avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz.
Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament
palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga
mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta’kidlab
o‘tgan edilar.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etildi va kelajagimizning
munosib davomchilari bo`lgan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Ko`plab ta’lim muassasalari yangidan qurildi, ta’mirlandi, eng zamonaviy
o`quv anjomlari bilan ta’minlandi. Shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
asoslangan, globallashuv sharoitida bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta’lim-
tarbiya tizimi yaratildi. Bu boradagi ishlar bugungi kunda ham jadal davom etmoqda.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-
3
fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar
Strategiyasi to`g’risida”gi farmoni bilan taraqqiyotimizning kelgusi besh yilga
mo`ljallangan ustuvor yo`nalishlari aniq belgilab berildi. Harakatlar strategiyasida
mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor yo`nalishi davlat va jamiyat qurilishini
takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud -huquq tizimini yanada isloh qilish,
iqtisodiyotni yanda rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani taraqqiy ettirish,
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o`ylangan
o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo`yicha aniq, hayotiy islohotlar
va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan. Harakatlar strategiyasidagi beshta
ustuvor yo`nalishdan to`rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, aholi
farovonligini ta’minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish bilan birga ta’lim - tarbiya
tizimini taraqqiy ettirish masalalari ham o`rin olgan. Farmonga binoan, ta’lim va ilm-fan
sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda
xalq ta’lim tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini
oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni
zamonaviy o`quv-laboratoriya uskunalari, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va
o`quv-metodik qo`llanmalar bilan to`liq ta’minlash kabi qator fanlar, jumladan, chet tillar,
matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda
o`qitishga alohida e’tibor qaratildi.
Endi iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida bozorning roli bo’yicha bozor
tushunchasiga ta’rif berib o’tadigan bo’lsak:
Bozor
- bu ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida
pul orqali ayirboshlash yani oldi-sotdi jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar
yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati
tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni
o‘z ichiga oladi.
1
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-
qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim bo’lib hisoblanadi.
Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida esa tovar
va pulning turli shakllardagi harakati yotadi va iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |