiyojlariga sarf bo’ladi. Suv sarfini hisoblash uchun hayvonlarning turi, soni va har bir hayvon iste’mol qiladigan suv normalarini aniqlash kerak, hamda yong’inga qarshi havfsizligi uchun suv miqdorini hisobga olinadi. Suv ko’targichning bir kecha-kunduzda ish unumdorligi erkin bosimi tanlanadi va nasos yuritma dvigatelining quvvati aniqlaniladi.
Ozuqalarni tayyorlashning mexanikaviy, kimyoviy, biologik va issiqlik usullari bor. Mexanikaviy usuliga maydalash, oqlash, aralashtirish, dozalash va shu kabi ishlar kiradi, Ozuqa tayyorlash va ularni tarqatish uchun xizmat qiladigan texnika vositalari:
A) tuganak ildiz meva yuvgichlar ( )
V) qirqish mashinalari ( )
S) maydalagichlar ( )
D) bug’ hosil yetuvchi qozonlar ( )
Ye) o’t uni tayyorlash qurilmalari ( )
Yo) quruq omuxta ozuqalarni tayyorlaydigan agregat ( ) .
Ferma va komplekslarda relssiz transport mashinalarining quyidagi turlari tarqalgan: traktorga tirkaladigan markali ozuqa tarsatgichlar; markali osma (avtomobilga osiladigan) ozuqa tarqatgichlar; markali traktorga osiladigan yuklagichlar; markali frajir; markali kombikorm yuklagichlar, traktor priseplari va aravachalar. Yuk ortish-tushirish ishlari uchun markali osma yuklagichlardan foydalaniladi. Uzluksiz transport mashinalari: lentali, zanjirli, plankali, kovishli, kurakli-shaybali, vintli va vibrasion turlarga bo’linadi.
2. Mashinada (vakuumli) sut sog’ishda mehnat unumi ortadi, ish yengillashadi, sifatli sut olinadi. Har qanday sut sog’ish qurilmasi: vakuum tizimi, apteratli va apparatlarini yuvish tizimidan iborat.
Vakuum tizimida - rotasion vakuumli nasos yoki . Mashinada sut sog’ishning ikkita usuli bor: vakuum yordamida so’rib olish yoki sutni yelin surg’ichlaridan mexanikaviy qisib chiqarish usuli bor. Sut sog’ish apparatlari uch yoki ikki taktli turlarga bo’linadi - . Stasionar sut sog’ish qurilmalari mollar og’ilxonalarda boqilganda sigirlar ko’chma chelaklarga, sut trubalariga sog’iladigan va mollarni bog’lamay hamda bog’lab boqishda sigirlar maxsus sut sog’ish binolarida sut trubalariga sog’iladigan qurilmalarida ( ) sog’iladi.
Sut tez buziladigan mahsulotdir. Sutga dastlabki ishlov berishga quyidagilar kiradi: sutni sovitish, pasterizasiya - issiqlik ishlovi berish, tozalash, separatlash - qaymoq ajratish. Shu ishlarni bajaradigan qurilmalar quyidagilar .
3. Fermaning mikroiqlimi go’ngni o’z vaqtida yig’ib olishga va yaxshi shamollatishga bog’lik. Chorvachilik binolarini ichidagi sanitariya-gigiyena sharoitlari fermada xizmat qiluvchi xodimlarning holati va mahsuldorligiga ta’sir etuvchi muhim faktorlardan hisoblanadi. Chorvachilik binolari ichidagi go’ngni chiqarib tashlash uchun yer ustida va osma relsda harakatlanadigan vagonetka hamda relssiz harakatlanadigan dastakli aravachalar, doira bo’ylab va ilgarilanma-qaytma harakatlanadigan qirqichli transportyorlari, qanotli skreper va trosli belkuraklar, maxsus gidravlik va pnevmatik qurilmalar ishlatiladi. Go’ngni tozalashning quyidagicha usullari bor: mexanikaviy, gidravlik, pnevmatik. Mamlakatimiz fermalarida go’ngdan tozalashni mexanikaviy va gidravlik tizimlar qo’llaniladi.
