Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari
Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish
shakllarini uning
subhektlari va ob’ektlari nuqtai nazaridan turkumlash mumkin.
Iqtisodiy xavfsizlikning iqtisodiy subhektlari:
-
shaxsning iqtisodiy xavfsizligi;
-
korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi;
-
davlatning iqtisodiy xavfsizligi
muhofazalanish chora-tadbirlari, mexanizmlarini ishlab chiqish
hamda vujudga keltirishga imkon beradi. Buning uchun ushbu xavf-
xatarlar va xavfsizlik darajasini aniqlash, ularning ko’rsatkich va
mezonlarini o’rganish lozim bo’ladi.
Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari
Iqtisodiy xavfsizlikni tahminlashda hech bir iqtisodiyot va jamiyat subhekti
davlatchilikdek katta rol
o’ynay olmaydi. Davlatning eng muhim vazifasi – jamiyat barqarorligi va rivojlanishini tahminlash,
mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishdan iborat. Mamlakat
iqtisodiy xavfsizligini
tahminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun uning indikatorlar monitoringini tashkil etish
zarur. Bunday jarayonda iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va ularning o’zgarish
tendentsiyalari istiqboli aniqlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko’rsatkichlari (indikatorlari)
quyidagilardan iborat:
YaIMning urtacha o’sish surhati;
turmush darajasi va sifati;
inflyatsiya surhati;
iqtisodiy o’sish;
byudjet defitsiti;
davlat qarzi;
jahon iqtisodiyotiga kirib borganlik;
“xufyona iqtisodiyot” faoliyati;
mulk tarkibi;
soliq tizimi;
bozor infratuzilmalarining rivojlanishi.
Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarining tahlikali chegaralari.
Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari miqdorining tahlikali quyi chegarasini
ko’rsatish va aniq belgilash lozim bo’ladi. Bu ko’rsatkich
miqdori belgilangan
quyi chegaradan pastga tushganda iqtisodiy tahdid vujudga keladi. Ushbu tahlikali
quyi chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan xo’jalik faoliyati
proportsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy indikatorlar
bo’lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli elementlarining iqtisodiy
rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.
Tahlikali quyi chegaraning miqdoriy o’lchamlarini
aniqlash uchun
quyidagilarga asoslanish lozim bo’ladi:
milliy iqtisodiyot holati va undagi mutanosibliklar hamda takror ishlab chiqarish
elementlari va omillari holatining birlamchi, muhim xususiyatlarini tavsiflash;
iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarni to’liq va keng qamrovli ifodalash;
iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarga xavf soluvchi tahdidlarni to’liq
va har
tomonlama hisobga olish;
iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasini ifodalovchi indikatorlardan
hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiyoti holatini
aniq baholashda va boshqa
mamlakatlar bilan qiyoslashda foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
Ushbu indikatorlarning mamlakat hisob, statistika
va prognozlashtirish
tizimi bilan muvofiq kelishi lozim.