Mavzu: Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal qilishi Kirish



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana22.04.2023
Hajmi0,54 Mb.
#931065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.
 
Bozor - iqtisodiy kategoriya sifatida: mohiyati, klassifikatsiyasi va 
rivojlanishi 
“Bozor" tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, 
iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar 
tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushuncha bo’lib hisoblanadi. 
Globallashuv (lotincha globus - yer kurrasi) atamasi jahon xo‘jaligining butun 
makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil 
topishi va rivojlanishini anglatadi. 
Globallashuv jararyonining quyidagi bir nechta yo‘nalishlarini ajratib 
ko‘rsatishimiz mumkin: 
-
mulkchilik munosabatlarining globallashuvi; 
-
kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tishi; 
-
xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi; 
-
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi rolini rivojlanishi. 
Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari 
ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylariga quyidagilarni keltirib o’tsak bo’ladi: 
1)
Turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi; 
2)
Boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi; 
3)
Ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi; 
4)
Turli mamlakatlarda aholi sonining o‘zgarishining farqlanishi. 
Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan 
farqlanishini ta'kidlab o‘tishimiz lozim. 
Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining 
ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning 
ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. 



Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr 
mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor qonunlari 
asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi. 
Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya'ni ayirboshlash fazasini o‘z 
ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarini shu jumladan: ishlab chiqarish, 
ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste'mol jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilarning ko‘p qirrali 
murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta'sirini bog‘laydigan 
bo‘g‘in hisoblanib, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta'minlaydigan 
jarayon sifatida shakllandi. 
Bozorning asosiy belgilariga quyidagilarni kiritishimiz mukin: 
-
sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi; 
-
ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash; 
-
sotuvchilarning xarajatlari qoplanib foyda olishi va pul to‘loviga qodir 
bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir. 
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, 
ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi 
davrda keng tarqalgan ob'yektiv iqtisodiy jarayondir. 
Bozor 
- ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar 
o‘rtasida pul orqali ayirboshlash ya’ni oldi-sotdi jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy 
munosabatlar yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar 
va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi 
iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan 
xizmatlar bajariladi. 
Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo‘lsa 
narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada 
tovarni sotuvchi me'yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, 
bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, 
sotuvchilar zarar ko‘radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, 



no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, zarar 
yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga 
olmaydi. 
Bozor sub'yektlarini ikki guruhga bo’lib o’rganamiz: sotuvchi va xaridorlarga. 
Ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar 
va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z 
sub'yektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. 
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va 
xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu 
yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste'molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan 
tovar yoki xizmat o‘z iste'molchisini topadi. 
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, u ishlab chiqarishning uzluksiz 
takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun 
yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy 
resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag‘lar 
hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan sarflangan ishlab 
chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 
kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali resurslarning 
erkin harakati ta'minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. 
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar 
yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha 
miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx 
vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan 
tarmoqlarga oqib kelishini ta'minlaydi. 
Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari ham 
keltirilganini ko’rishimiz mumkin. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun 
ularni maxsus chizma ko‘rinishida ifodaladik. (1.1-chizma). 



Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo 
qiladi. Bozorning mazmunini to‘laroq tushunishimiz uchun uning turlarini va ichki 
tuzilishini bilishimiz zarur. 
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashda 
quyidagi asosiy mezonlarni asos qilib olishimiz mumkin: 
-
bozorning yetuklik darajasi; 
-
sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi; 
-
bozor sub'yektlari xususiyatlari; 
-
bozor miqyosi, 
-
iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. 
1.1-rasm. Bozorning vazifalari. 
Bozorning yetuklik darajasiga qarab bozorlarni: rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) 
bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘lishimiz mumkin. Rivojlanmagan, 
shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga 
ayirboshlash usuli (barter) ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul 
kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri kelgan. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul 
Bozorning 
vazifalari 
Rag’batlantirish
Tartibga 
solish 
Nazorat 
qilish 
Narxni 
tashkil 
qilish 
Vositachili 

integratsiy 
alash 
Iqtisodiyotni 
sog’lomlashtirish
Axborot 
berish 
Tejamkorlik 
Bozor 
sub’ektlarining
manfaatlarini 
ro’yobga
chiqarish. 



inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda 
ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir 
turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, ya'ni sotuvchilar va sotib 
oluvchilardan iborat bo‘lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat 
kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, 
raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. 
Hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, bozor 
ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga 
xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi 
yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi. 
Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning 
ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, 
O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini 
erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion 
jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda. 
So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, 
unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy 
integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash 
lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida 
shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot 
oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz 
bermoqda. 
Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik 
taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik 
bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha 
ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab 
harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng 
madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu 



tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro 
o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik 
imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida 
amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining
[1]
milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz 
kengayishini anglatadi. 
Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, 
ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon 
bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim 
etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va 
yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning 
oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi. 
Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 
yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga 
kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek 
edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi 
immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq 
bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar 
avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan. 
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati 
zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada 
integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o‘n yilligida hukmron kuchga 
aylandi va o‘ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi: 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish