Ikkinchidan, ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlariga, operativlilikka, boshqaruv xodimining mehnat madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta’sir o’tkazishi bilan belgilanadi.
Hujjat tuzish - belgilangan formalarga binoan hujjatlar tuzish jarayonidir.
Hujjatlar mazmunan, shaklan, hajman xilma-xil bo’lib, ularning maqsadi, yo`nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari xam turlichadir. Yirik hujjatshunos
A.S.Golovach shunday ta’qidlaydi: "Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni shu soha xodimlarining ko’pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo’shligidir, ular muassasa, korxona va tashkilotlarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo’l-yuriqlari, usullari majmuasini yetarli darajada bilmaydilar".
Ba’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo’linmaydi, o’nga shunchaki bir qog’ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifatida qaraladi. Bu albatta, notug’ridir va shuni ta’kidlash lozimki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishining asosidir.
2. Respublika Umumdavlat ish yuritish tizimi va uni boshqarishni
takomillashtirishdagi o’rni
1972 yildan mamlakatda tashkiliy-farmoyish hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishning Umumdavlat yagona qoidalari hamda hujjatlar bilan ishlashni tashkil etishning yagona qoidalari amal qila boshladi. Bu yo’nalishdagi ishlar muttasil rivojlantirib borildi, yana bir qator davlat yagona nusxalari tasdiqlandi. 1984-1986 yillarda Umumdavlat hujjatshunoslik va devonxona ishi ilmiy tadqiqot instituti boshqaruvining hujjat asoslarini tashkil etishning mukammal tizimini ishlab chiqdi, bu tizim "Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlashning davlat yagona tizimi" nomi bilan yuritildi. Hozirda bu yunalishdagi ishlarni komp’yuterlashtirilgan asoslarga ko’chirish yuzasidan keng ko’lamli ish olib borilmoqda.
O’zbek tiliga Davlat maqomi berilganligi bugungi kunda o’zbek tilida mukammal hujjatchilikni yaratishning eng dolzarb vazifasidir. Muassasa, tashkilot, korxona va firmalardagi ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda, umuman, boshqaruv sohasida hujjatlarning o’rni va ahamiyati byokiyosdir.
Har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi va shu sababli har qanday hujjatdagi asosiy unsur bu - tildir.
"O’zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi" Qonunning 9-moddasida
•"O’zbekiston Respublikasida muassasa, korxona. tashkilot va birlashmalarda ish respublika Davlat tilida yuritiladi" -deb yozilgan va 22-moddasida ish qogozlarining matnlarii o’zbek tilida bo’lishi talabi qo’yilgan ekan, bu vazifalarni amalga oshirish qandaydir o’zboshimchalik va o’zibilarmonchilik tarzida borishi kerak emas. Aks holda u hujjatlarda xilma-xillikka va idoralararo tushunmovchilikka olib keladi.
Ish yuritish tadbirkor vazifalari ichida muhim o’rin egallaydi.
Ish yuritish ahvoli oqibatida har bir tadbirkor tizimining ish uslubini belgilashni gapirish mubolag’a bo’lmaydi. Ish yuritish vazifalari, ya’ni hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish yo’llari qo’yidagilardir:
firma yoki ularning boshliqlari tomonidan junatiladigan hujjatlarni alohida kitobga
ro’yxatga olish, hujjatlar junatilayotganda ularning raqamini yozib qo’yish kerak..
har bir kelgan xatga belgilangan muddatda javob tashkilot manziliga yuboriladi. Har bir hujjatning mazmuni va ba’zi bir savollarini aniqlash uchun tezkorlik bilan zarur ma’lumotni berish uchun aloqa telefoni, hujjatning jo’natilgan va tuzilgan muddati kuni qo’yilishi kerak;
agar ilova keltirilgan bo’lsa, u holda hujjat oxirida shu haqda belgi bo’lishi kerak. Agar xat bir qator maxsus ma’lumotga ega bo’lsa, u holda xat boshida, boshliq butun hujjatning mohiyatiga e’tibor bermasdan xatni malakali yechimi uchun biror bir mutaxassisga yuborishi mumkinligi haqida qisqa ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |