«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiat va inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, prognozlashtirish va baholashni ifodalaydi.
Menejment – bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:
boshqaruv xokimiyati va san’ati;
resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Boshqaruv esa o‘z navbatida – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va oqil qarorni, qaror qabul kilishni o‘rgatuvchi fandir.
1. 3. Fanning maqsadi, vazifasi va o‘rganish usullari
Bu fanning asosiy maqsadi talabalarlarga zamonaviy iqtisodiy fikrlashni, mamlakat milliy iqtisodiyotining mohiyatini, moddiy ne’matlar yaratishda ijtimoiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tizimining egallagan o‘rnini tavsiflash, xalq xo‘jaligi va aholining sanoat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyoti bilan ishlab chiqarishni uzviyligini ta’minlash ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish va uni samarali boshqarish to‘g‘risidagi umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan iborat.
“Iqtisodiyot va menejment“ fani talabalarga nafaqat nazariy jihatdan bilim berish, balki ularni o‘z sohasining yetuk mutaxassislari etib tayyorlash, balki murakkab iqtisodiy muammolarning yechimini topishga qodir qilib tayyorlashi zarur. Shunday ekan fanni o‘rganish bo‘yicha talabalar o‘z bilim va imkoniyatlarini ishga solgan holda ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, hamda mustaqil ishlarga, ijodiy yondoshgan holda qatnashishlari talab etiladi. Shunday qilib, falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurni o‘rganish usuliga dialektika deb tushuniladi.
Iqtisodiy reallik ham butun jamiyatdagi borliqdi bir qismidir, shuning uchun iqtisodiy reallikda sodir bo‘layotgan hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda barcha iqtisodiy fanlar, shu jumladan, korxona iqtisodiyoti dialektika usulidan keng foydalanadi.
Induksiya lotincha «dialektike» so‘zidan olingan bo‘lib habar olish mazmunini bildiradi, U fikr yuritganning bir tipi va tadqiq qilish usulidir.
Umuman, induksiya tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiylikdan, ayrim voqelikdan umumiylikka o‘tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy bilimga ega bo‘lish uchun uning alohida tomonlari, empirik asoslari o‘rganilib xulosa qilinadi.
Deduksiya lotincha «deduktio» so‘zidan olinib so‘zma-so‘z «chiqarish» ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir tipi va tadqiq qilish usuli bo‘lib, induksiya usulini teskarisini ishlatadi. Deduksiya usuli ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib boriladi.
Induksiya va deduksiya logik fikr yuritishga asoslangan. Iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazishida ayrim belgilarni tahlil qilib uning asosida umumiy jarayonga baho berish yoki uning teskari hollari yuz berishga ko‘p to‘qnashamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |