Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi:
Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealarni rivojlanishini, o`zgarishini ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) ta’sir etuvchi omillar bilan umumiy bog`liq holda o`rganish;
o`rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalarning faoliyatini to`liq va keng o`rgangan holda aniq va xolisona baho berish;
Ijobiy va salbiy ta’sir etgan omillarni aniqlash, raqamlarda ko`rsatish va hisoblash;
Bor bo`lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo`l-yo`riqlarini ko`rsata olish;
Ilg`or g`oya va tajribalarni o`rganilayotgan jarayonga qo`llash yo`nalishlarini belgilash.
Iqtisodiy tahlilda o`rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan murakkabga yoki aksincha o`rganiladi, hamda umumiy birligi va bir-biri bilan o`zviy boh`lanishi e’tiborga olinadi. Demak, xo`jalik faoliyatini tahlili firmalarning iqtisodiy faoliyatini ob’ektiv va sub’ektiv omillarni e’tiborga olib o`rganadi.
Fanning predmeti deyilganda, shu fan nimani o`rgatadi degan savolga javob berish orqali keltirib chiqaramiz.
Bundan tashqari korxona faoliyatiga bog`liq bo`lgan sub’ektiv omillarni ham e’tiborga olib tahlil qilish tushuniladi. Sub’ektiv omil deyilganda, - korxonalarning amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, ya’ni, mehnat, moddiy va asosiy fondlardan oqilona foydalanish hisobiga ko`proq maxsulot ishlab chiqarish va yuqori foyda olish evaziga korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o`rganadi.
Iqtisodiy manbaalardan foydalanib o`rganish deyilganda esa buxgalteriya, statistik, tezkor hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda korxona va firma faoliyati aniq raqamlar bilan o`rganiladi va umumlashtiriladi. Chunki iqtisodiy manbaalar korxonalarda sodir bo`layotgan hodisa va jarayonlarni aniq o`lchaydi, aks ettiradi va baho beradi2.
Iqtisodiy tahlil korxonalarning quyidagi faoliyatini o`rganadi:
Tahlil bilan moliya, soliq organlari va davlat banki hodimlari ham shug`ullanadi. Ular avvalo so’m bilan nazorat qilish, korxonalarning davlat byudjeti bilan bo`lgan o`zaro munosabatlariga taalluqli masalalar bilan qiziqadi.
Statistika organlari ham iqtisodiy tahlil bilan shug`ullanadi. Ular qabul qilingan hisobot materiallarini statistika usullari bilan qayta ishlab vazirliklar, boshqarmalar va korxonalarni yig`ma axborot materiallari bilan ta’minlaydi.
Korxonalarning faoliyatini tahlil qilish bevosita yuqori tashqilotlarning vazifasi ham bo`lib, ular korxonalarning hisobotini tasdiqlaydilar hamda ularning ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini baholab, tegishli qarorlar qabul qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |