Mavzu: Iroda haqida tushuncha
Reja
1. Iroda haqida tushuncha.
2. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.
3. Iroda nazariyalari.
4. Irodaviy akt va uning tuzilishi.
5. Shaxsning irodaviy sifatlari.
6. Irodani tarbiyalash.
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar:
Iroda — ichki va tashqi qiyinchiliklarni echish uchun xatti - harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon
bo`ladigan ruxiy aks ettirish shakli.
Irodaviy zo`r berish — irodaviy harakatning zo`r berishini his qilish bilan bog`liq sub`ektiv tarkibiy
qismi.
Iroda kuchi — maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan irodaviy zo`r berish darajasi.
Impul’siv harakat — ong tomonidan to`liq nazorat qilinmaydigan va beixtiyor tarzda bajariladigan
harakatlar.
Motivlar ko`rashi — qaror qabul qilish bog`liq bo`lgan irodaviy harakat bosqichi.
Qaror qabul qilish — muammoning hal etishning biror usulini tanlash.
1. Iroda haqida tushuncha
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi
(ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va maqsadga erishish uchun undan yanada
faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama -qarshiliklarni bartaraf qilish
uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy
harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning
uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti -
harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator
boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda
odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot
yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib
beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi.
2. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlari
Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktini amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri
amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan: “Xohlasam unday, xohlasam bunday
qilaman” deyishdan iboratdir.
Odamning irodaviy harakati to`la - to`kis determinizmga, ya`ni sababiy bog`lanish qonuniga bo`ysunadi.
SHuning bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sifatida irodaviy harakatlarni belgilab
beradigan turli - tuman hayotiy sharoitlar bo`lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob`ektiv jihatdan
bog`langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan yana biri, irodaviy harakatlarni odam
hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog`liq ravishda irodaviy harakat
odam to`la ravishda javob beradigan ish sifatida ichdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli ko`p jihatdan
o`zini shaxs sifatida anglaydi, o`z hayot yo`li va taqdirini o`zi belgilashini tushunadi. Irodaning eng
muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o`ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir.
Avvaldan rejalashtirilmagan xatti - harakatlarni irodaviy harakat deb aytib bo`lmaydi. SHu bilan birga
iroda - avval mavjud bo`lmagan, lekin faoliyatni amalga oshirish natijasiga erishgandan so`ng hosil
bo`lishi mumkin bo`lgan qoniqishga butun e`tiborni qaratishdan iboratdir. Ko`p hollarda iroda vaziyat
yoki qiyinchilik ustidan g`alaba qozonish emas, balki o`z - o`zini engish hamdir. Bu ayniqsa
muvozanatsiz, hissiy qo`zg`aluvchan, sust kishilarga xos bo`lib, o`zlarining tabiiy xarakterologik
xususiyatlari bilan kurashishga to`g`ri keladi. Hech bir hayotiy muammo irodaning ishtirokisiz hal
etilmaydi, yashagan va yashayotgan biror kishi kuchli, irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Odamzot boshqa tirik mavjudotlardan o`zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi
bilan ham ajralib turadi.
3. Iroda nazariyalari
Irodaviy, ya`ni ixtiyoriy harakatlar odamga irsiy yo`l bilan tug`ma ravishda beriladigan harakatlar
emas. Irodaviy harakatlar har doim ma`lum sabablarga ko`ra yuzaga keladi. Chet el psixologiyasida iroda
erkinligi degan ta`limot yuzaga kelgan bo`lib, bu ta`limotga ko`ra, odamning irodasi azaldan
belgilangandir. Irodaviy harakatlar odamning shaxsiga, ongiga mutlaqo bog`liq emas. Iroda qandaydir
iloxiy kuchga bog`liqdir. Shuning uchun iroda o`z mohiyati jihatidan doimo erkindir. Chet el olimlarining
iroda erkinligi, ya`ni irodaviy harakatlar hech qanday sababga bog`liq emasligini haqidagi ta`limotlari
batamom xatodir. Biz yashab turgan moddiy dunyoda sababsiz hech narsa va hech qanday hodisa
bo`lmaganidek irodaviy harakatlarning ham o`z sabablari mavjuddir.
Irodaviy, ya`ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po`stining
shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo`lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar ongli
harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimi asosida ro`y beradi. Gumanitar, ya`ni inson muammolariga
e`tibor ortishi bilan o`z - o`zidan irodani o`rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII - XIX
asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida
XX asr boshlarida ro`y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o`tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish
mumkin emas.
Arastu o`z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e`tirof etgan. Uning fikricha,
iroda inson xulq - atvorini o`zgartirishga, boshqarish imkoniyatiga ega bo`lgan omil hisoblanadi.
Psixologiyada mavjud oqimlar ham irodani turli jihatlariga ko`ra tadqiq etadilar. Masalan, bixeviorizm -
xulq - atvor shakli, motivatsiya psixologiyasi - shaxsning ichki ziddiyatlari, shaxs psixologiyasi -
insonning muhim shaxsiy xususiyati sifatida o`rganadi. V. A. Ivannikov fikricha, iroda - inson xulq -
atvoridagi reaktivlik va faollikning o`zaro ko`rinishidir. V.I.Selivanov esa, irodani ongli boshqarilishi
maqsadga yo`naltirilgan harakatni amalga oshirish uchun ichki va tashqi qiyinchiliklarini engib ketish
imkoniyati borligini bilish deb ta`riflaydi. Inson irodaviy faoliyati ongli, maqsadga yo`naltirilgan
faollikdir. Asab tizimining umumiy sog`lomlik holati katta ahamiyatga ega. Kasallik paytida, charchagan
vaqtida inson irodasi bo`shashadi.
4. Irodaviy akt va uning tarkib.
Har qanday irodaviy harakat dastavval odam oldida tug`iladigan maqsadni taqozo qiladi. Odam u yoki
bu harakat orqali nimaga erishmoqchi ekanligini anglaydi. U o`z holatini o`zgartirishi lozimligini,
qandaydir ehtiyojlarni qondirilishi zarurligini anglaydi. Bu nima sababdan odam muayyan maqsadga
intilayotganini, uning belgilangan maqsadini amalga oshirishga nima majbur qilishini tushuntiruvchi
harakat motivlaridir.
Irodaviy harakat bosqichlari
Maqsad va o`nga erishishga intilish
Maqsadga erishishning bir necha imkoniyatlarini anglash
Imkoniyatlarni mustahkamlovchi va rad etuvchi motivlarning
paydo bo`lishi
Motivlar kurashi
Imkoniyatlardan birini tanlash, qaror qabul qilish
qarorni ijro etish
Odatda odamning oldida u yoki bu xildagi jalb qilish xususiyatiga ega bo`lgan turli motivlar
(maqsadlar) paydo bo`ladi. Odamga bu maqsadlarni tanlashga, ularning ma`qulligini yoki noma`qulligini,
uning hozirgi hayot uchun yoki keyinchalik ahamiyatini baholashga va hozirgi payt uchun eng kerakli
yoki eng muhimini belgilab ajratib olishga to`g`ri keladi. Mana shu munosabat bilan irodaviy harakatning
muhim bosqichi, ya`ni qo`yilgan maqsadga qanday erishishni, unga erishish yo`llari qanday bo`lishini, bu
maqsadga qanday yo`llar olib borishini o`ylash bosqichi paydo bo`ladi. Ana shu jarayonlarning hammasi
o`z mohiyati jihatidan iroda akti tarkibiga kirgan intellektual (aqliy) holatlar deyiladi. Irodaviy aktning
haqiqiy boshlanishi uchun ma`lum bir qarorga kelish kerak. Ko`pincha qarorga kelishda motivlar kurashi
paydo bo`ladi. Masalan, ixtisosni o`zgartirish niyatidagi yangi ixtisosdan va ichki qanoatlanish umididan
voz kechish kerakmi yoki aksincha, imkoniyati tug`ilayotgan qimmatli istiqbol uchun o`zining boshqa
ehtiyojlaridan voz kechish kerakmi, degan motivlar kurashi paydo bo`ladi. Masalan, sevgan qizi bilan
kinoga borish va to`satdan qattiq og`rib qolgan yakin kishisiga yordam berish o`rtasidagi motivlar kurashi
keskin farq qiladi.
Motivlar kurashi natijasida qarorga kelish paydo bo`ladi. SHubhalanish va ikkilanishlarni chetga surib
tashlab, qarorni amalga oshirish kerak bo`ladi. Qabul qilingan qaror to`g`ridan to`g`ri amalga
oshirilavermaydi. Qabul qilingan qarorni bajarish uchun yana ongli ravishda irodani ishga solib zo`r
berish kerak. Irodaviy zo`r berishni ongli jiddiylik tarzida his qiladi. Bunday jiddiylik irodaviy harakatga
o`tish bilan tarqalishi mumkin. Qabul qilingan qarorni zo`r berish bilan ijro etish irodaning muhim
belgisini tashkil etadi. Zo`r berish juda muhim xususiyatlarning biri bo`lib, bu xususiyat orqali irodaviy
harakatlar ixtiyorsiz harakatlardan farqlanadi. Irodaviy zo`r berish motivlar kurashi va qarorga
kelishdayoq seziladi. Bunday zo`r berish fikrlash jarayonini ishga solib, muhokama yurgizishda, keraksiz
hissiyotlarni engishda o`z ifodasini topadi. Irodaviy zo`r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish
yo`lida uchraydigan to`siqlarni engishda namoyon bo`ladi. (loqaydlik, dangasalik). Irodaviy zo`r berish
vositasi bilan avvalo organizmning passiv holatini o`zgartirib, uni faol holatga keltirish lozim. Masalan,
yotgan odamning turish - turmasligi. Irodaviy zo`r berish vositasi bilan aqliy faoliyat faol holatga
keltiriladi. Masalan, talaba yoki o`qituvchi dars boshlanishi bilan iroda kuchini ishga solib, diqqatini bir
joyga to`plab, irodaning barqarorligini saqlab, tafakkur va esda qoldirish jarayonlarini kuchaytiradi.
Kishi o`z oldiga qo`ygan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotgan to`siqlarni engadi,
voqelikni maqsadiga muvofiq o`zgartiradi. Kishi irodaviy zo`r berish va irodaviy harakat yordami bilan
ijtimoiy qimmatga ega bo`lgan yangi narsalar: o`ylar, fabrikalar, zavodlar, yo`llar, mashinalar, san`at
asarlari va boshqalarni yaratadi.
5. Shaxsning irodaviy sifatlari
Kishining irodasi o`z sifatlari, ya`ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha
namoyon bo`ladi. Iroda ma`lum kuchga ega bo`ladi, ba`zi hollarda irodasi kuchli, boshqa hollarda esa
kuchsiz namoyon bo`ladi. Kuchli irodaga kosmonavtlarning irodasi misol bo`ladi. Kishi irodasining
kuchsizligi uning juda arzimas qiyinchiliklarining ham enga olmasligida ko`rinadi. Masalan, biror ishni
bajarishga yoki biror ishni boshlashga o`zini majbur qila olmaydi. Iroda kuchi - o`zini tuta bilishda,
jasurlik, qat`iyat, matonat va chidamlilikda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish - kishining oldiga qo`ygan
maqsadlarining amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini engishda ko`rinadigan irodadir.
O`zini tuta bilish og`riq hissini, toliqish, qo`rquv va g`azabni engishda namoyon bo`ladi. O`zini tuta
bilish ayni paytda keraksiz bo`lgan reflekslarga, odatlarga yo`l qo`ymaslikdir. Dadillik - kishilik hayoti va
omonligi uchun xavfli bo`lgan qarshiliklarni engishda ko`rinadigan kuchli iroda. Masalan, parashyutchi
har gal sakraganda dadillik qiladi.
Iroda – shaxsning harakatini ifodalaydigan ruxiy jarayon. Mustaqillik - o’zining asosli fikriga ega bo’lish.
Chidam – shaxsning yuqori darajadagi irodaliligi. Qat’iyat – uz qarorlarida sobikkadam bo’lish. Abuliya-irodasizlikning yuqori ko’rinishi. Maqsad- shaxsni biror sohaga undovchi xolat. Natija-harakat tufayli erishilgan yutuk.
Motiv-ichki kechinmalar ko’rashi. Jasurlik-mustaqil harakatlarni ifodalashdagi irodalilik. Dovyuraqlik-xavf-xatarli xolatlarad o’zini tuta olish. Negatizm- boshqalarning asosli fikrini rad etmoq. Kaysarlik-boshqalarning fikrini tan olmaslik.
14.1. Savol bayoni.Iroda haqida umumiy tushuncha.
Odamdagi barcha psixik jarayonlar uning harakatlari orqali namoyon bo’ladi. U yoki bu yumushni bajarish bilan bog’liq harakatlar odamdan gayrat va shijoat talab etadi. Inson gayrat, faol harakatlari tufayli uz vujudi extiyojlarini qondiradi, uz kudrati imqoniyati bilan yashash uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlarni bunyod ztib, o’zini muxtojlik yukchillik balosidan xalos qiladi. Shunday ekan, insonning sixat, saodati, kanoati, sabri, fazilati, xar-xil butun hayoti harakatlar darajasiga bog’liqdir. Faol harakatli shaxslar uz maqsadlariga tez yetadilar, ularning barcha orzulari albatta ushalaveradi.
Faollikning teskarisi yalkovlik dangasalik bo’lib, irodaning bu salbiy sifatlari inson baxti va saodatining ofati xisoblanadi. Sustlik yalkovlik ishyokmaslik odam hayotini xor-zor etadi, uni yashash lauzatidan maxrum qiladi. Inson hayoti davomida ko’chi yetganicha ishlamogi kerak. Inson bu dunyoning moddiy va ma’naviy lauzatlaridan baxraman bulsin, deb unga mexnat qilish baxti ato etilgan. Sabot va matonat bilan qilingan mexnat odam hayotiga zavk va shavk bagishlaydi. Shunday kiyaib, iroda shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini tuta bilishida ifodalanadigan, maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruxiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faollikdir. Iroda ob’yektiv yukchilikni, jamiyatdagi, boshqa shaxslar hayotidagi zaruriyatni aks ettirishning aloxida tomonidir. Iroda shaxsning ixtiyoriy faolligi bo’lib, uning namoyon bo’lish darajasi ob’yektiv sabablar, hayot tartibi va sharoitlari bilan belgilanadi.
Anglab olingan maqsadni istalgan niyatni amalga oshirishda odam bir qancha tusiklarga va qarama-qarshiliklarga duch keladi. Ana shu tusiklarni yengish uchun ko’rash shaxsda irodaviy zur berish tugdiradi. Qiyinchiliklarga qarshi ko’rashishda paydo bo’ladigan irodaviy zur berish odamga katta kuch baxsh etadi. Odam qiyinchiliklarga bardosh berish jarayonida xama vat xam yuzaga chikmaydigan kuch-kuvvatni safarbar etadi. Odamning irodaliligi turli situatsiyalarada turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy harakatlarning sifatlari ikkiga bo’linadi:
Irodaviy harakatlarga xos ijobiy sifatlar.
Irodaviy xarakaglarga xos salbriy sifatlar.
Ijobiy irodaviy sifatlar o’z-o’zini tuta bilish, dadillik qat’iyat, chidam, tokat, mustaqillik kabilardan iboratdir.
O’z-o’zini tuta bilish shaxsning uz burchini utashini, maqsadini ruyobga chiqarishda uchraydigan qiyinchilik va qarshiliklarni mardonovor yengipshda ko’rinada. Ko’rsatilgan jasorat yuksak irodalilikning namunasidir. "Oltin zanglamas" (Shuxrat) romanining Sodikning jasorati xam taksinga loyikdir. U og’ir axvolda yotishiga, dalaning sovuk va izgirinli shamoliga, masofaning uzoq bo’lishiga qaramay, binoni xavfsizlantirish chorasini amalga oshiradi, necha yuzlab soldatlarimizning sog-omon kelishini ta’minlaydi. Uz burchini utash yo’lida barcha qiyinchiliklarga bardosh beradi. Mashina bormasa bormasin, baribir boraman!" - dedi Sodik gazabdan kuzlari chaknab. Bu asabiylikdan boshi zirkirab ketdi, qo’llari bilan ikki chakkasini changalladi. Dadillik, botirlik, jasurlik, dovyuraqlik mardlik, kaxramonlik kabi sifatlarni xam ifodalaydi. Bu sifatlarni xar biri uz moxiyatiga egadir. Dadillik shunday sifatki, bu sifatga ega bo’lgan odam oldinda xavf-xatar borligini bila turib unga tomon boraveradi.
Dadillik o’zini tuta bilish bilan maxkam bog’liqdir. Inson avval harakat kalishi uchun avvalo o’zini tuta bilishi kerak.
Jasur shaxslarda burch xissi erkaqlik qilishga yo’l qo’ymaydi. Ular zarba ostida qolganlarida yoki muzaffaqlyatsizlikka uchragan paytlarida bu sifat ularga mazza bagishlaydi.
Dovyuraqlik odamning xavf-xatarli ishga tomon borishiga yoradm beradi, uni mardlik ko’rsatishiga otlantiradi. Dovyurak odam xavfli vaziyatda ko’rashni bilmaydigan- kishigina emas, balki unda qo’rquv paydo bo’lsa xam,, zarur deb bilgan ishni qila oluvchi odamdir.
Odam o’zining faoliyatlari davomida tashqi muhitdgi narsa va hodisalarni bilibgina qolmay, balki aktiv harakat qilib, bu narsa va hodisalarni o’zgartiradi. Odam har doim ma’lum harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlar. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko’pincha impulsiv tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, chuchko’rish, ko’z qovog’ining ochib-yumilishi va shu kabilar. Bunday harakatlarni odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’lmaydi.
Ixtiyorsiz harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldin belgilangan maqsad asosida, to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir.
Iroda deganda biz, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’sqinliklvrni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunamiz.
Irodaviy, ya’ni ixtiyoriy harakatlar odamga rasmiy yo’l bilan tug’ma ravishda beriladigan harakatlar emas. Irodaviy harakatlar har doim ma’lum sabablar asosida vujudga keladilar. Irodaviy, ya’ni ixtiyoriy harakatlarning nerv-fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stida yuzaga keladigan optimal qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan bog’liqdir.
Irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv sistemasining umumiy sog’lom holati ham juda katta ahamiyatga egadir.
Irodaviy harakatlarning asosiy momentlari.
Irodaviy harakatlar ilgaridan belgilangan qat’iy maqsad asosida amalga oshirilar ekan, demak, har qanday irodaviy harakatlar ma’lum bir maqsadni qo’yishdan, ya’ni maqsadni belgilashdan boshlanadi. Maqsd aniqlanib, shu maqsadga erishtiruvchi yo’l-yo’riqlar belgilangandan so’ng odam ma’lum qarorga keladi. Irodaning kuchliligi, mustahkamligi qabul qilingan qarorni ijro etishda ko’rinadi.
Irodaviy harakatlarning qonuniyatyaari qo’yvdagilaradn iborat:
a) iroda kuchnining namoyon bo’lishi maqsadning aniqligiga bog’liq;
b) xar qanday irodaviy kuch va sababga asoslanadi;
i) maqsadni amalga oshirish jarayonidagi ongli harakatlar ta’sirvda iroda o’sadi;
g) irodaviy sifatlar xoxash va istakka bog’liqdir;
a) shaxs mexzatining, faoliyatining takrorlanishi va rag’batlantirilishi undagi irodaviy faoliyatni yanda oshiradi.
Shuvday qilib, yuqoridagi fikrlarning umumiy xulosasi sifatida irodaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: kishining aniq maqsadni bajarishga qarqtilgan ongli harakatlarining kuchli ifodasi iroda deb aytiladi.
Demak, irodaning kuchliligi qabul qilingan qarorni qat’iyatlik bilan amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Irodaviy harakatlarning odamdan zo’r kuch talab qiladigan tomoni shundaki, biror maqsadni belgilashda, shu maqsadni amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini aniqlashda va qarorga kelish hamda qarorni ijro etishda motivlar ko’rashi paydo bo’ladi. Motiv-kishini harakatga undovchi kuch degan ma’noni bildiradi. Irodasi kuchli odamlar motivlar ko’rashini qat’iyatlik bilan tez hal qiladi, aksincha, irodasi bo’sh odamlar motivlar ko’rashini cho’zib yuboradi yoki mustaqil ravishda hal qila olmaydi.
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda odam yo’liqadigan qarshiliklar har xil bo’ladi. Masalan, ichki qarshiliklar va tashqi qarshiliklar. Ichki qarshiliklar odamning o’ziga xos bo’lgan, uning ichki dunyosiga xos bo’lgan qarshiliklardir. Chunonchi, har kuni ertalab azonda soat 7 da turib, yuvinib, choy ichib, o’qishga kechikmay yetib kelish kerak. Ayrim irodasi bo’sh odamlar ana shuni uddasidan chiqa olmaydi.
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi qarshiliklar odamning o’zi bilan emas, balki shu harakatni amalga oshirishdagi vaziyatlar bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, fermerlarimiz ob-havoning noqulay kelishiga qaramay, ya’ni jala, sel vasuv toshqinliklarini yengib, paxtadan yuqori hosil yetkazmoqdalar.
Odamning irodasi bir qancha sifatlarga egadir. Masalan, irodaning ijobiy sifatlari-qat’iyatlik, dadillik, mustaqillik va o’zini tuta bilish kabilardan iborat. Irodaning salbiy sifatlari esa-qat’iyatsizlik, ikqilanishlik, mustaqilsizlik, o’zini tuta olmaslik kabilardan iboratdir.
Irodaning ana shu sifatlari amalga tug’ma ravishda berilmaydi. Irodaning barcha sifatlari bolalarga uzoq vaqt davomida sistemali tarzda beriladigan ta’lim va tarbiyaning natijasidai. Shuning uchun odam har doim o’zining imqoniyatlarini hisobga olgan holda biror maqsad belgilashi va boshlagan ishini oxirigacha yetkazishi kerak.
Odamda irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda u mansub bo’lgan jamoaning katta roli bor. Shaxs o’zining maxkam bog’langan deb his qiladigan jamoada o’zi uchun ibratli xatti-harakatlari namunalarini kiradi. har qanday uyushgan jamoa o’z a’zolari oldiga o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish, o’rtoqlari va do’stlariga nisbatan mexribonlik, g’amxo’rlik qilish, o’z jamoasiga dog’ tushirmaslikka intilish talablarini qo’yadi. Bularning hammasi jamoa a’zosini shunday vaziyatga soladiki, u o’zgalarning ta’siriga berilmaslik uchun qarorga kelishga, o’zini mustaqil ko’rsatishga, o’zini tuta bilishga harakat qiladi.
Shaxs shu tarzda o’z jamoasining topshiriqlarini, talablarini bajarishga va bu hol o’z hayotida unda mustaqillik prinsipiallik, tashabbuskorlik kabi ijobiy sifatlarning barqaror tarkib topishiga olib keladi.
Mavzu bo’yicha asosiy masala (ajratilgan vaqt 2s)
15.1. Temperament haqida tushuncha.
15.2.Temperamentning tiplari va tiplarga xos xususiyatlar ta’rifi.
15.3.Shaxsda temperament tiplari, xususiyatlarning o’sishi va ularning amaliy ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar.
Temperament, xolerik, sangvinnik, melanxolik, flegmatik.
Temperament – shaxs harakatlarining asosini ifodalovchi sifatlar majmui. Xolerik – tez qo’zg’oluvchi qat’iy qarorli temperament sohibi. Sangvinnik – tez qo’zg’oluvchan, beqarorlikka yo’l qo’yuvchi temperament sohibi. Melanxonlik – vazmin, o’ylab, donolik bilan ish ko’ruvchi temperament sohibi. Flegmatik – harakatlari zaif, qarorlari tez o’zgaruvchan, beqaror tip.
15.1. Savol bayoni.Temperament haqida tushuncha.
Temperament lotin tilidagi «temperamentum» so’zidan olingan bo’lib, aralashma, qorishiq degan ma’nolarni anglatadi.
Psixologiya fani tarixida temperament haqidagi ta’limotni birinchi bo’lib qadimgi grek olimi Gippokrat (e.avv. 460-356 y) yaratdi.
Gippokrat (e.avv. 460-356 y)Temperament tiplarining nomlari ham ana shu suyuqliklardan kelib chiqqan. Masalan, xolerik grekcha «xole» so’zidan olingan bo’lib, o’t yoki safro, sangvinik «sandus» so’zidan olingan bo’lib, qon demakdir; melanxolik grekcha «melanxole» so’zidan olingan bo’lib, qora o’t demakdir; flegmatik grekcha «plegma» so’zidan olingan bo’lib, balg’am, shilimshiq modda demakdir.
Yuqoridagi suyuqliklarning har biri o’z xususiyatiga ega bo’lib, har birining o’z vazifasi, o’z ishi bor. Chunonchi, o’tning xususiyati quruqlikdir. Uning ishi – organizmdagi quruqlikni saqlab turish – badanni quruq to’tishdir. Qonning xususiyati issiqlik bo’lib, ishi organizmni isitib turishdir. Qora o’tning xususiyati namlik bo’lib, ishi badanning namligini tutib turishdir. Balg’amning xususiyati suyuqlik bo’lib, ishi badanni sovutib turishdir.
Gippokratning temperament va uning tiplariga oid ta’limoti qadiimgi zamonlardan bizning davrimizgacha saqlanib kelayotgan bo’lsa ham hech qanday ilmiy asosga ega emas.
Temperament va uning tiplari haqidagi mukammal ilmiy nazariyani mashhur rus psixologi, akdaemik I.P.Pavlov yaratgan va bu sohada «Nerv sistemasining tiplari» nomli ta’limotini kashf etdi.Dadillik o`zini tuta bilish bilan bog`liqdir. Mustaqillik - irodaviy
harakatlar motivlarida va shu bilan birgalikda qaror qabul qilishda namoyon bo`ladi. Mustaqillikningmohiyati shundan iboratki, odam o`zining ish - harakatlarining tevarak - atrofdagilarining tazyiqi,
tasodifiy taassurotlar bilan emas, balki o`z ishonch e`tiqodlarini, bilimlari va tegishli vaziyatda qanday ish to`tish kerakligi haqida tasavvurlariga asoslanib belgilaydi. Mustaqillikning qarama -qarshi tomoni tasirlanuvchanlikdir. Bu shundan iboratki, bunda odam o`zgalarning ta`siriga tez beriladi, hamda uning harakat motivlari o`zida tarkib topgan xususiy qarashlar, ishonch aqidalar asosida emas, balki tashqaridanko`rsatilgan ta`sir natijasi sifatida paydo bo`ladi. Qat`iyat-o`ylab qo`yilgan qarorni muvaffaqiyatli amalgaoshirishni ta`minlovchi g`oyat muhim sifatdir. Qat`iylik odamdan uzoq vaqt davomida hech bir pasaymaydigan irodaviy zo`r berish va kuch - quvvatni taqozo qiladi. Belgilangan maqsadga erishishdagi qiyinchiliklar odamni hayiqtirmaydi, og`ishmay intila boradi. Qaysarlik - odam oqilona asoslarga ega
bo`lishga qaramay harakat qilish illatidan, ilgari oz o`ylab qabul qilingan qarordan voz kechish
qobiliyatiga ega bo`lishidir. Qaysarlik real sharoitga tik qaramay, o`zgargan vaziyatga epchillik bilan
moslasha olmaslikdir. Mana shunday hollarda odam irodasining sustligi namoyon bo`ladi.
6. Irodani tarbiyalash
Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi bir necha yo`nalishda amalga oshiriladi:
1. Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish.
2. O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish.
3. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash.
Bu jarayonlar bola tomonidan nutqning o`zlashtirilish va xulq - atvorini boshqara olish bilan boshlanadi.
Irodaning rivojlanishida shaxs tomonidan o`z oldiga tobora murakkablashib boruvchi maqsadlarni qo`yiborish muhim ahamiyatga ega. Masalan, o`smir o`z oldiga o`zida layoqat bo`lmagan qobiliyatn
rivojlantirishni maqsad qilib qo`yishi mumkin. Bolalarda irodaning rivojlanishi motivatsion va axloqiy sohaning rivojlanishi bilan bog`liq holda boradi. Faoliyatga yuqori darajadagi motivlar va qadriyatlarning qo`shilishi -irodaviy sifatlarning rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Iroda asosan o`smirlik vao`spirinlik davrida jadal sur`atlar bilan rivojlana boshlaydi. Irodani tarbiyalash va qayta tarbiyalashda
badiiy adabiyot va kinofil’mlarning o`rni katta. Biroq ota - ona va pedagoglarning o`rnini hech narsa
to`ldira olmaydi. Inson irodasini tarbiyalashning eng muhim sharoitlari - kun tartibiga rioya qilish, butun hayotiy talablarga to`g`ri amal qilishdir. Irodali kishi o`z vaqtining xo`jayinidir. O`z faoliyatini oqilonatashkil etadigan kishi o`z ishini shoshilmay bajarishi, faolyati esa uyushqoqlik va maqsadga yo`naltirilganligi bilan ajralib turishi mumkin.
Shaxsning irodaviy sifatlari har doim boshqalar bilan faol munosabat jarayonida shakllanadi.
Siz kutilmaganda daftaringizni tushirib yuborib tinchlikni buzdingiz, men baqirib, tanbeh berdim, dars paytida ikki kishi gapirib, kulib menga qarab qo`ydi, men xafa bo`ldim, o`rtog`ingiz sizga ko`nglini ochdi, uning tashqi qiyofasidagi kamchiligini ko`rib kulib quydingiz. Bunday harakatlar kutilmagan, bexosdan bo`lgan reflektor harakatlar deyiladi. Kishidagi hamma ta`sirlanishlar reflektor harakatga ega bo`ladi. Lekin yuqoridagi harakatlar ongning nazoratisiz, maxsus niyatni ko`zlamay amalga oshirilgan bo`ladi va shu sababli ixtiyorsiz harakat deyiladi. Biroq kishi shunday harakatlar bajaradiki, unda ong ishtirok etadi va muayyan maqsad ko`zlanadi. Bunday harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb ataladi. Ularning atalishining o`ziyoq harakatlarning ishtirok etishini ko`rsatadi. Ongli ravishda amalga oshiriladigan va muayyan maqsadni ko`zda tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb atalishi mumkin. Oddiy narsalar kishining suv ichkisi kelib qilgan harakatlari va suvni ichishi Bu narsalar qiyin bo`lmasada, maqsadli va shu sababli irodaviy harakatdir. Lekin shunday harakatlar bo`ladiki, unda kishi muayyan to`siq va qiyinchiliklar engil maqsadga erishishi lozim bo`ladi. Bunday harakatlar chinakam irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ongning ishtirok etishi bilan bog`liq bo`lgan shaxsiy aktivlik nomoyon bo`ladi.
Kishining o`z oldiga qo`yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to`siqlarni harakat yordamida engish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayonni so`zning asl (tor) ma`nosida iroda deb atash qabul qilingan.
Ichki to`siqlar - yalqovlik, charchovni, bajarilishi kerak bo`lgan vazifaga aloqasi bo`lmagan boshqa biror narsa bilan shug`ullanish istagini engishga majbur qilish qiyin bo`lgan vaqtning belgilangan narsani bajarishga xalaqit beradigan sub`ektiv, shaxsiy mayllardir, zararli odatlar, mayllar, istaklar. Kishi irodaviy zo`r berish tufayli ularni engadi. Tashqi to`siqlar ishning o`ziga xos bo`lgan ob`ektiv qiyinchiliklar, uning murakkabligi har xil xalaqit berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko`rsatishi, ishning og`ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Lekin iroda termini bilan shaxsning qiyinchiliklarni engib, astoydil va aniq maqsadni ko`zlab harakat qilish qobiliyatini ham ataydilar. "Zo`r iroda, bu biron narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas, balki shu bilan birga, zarur bo`lib qolganda o`zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir".
I r o d a - bu shunchaki, istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to`xtatish, ham istak, ham ayni vaqtda undan voz kechishdir.
Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash to`xtatuvchi) vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi va ularda o`zini nomoyon qiladi. Filosofiya va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, dastlabki faollikka bo`ysungan bo`ladi. Amerika psixologi U.Jeyms harakatda hech narsaga bog`liq bo`lmagan irodaviy hukmga etakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o`z-o`ziga "Fiat!" (lotincha "Ha bo`la qolgin!" degan ma`noga ega bo`lgan so`zni bildiradi) deydi va go`yo ana shu birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oshiriladi.
Odamlar o`zlarining qilgan ishlari uchun mas`uliyatni kimga yuklashga moyil bo`lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o`z faoliyati natijalari uchun ma`suliyatni tashqi kuchlarga va sharoitlarga qayd qilib quyish yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g`ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologiyada adabiyotlarda "nazorat lokusi" degan termin qo`llaniladi, lotinchada "locus"- urnashgan joy va frantsuzcha "contlore"- tekshirish deyiladi). O`z xulq-atvori va o`z ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalardan) deb bilishga moyil bo`ladigan odamlar. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to`g`risida gapiriladi. Bu toifaga mansub o`quvchilar olingan qoniqarsiz bahonalarini istagan vaj-bahona bilan tushuntirishadi ("Topshiriq doskada noto`g`ri yozilgan ekan", "Uyimizga mehmon kelib, dars qilishimga xalaqit berishdi", "Bu qoidani biz o`tganimiz yo`q" va hokozo.) Tadqiqotlar nazoratning eksternal lokallikka moyilligi mas`uliyatsizlik, o`z imkoniyatlariga ishonmaslik, xavfsirash, o`z niyatlarini ro`yobga chiqarishni yana va yana kechiktirishga intilish kabi shaxsiy fazilatlar bilan bog`liq ekanligini ko`rsatdi. Agar individ, odatda, o`z qilmishlari uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olsa va uning sabablarini o`z qobiliyati, xarakteri va shu kabilarda deb bilsa, unda nazoratning ichki (internal) lokallashuvi (joylashuvi) ustuni deb hisoblash uchun asos bor.
Nazoratning ichki lokallashtirilishi xos bo`lgan o`quvchi "ikki" olganda buni topshiriq yoxud unga qiziqarli emasligi bilan, yoxud faromushxotirligi bilan tushuntiradi. Nazoratning ichki lokallashtirilashi xos bo`lgan odamlar maqsadga erishishda ancha mas`uliyatli, izchil, o`z-o`zini tahlil qilishga moyil, kirishimli va mustaqil bo`lishi aniqlangan. Ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga ega bo`lgan irodaviy harakatning internal yoki eksternal lokallashtirilishi shaxsning tarbiya jarayonida shakllanadigan barqaror fazilatdir. Kishining tavakkalchilik sharoitidagi hatti-harakati irodaning xarakterli ko`rinishlaridan biri sifatida nomoyon bo`ladi.
Bevosita irodaviy harakatga undaydigan sabablar, ehtiyojlar, uning motivlari va maqsadlari, ishtiyoqlari, istaklari va hokozolari kiradi.
Bo`lar aniq bo`lsa, bunday intilish istak deyiladi. Anglanmagan intilishlar havaslar deb ataladi. Havas istakka qaraganda kishining irodaviy yordamini kamroq oladi va shu sababli havasning maqsadi ko`pincha real amalga oshmaydi.
His-tuyg`ular irodaviy harakatlarga undaydigan muhim sababdir. Ular qiyinchiliklarni engishga, o`z oldiga qo`yilgan maqsadga sabot bilan erishishga undaydi.
Irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda mehnatning ahamiyati katta.
Kishining qaror topgan qarashlari, dunyoqarashi, irodaviy xulq -atvorning muhim sababidir.
Irodaviy jarayonlar oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy - kishi hech ikkilanmasdan ko`zlagan maqsad sari boradi, u nimaga va qanday yo`l bilan erishajagini aniq biladi. Murakkab - maqsadni tanlashga ikkilanish, harakatni tanlashga qiynalish. Bunday hollarda irodaviy harakat murakkab xarakterga ega bo`ladi va ikki bosqichga ajratiladi:
1) tayyorgarlik;
2) bajarilish;
1- Niyatni, maqsadni, anglashni ba`zan motivlar kurashi bilan qarorga kelishini, ish olib boriladigan metodlarni tanlashni o`z ichiga oladi. Masalan, oliy o`quv yurtiga kirish bosqichlari.
2- Qarorning bajarilishi. Kishi faoliyati davomida o`zini xarakterlab beradigan irodaviy sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarim sharlar po`stlog`idagi qo`zg`alish jarayonlarining ustunlik qilishi bilan bog`langan bo`ladi, boshqa sifatlar yoqimsiz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda, ularni to`xtatib qolishda, yo`q qilishda nomoyon bo`ladi.
1. Aktivlik bilan bog`liq bo`lgan sifatlarga : qat`iylik, dadillik, sabr-matonat (o`jarlik emas), mustaqillik (negativizm emas. Negativizmda qanday qilib bo`lsa ham tashqaridan bo`ladigan ta`sirga qarshilik ko`rsatishga intilish xususiyati xosdir). Irodali kishi ta`sirga beriluvchan bo`lmaydi. Mustaqillik-o`z hatti harakatlarini jamoaning fikri va irodasiga buysundirmaslik kerak degan ma`noni bildirmaydi. Biroq "podaga o`xshab harakat qilish tuyg`usi" degan tuyg`uga ham berilmaslik kerak. Ko`pgina yomon odatlar (ichkilikbozlik, chekish va hokozolar) irodasi zaif kishilarga aynan mustaqil bo`lmagan, ta`sirga beriluvchan va taqlid qilishga moyil bo`lgan kishilarga yopishib oladi. Harakatlarni mustaqil bajarish o`z kuchiga ishonch hosil qilishda yordam beradi, bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir.
2. Nomaqbul psixik jarayonlar va harakatlarning tormozlanishi bilan bog`liq bo`lgan iroda sifatlariga: chidam(o`zini tuta bilish), bardoshlik, sabr-tokat, intizomlik va uyushqoqlik, batartiblik, aniqlik, puxtalik kiradi. Irodasi sustlikning nomoyon bo`lish doirasi xuddi kuchli irodaning xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng chekka darajasi psixika normasi chegarasidan tashqarida bo`ladi. Masalan, abuliya va apraksiya shunga kiradi. YAlqovlik - kishining qiyinchiliklarini engishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy sustlikning eng tipik ko`rinishidir. Shunisi diqqatga loyiqki, boshqa barcha hollarda qandaydir kamchiliklarnitan olishga unchalik moyil bo`lmasalar ham, bu deffektni juda oson tan oladilar. YAlqovlik - kishi ojizligi va sustligining, uning hayotga layoqatsizligining umumiy ishga befarqligining dalilidir. YAlqov kishi odatda nazoratning tashqi tomonlariga e`tibor bermaydi va shu sababli beparvodir. YAlqovlik- kishining qiyofasidir, shuning uchun ham uni butun choralar bilan yo`qotish zarur. YAlqovlik, shuningdek, ojizlikning boshqa ko`rinishlarining - qo`rqoqlik, jur`atsizlik, o`zini tuta bilmaslik va boshqalar shaxsning rivojlanishidagi jiddiy kamchiliklardir, ularni bartaraf etish jiddiy tarbiyaviy ishni va avvalo o`z-o`zini tarbiyalashni tashkil etishni talab qiladi.
Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyatning muvaffaqiyatini ta`minlaydi, kishi shaxsini eng yaxshi tomondan ko`rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ruyxati juda katta: qahramonlik, sabotlilik, qat`iylik, mustaqillik, o`zini tuta bilish va ko`pgina boshqalar. Xususan qat`iylik - irodaning individual fazilati bo`lib, mustaqil ravishda mas`uliyatli qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so`zsiz amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog`liqdir.
Irodaviy fazilatni baholash atiga birgina "kuchli-kuchsiz" o`lchovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar hal qiluvchi bo`lmasa ham, muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko`rinishlar xarakteristikasi, ularning ma`naviy bahosi irodaviy akt amalga oshirilishining asosiga qo`yilgan motivlarning sosial ahamiyatiga bog`liqdir.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo`lishi mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o`z ichiga oladi.
1.Irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo`lmagan qiyinchilikni, vaqt o`tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda chiniqtiradi. Har bir qarshilikni "buysundirilmagan qal`a" sifatida baholash lozim va uni, bu "qal`ani olish" uchun barcha imkoniyatni ishga solish kerak.
2. Qiyinchiliklarni va to`siqlarni bartaraf etish ma`lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo`lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, kishi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Muhimi, kishi kundalik ishlari orasida uzoq kelajakni hech qachon unutmasligi, faoliyatning so`nggi maqsadlarini hech vaqt esdan chiqarmasligi kerak.
3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqadi, qabul qilingan qarorlarning muntazam ravishda bajarilmasligi kishi irodasini intizomsiz qilib qo`yadi. Ammo qaror qabul qilayotib, uning ham maqsadga muvofiqligini, ham bajarilishini hisob-kitobga olishimiz kerak .
4. Agar kishi uzoqqa mo`ljallangan maqsadni oldiga qo`ygan takdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko`rishi, yaqin kelajakka mo`ljallangan istiqbolni ko`ra olishi juda muhimdir. Pirovardida pirovard maqsadga erishish uchun sharoitlar yaratiladi.
Sport bilan muntazam ravishda shug`ullanish kishi irodasini chiniktirishning muhim sharoitlaridan biridir. Irodani tarbiyalash to`g`risida gapirilarkan, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi faqat u yoki irodaviy fazilatlar shakllanishiga emas, balki belgilanadigan narsaning real bajarilishi sharti sifatidagi tegishli ko`nikmalarning borligiga, qo`yilgan maqsadlarga erishilishiga bog`liq ekanligini unutmaslik kerak. Foydali ko`nikmalarning va birinchi navbatda mehnat ko`nikmalarini shakllantirish qo`yilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishishning muhim shartlaridan biri sifatida nomoyon bo`ladi. Pirovardida, shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilatlarning rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayonida, u bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi. Jamiyatdan tashqarida, jamoadan tashqarida kishining irodasi normal rivojlana olmaydi.
Har bir talabada irodani rivojlantirish va uni mustaqil ravishda tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Irodani ongli ravishda tarbiyalash jarayoni qanchalik tez boshlansa, shunchalik ko`p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar.
Iroda haqida tushuncha bering.
Determinizm va "iroda erkinligi" mohiyatini tushuntiring.
Iroda va tavakkal bog’liqmi?
Irodaviy aktning tuzilishi va mohiyatini ko’rsating.
Kishining irodaviy xislatlari va ularni shakllantirish.
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro`yxati.
Chaldini R. Psixologiya vliyaniya. - M., 1999
G`oziev E. Psixologiya. T. 1994.
Gamezo M. V., Domashenko I. A. Atlas po psixologii. - M.,1986
Gippenreyter Yu. B. Vvedenie v obshuyu psixologiyu. Kurs leksiy. - M., 1996
Granovskaya R. M. Elementi prakticheskoy psixologii. SPb, 1997
Grimak L. P. Rezervi chelovecheskoy psixiki. - M., 1990
Karimova V. M. Psixologiya. - T., 2002
Karimova V. M., Akramova F. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - T., 2000
Kovalev V. I. Motivi povedeniya i deyatelnosti. - M., 1988
Olshanskiy B. B. Prakticheskaya psixologiya dlya uchiteley. M. 1994.
Prakticheskaya psixodiagnostika. Metodiki i testi. - M., 1999
Psixologiya. Uchebnik. - Pod red. A. Krilova - M., 1998
Rubinshteyn S. L. Osnovi obshey psixologii. - M., 1998
Umumiy psixologiya. A. V. Petrovskiy taћriri ostida. T.1992.
Do'stlaringiz bilan baham: |