Mavzu: Iqtisodiy matematik modellar tasnifi
Reja:
1. Iqtisodiy matematik model turlari. Modellashtirish jarayoni va bosqichlari
tavsifi.
2. Modellashtirish bosqichlari.
1. Iqtisodiy matematik model turlari. Modellashtirish jarayoni va
bosqichlari tavsifi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni
modellashtirish o„ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki, birinchidan, bozor
tavakkalchilik va noaniqlik elementlariga ega; ikkinchidan, resurslaming
chegaralanganligi; uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar va iste‟molchilar o„rtasida
raqobatning mavjudligi; to„rtinchidan, iqtisodiy ko„rsatkichlarni istiqboldagi
holatini oldindan ko„ra bilishning zarurligi va boshqalar. Iqtisodiy jarayonlar turli
xil bo„ladi va bir-biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi.
Kuzatilayotgan obyektlarni chuqur va har tomonlama o„rganish maqsadida
tabiatda va jamiyatda ro„y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning
uchun obyektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to„g„risida dastlabki
tushunchalar hosil bo„ladi. Bu tushunchalar oddiy so„zlashuv tilida, turli rasmlar,
sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar
model deb aytiladi.
Model so„zi lotincha modulus so„zidan olingan bo„lib, o„lchov, me‟yor degan
ma‟noni anglatadi.
Keng ma‟noda model biror obyektning yoki obyektlar tizimining
namunasidir. Model tushunchasi biologiya, tibbiyot, fizika va boshqa fanlarda ham
qo„llaniladi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni matematik modellar yordamida
kuzatish va o„rganish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.
Iqtisodiy model - iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda
modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi
muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o„rganilayotgan obyektning
hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng harakterli va
eng muhim belgilari aks ettiriladi.
Demak, modelning haqiqiyligi to„plangan ma‟lumotiar hajmiga, aniqlik
darajasiga,
tadqiqotchining
malakasiga
va
modellashtirish
jarayoniga,
aniqlanadigan masalaning harakteriga bog„liqdir.
Modellashtirish usuli istalgan tabiatli obyektlarni tekshirish uchun
qo„llanilishi mumkin bo„lganidek, o„z navbatida istalgan obyekt modellashtirish
vositasi bo„la oladi. Iqtisodiy jarayonlar va ko„rsatkichlarni modellashtirishda turli
xil usullardan foydalaniladi.
Ushbu usullar yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo„lish
mumkin: moddiy modellar va ideal modellar.
Moddiy modellar real obyektlarni tabiiy va sun‟iy materiallar yordamida aks
ettiradi: bo„r bilan doskada, qalam bilan qog„ozda formula yozish, kartondan biror
maketni tuzish, metalldan aviamodel yasash.
Ideal modellar insonning fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog„langandir.
Bunday modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi.
Moddiy modellar o„z o„rnida geometrik, fizik va belgili (simvolli)
modellardan iborat.