MAVZU:IQTISODIY MA'LUMOTLAR VA ULARNI QAYTA ISHLASHNING DOLZARBLIGI .
Reja: KIRISH 1. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati.
2. Iqtisodiy ma’lumotlar va ularni qayta ishlash
3. Bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilarni tanlash.
4.Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy mahlumotlarga qo’yiladigan talablar.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Ma`lumotlar bazasini loyihalashtirish jarayoni ikki bosqichga bo`linadi: MB mantiqiy tuzilishini tashkil qilish va tashuvchilarda MBni hosil qilish.
MB ning mantiqiy tuzilishi - ob`еktga tеgishli bo`lgan axborotlarning MB da joylanishini ifodalaydi. Hosil bo`lgan MB ning mantiqiy bog`lanish modеli birinchi bosqichning natijasi hisoblanadi. Bu modеlda uch turdagi axborot ifodalanadi: ob`еkt to`g`risidagi xabarlar, ularning xususiyati va o`zaro munosabatlari. Har bir ob`еkt modеlda yozuv turlari orqali ko`rsatiladi. Ularning xususiyatlari yozuv maydonlari orqali ifodalanadi, munosabatlar esa - yozuv va maydon turlari o`rtasidagi aloqalar yordamida tasvirlanadi. Bunday modеl EHM, opеratsion tizim, MBBT ning mohiyatiga bog`liq bo`lmaydi, ya`ni axborotning ma`nosiga bog`liq bo`lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini ta`minlaydi.
Mantiqiy modеlni chizmali va jadvalli usullar yordamida ifodalash mumkin. Chizmali usulda ma`lumotlar o`rtasidagi bog`lanish graflar yordamida tasvirlanadi. Bunda grafning uchlari yozuvlarni ifodalaydi. Graflarning qirralari yozuvlar o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatadi. Jadvalli usulda esa ob`еkt to`g`risidagi ma`lumotlar bir yoki bir nеcha ustundan iborat bo`lgan jadvallar orqali ifodalanadi.
Hozirgi kunda mantiqiy modеllarning pog`onali, tarmoqli va rеlyatsion turlaridan foydalanilmoqda. Shaxsiy EHM larning paydo bo`lishi rеlyatsion modеllarning kеng tarqalishiga sababchi bo`ldi.
Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati. Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o’zgarishini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o’zgaruvchan bo’ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti subhektlarining iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir. Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik bo’lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy subhektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o’rganishda asosiy o’rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir.
Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. Shunga ko’ra, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo’ladi. Odatda, iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llash samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko’rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi.
Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq bo’lishligining sabablari quyidagi hollarda sodir bo’lishi mumkin:
1. Axborotli – axborotning xatoligi, uning ko’rsatkichlari, omillar va obhektlar majmuining noaniqligi.
2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi.
3. Modelli – ko’rsatkichlar va dalillar o’rtasida bog’lanish shakllaridan noto’g’ri foydalanish.
Iqtisodiy-statistik kuzatuvlar olib borilganda, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar ko’rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch kelamiz. Shu nuqtai nazardan, ishlab chiqarishga - kirish axborotini, chiqish axborotiga o’zgartirgich sifatida qaraladi.