Chorvachilik binolaridan go’ngni chiqarib tashlashni va uni transport vositalariga ortish ishini mexanizasiyalashtirish uchun kurakchali transportyorlardan foydalaniladi ( ).
4.Chorvachilik binolarida toza havo mollarning mahsulldorligini oshirish, ularning kasalliklarga chidamliligini ta’minlash, xizmat ko’rsatuvchi xodimning gigiyenik va havfsiz ishlashi uchun kerak. Chorvachilik binolaridagi havo so’rib olish, oqava va oqava-so’rib olish usullari bilan tabiiy va sun’iy ravishda shamollatiladi. Sun’iy usulda ventilyatorlar ishlatiladi. Ventilyasiyaning mexanikaviy so’rish yoki oqava, so’rish-oqava, shuningdek haydaladigan havo, olov, bug’, elektr yordamida isitiladigan kaloriferli xillarga bo’linadi. « Klimat»-qurilmasida past bosimli tipli o’qli ventilyatorlardan foydalaniladi. tipidagi so’rish-chiqarish qurilmasi va tipidagi elektrokalorifer qurilmalarda havoni so’rish-chiqarish va isitish usullari bajariladi. -tipidagi issiqlik generatorlar chorvachilik binolarini, o’tlarni va qishloq xo’jalik ekinlarini shamollatish va quritish uchun foydalaniladi.
5. Qo’ylarning junini qirqib olish qo’ychilikdagi eng sermehnat ishlardan biri hisoblanadi. Bu ishni elektrlashtirish mehnatni yengillashtiradi va mehnat unumdorligini oshiradi. Mexanizasiyalashtirish uchun bitta va bir necha mashinka bilan ishlashga mo’ljallangan elektr jun qirqish agregatlardan foydalaniladi. , 48, 60 markali agregatlarda tipidagi jun qirqish mashinkasi ishlatiladi. Hozirgi vaqtdda jun qirqish agregatlari keng tarqalgan, ularda tipidagi jun qirqish mashinkalari o’rnatilgan. tipidagi mashinkalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: yengil, egiluvchan val yo’q, ishlash qulay, mashinkaga qarash oson, ular bilan ishlash xavfsiz, hamda texnologik jihozlar komplektidan foydadaniladi. markali ko’chma jun qirqish sexi bilan birgalikda unga ishlov beradi. Ularda jun qirqilib, presslanib o’lchanadi, transport vositasiga tayyorlab beriladi.
Doyimiy elektr manbai bo’lmaganda (asosan yaylovlarda) elektr stansiyadan foydalaniladi. -benzinli yoki -dizel agregatlarda sinxron generator yoki bilan foydalaniladi. markali jun qirqish agregati osma stansiyasidan iborat, elektrostansiya yoki T-40 traktorlarining quvvat olish validan harakatga keltiriladi, quvvati 12 kVt, kuchlanish 400/230 V. Yuqori chastotali agregatlarda esa chastota uzgartirgichi elektrik dvigatel va generatordan iborat, undan kuchlanishi 220 V yoki 380 V, chastotasi 50 gerss bo’lgan o’zgaruvchan uch fazali tokni chastotasi 200 gers va kuchlanish 36 V bo’lgan o’zgaruvchan uch fazali tokka aylantiriladi.
1. Elektr yorug’i aholi hayotiga madaniyat olib keladi, mehnat unumdorligini oshiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi, xizmatchilarning havfsiz ishlashini ta’minlaydi, qishloq xo’jalik ishlarini kechasi ham davom ettirish imkoniyatini berish bilan ishlarini bajarish muddatlarini qisqartiradi.
2. Elektr energiyasini ko’rinadigan nurlanishi energiyasiga o’zgartirish prinsipi bo’yicha hozirgi elektr bilan yoritish manbalari issiqlik guruhidagi va gaz-zaryad guruhdagi manbalarga bo’linadi. Birinchi guruhga cho’g’lanish lampalari, ikkinchi guruhga esa past bosimli simob lampalar (metall-galogen va natriyli lampalar).
Cho’g’lanish lampasi ichiga cho’g’lanish tolasi o’rnatilgan ballondan va sokoldan iborat. Yelektr toki volfram toladan o’tganida uni. 2500-27000 S gacha qizdirib, yorug’lik nurlanishi hosil bo’ladi. Cho’g’lanma lampalar harorat ta’siri ostida nur sochish asosida qurilgan yorug’lik manbalaridir.
1-rasm. IGK-30B ozuqa maydalagich:
elektr dvigateli; 2- rotor; 3- kurak; 4- yuklash trubasi; 5- deflektor; 6- deka; 7- qabul kamerasi; 8-qiya tansportyor; 9- uzatuvchi transportyor; 10- rama; 11—g’ilof; 12- elektr dvigateli ramasi.
Parranda asraladigan xonalardagi yorug’ kunni uzaytirishda elektr yorug’idan foydalanish. Bir kecha-kunduzga yorug’ vaqtni ta’minlash va tong hamda oqshomni pog’analash va imenitasiyalash uchun sanoat qurilmasi chiqarilgan. har haftada buraladigan prujinali soat mexanizmi va bir kecha-kunduzga bir marta aylanadigan kontaktli jez baraban bilan jihozlangan. Unda dasturi o’yib yozilgan va 400 kunga mo’ljallangan.
Qishloq xo’jaligida ultrabinafsha nurlanish to’lqinlar uzunligining 400 dan 1 nm gacha diapazonini egallaydi. 100 va 400 Nm orasidagi intervalda uchta soha bor: (315-400 Nm), (280-315 •Nm), (100-280 Nm). Bu sohalarda nurlar turli xossalarga yega bo’lib ishlaydi. Ultrabinafsha nur ko’zga ko’rinmaydi, lekin ko’z uchun juda xavfli. To’lqin uzunligi 295 Nm dan qisqa ultrabinafsha nurlar o’simliklarni holsizlantiradi, shuning uchun bunday to’lqinli nurni umumiy yoruklik oqimidan yo’qotish kerak.
(to’g’ri simobli kvars)-eritem lampalar, (eritem uviol) lyumenissent lampalar, (bakteriyalarni o’ldiradigan uviol) -lyumenissent lampalar.
Sanoatda 127 va 220V kuchlanishda, quvvati 250 va 500Vt bo’lgan tipidagi lampalar ishlab chiqariladi. parabolik shaklida kolba, ichi ko’zgu bilan qoplangan. isitkichlarida jo’jalarni isitish uchun ishlatiladi. 500-600 jo’jani isitadigan bruder deb aytiladi, unda to’rtta 250Vt lampalar bor,
- infraqizil isitish va ultrabinafsha nurlantirish qurilmasi bo’lib hayvonlarni isitishda qo’llaniladi. Yoritkichning ichiga quvvati 250Vt ikkita infraqizil lampasi va eritem quvvati 15 Vt qaytargich bilan joylashgan, shishasi uvioldan yasalgan. Umumiy quvvati 540Vt.
2-rasm. IRT – 165 dag’al ozuqalarini maydalagich:
1- kardan vali; 2-multiplikator; 3- rama; 4- harakat uzatmasi; 5- servis xizmat ko’rsatish maydonchasi; 6- bunker; 7- yurish qismi; 8- gorizontal tansportyor; 9- ko’tarish mexanizmi; 10- qiya tansportyor; 11- to’siq.
3-rasm. IKS-5M rusumli ozuqalarni yuvgich - maydalagich:
1-bunker; 2-shnek; 3-bosimli truba; 4-sachratgich; 5-reduktor; 6,7,9,11-harakat uzatmalari; 8-maydalagich; 10-elektr dvigateli; 12-filtr; 13-nasos; 14-to’siq.
4-rasm. KDU-2,0 ozuqa maydalagichning ishlash sxemasi:
a-donli ozuqalarni maydalash; -quruq poyali ozuqalarni maydalash; -ko’k masa va shirali ozuqalarni maydalash; 1-siklon; 2-ventilyator; 3-maydalash kamerasi; 4-bunker; 5-zaslonka; 6-rotor; 7-taqsimlagich; 8-qadoqlash-chiqarish trubasi; 9-changyutgich; 10-g’alvir; 11-pichoqli baraban; 12,13-transportyorlar; 14-ajratgich; 15-deflektor.
5-rasm. KV-300M bug’ kozoni:
1-tashqi baraban; 2-qizdiruvchi truba; 3-oziklantirish tizimi; 4-saklagich klapani; 5-tutun trubasi; 6-bug’ qizdirgich; 7-o’tni rostlagich; 8-frontal plita; 9-suv ko’rsatgich; 10-monometr; 11-suv qizdirgich; 12-suvni rostlagich.
Fermalarda ishlatiladi. Bug’latgichning ish hajmi 12 m3 ga, unumdorligi 5 t/soat ga teng. Bug’ bug’latgichning pastki yon tomonlaridan beriladi.
Aralashtirish valining aylanish chastotasi 0,06 s1, solishtirma bug’ sarfi 0,28 kg, bug’latgichning o’lchamlari 4215x2280x2400 mm va massasi 6100 kg.
6-rasm. S-12 ozuqa aralashtirgich-buo’latgich:
1-korpus; 2-bug’ni ochgich; 3-aralashtirgich; 4-ozuqa aralashmasini chiqaruvchi shnek; 5-chiqaruvchi kanal; 6-zadvijka va chiqarish shnegini qo’shgich; 7-yuklovchi qopqoq; 8-himoya to’siqlari; 9-aralashtirgich shesternyalari; 10-bug’ kollektori.
7-rasm. Me’yorlagichlarning sxemalari:
a-hajmli porsiyali; b-hajmli lentali; v-hajmli shnekli; g-massali to’xtovsiz ishlovchi; d-hajmli barabanli; v-hajmli tarelkali; 1-bunker;
2-zaslonka; 3-lentali transporter; 4-og’irlik datchiklari; 5-posangi;
6-boshqarish apparati; 7-baraban; 8-korpus; 9-kurak; 10-manjeta; 11-disk.
Chukur yer osti suv manbalarida ESV rusumidagi cho’ktirmali, markazdan qochma suv nasoslari ishlatiladi. Bu rusumdagi nasoslar disklar bilan ajratilgan, vertikal joylashgan parrakli g’ildiraklardan iborat 3.2.8-rasm.
8-rasm. Cho’ktirmali markazdan qochma nasos:
1-yuqoridan qisuvchi gayka;
2-korpus; 3-yo’naltiruvchi apparat; 4-pristavka; 5-val;
9-tutashtiruvchi mufta.
|
9-rasm. Cho’ktirmali suv nasosining artezian quduqqa o’rnatilish sxemasi:
1-boshqarish stansiyasi; 2-monometr; 3-elektr kabeli; 4-suv ko’tarish trubasi; 5-nasos; 6-filtr; 7-elektr dvigateli; 8-qoplama trubasi; 9-zadvijka.
|
10-rasm. VLM-100 lentali suv ko’targich:
1-taranglovchi yuk; 2-pastki blok; 3-suv chiqaruvchi lenta; 4-qopqoq; 5-suv tarnovi; 6-suv hovuzi.
|
11-rasm. VShP-50 rusumli arqonli suv ko’targich: 1-dvigatel; 2-remenli uzatma; 3-ko’taruvchi arqon; 4-suv trubasi; 5-taranglash moslamasi; 6-yo’naltiruvchi truba; 7-suv tarnovi; 8-suv havzasi; 9-amortizator; 10-qoplama truba; 11-artezian quduq; 12-shkiv; 12-suv ko’targich korpusi; 13-rolik.
|
12-rasm. PA-1 kosali avtosug’orgich:
1-kosa;2-pedal; 3-qistirma;
4-prujina; 5-korpus; 6-klapan;
7-klapan korpusi.
|
13-rasm. AP-1 kosali avtosug’orgich:
1-pedal; 2-amortizator; 3-klapan;
4-klapan tagi; 5-suv ichish kosasi;
6-truba.
|
14-rasm. KTU-10 ozuqa tarqatgichining ishlash sxemalari:
a,b,v,g-yon tomonlarga, bir tomonga uzaytirilgan transportyor bilan, transportyorsiz, ikki tomonga tarqatish; d-ozuqani orqa tomondan bo’shatish: 1-kuzov; 2-biterli barabanlar; 3-tashlovchi transportyor; 4- bo’ylama transportyor; 5-ko’ndalang transportyor.
15-rasm. RSP-10 ozuqa tarqatgich sxemasi:
1-kuzov; 2-yuqori shnek; 3-pastki shnek; 4-chiqaruvchi transportyor; 5-yurish qismi; 6-ish organlari yuritmasi; 7-zaslonka.
16-rasm. Sut sog’ish apparatining umumiy tuzilishi.
1-chelak; 2-chelak qopqog’i; 3-pulsator; 4-sut shlangi qisqichi; 5-havo shlangi;
6-sut shlangi; 7-kollektor; 8-vakuum trubachasi; 9-sut trubachasi;
10-biriktiruvchi halka; 11-so’rg’ich rezinasi; 12-stakan gilzasi; 13-sog’ish stakanlari.
17-rasm. MSO-77B jun qirqish mashinkasi:
1-taroq; 2-pichoq; 3-qisuvchi lapka; 4-tayanch sterjeni; 5-korpus; 6-qisuvchi gayka; 7-qisuvchi patron; 8-rolik; 9-ekssentrik; 10-korpus; 11-uzatish vali; 12-harakatlantiruvchi shesternya; 13-harakatlanuvchi shesternya; 14-ekssentrik vali; 15-richag; 16- vtulka.
18-rasm. TSN-160 transportyorining umumiy ko’rinishi:
1-gorizontal transportyor; 2-qiya transportyor; 3-boshqarish shkafi;
4-gorizontal transportyorni harakatlantirish stansiyasi; 5-taranglash moslamasi; 6-zanjir; 7-burilish yulduzchalari.
19-rasm. TS-1 skreper qurilmasi:
1-yuqori blok; 2-transportyor yuritmasi; 3-panjarali pol; 4-yo’naltirgichlar; 5-blok; 6-zanjir; 7-«karetka» tipidagi skreper; 8-tutib turuvchi blok; 9-telejka; 10-kurakcha.
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQ
1. Chorvachilik fermalarini suv ta’minotini, ozuqa tayyorlash va tarqatishni mexanizasiyalash.bo’yicha qo’llaniladigan mashinalarning rusumi va ularning vazifasi bo’yicha koseptual jadval tuzing?
2. Sigirlarni mashinada sog’ish va sutga birlamchi ishlov berish mashinalarining mashinalarning rusumi va ularning vazifasi bo’yicha koseptual jadval tuzing?
3. Go’ng tozalashni va mikroiqlimni hosil etish mexanizasiyasi. Qo’ylarning junini qirqishni mexanizasiyalashqo’llaniladigan mashinalarning mashinalarning rusumi va ularning vazifasi bo’yicha koseptual jadval tuzing?
4. Chorvachilikda qo’llaniladigan elektr yoritishni asboblarning rusumi va ularning vazifasi bo’yicha koseptual jadval tuzing?
5. Ultrabinafsha va infraqizil nurlanishlarining manbalarining rusumi va ularning vazifasi bo’yicha koseptual jadval tuzing?
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Markazdan qochirma za uyurma suv nasoslari qanday tuzilgan?
2. Ozuqalarga ishlov berish usullarini aytib bering?
3. Vakuum tizimining vazifasi nimadan iborat?
4. Go’ngdan tozalash mashinalari va qurilmalari qanday tasniflanadi?
5. Yodli chug’lanish lampasining xususiyatlari nimalardan iborat?
6. Ultrabinafsha nurlanish uchun qanday lampalar ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |