Mavzu: Investitsiyaning mohiyati
manbalari va shakllari.
Mundarija
KIRISH…………………………………………………………………3
REJA:
1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati…………….5
2.Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi………………………………………..12
3.Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli. Moliyaviy va real investitsiyalarning o’zaro bog’liqligi………………18
4.O`zbekistonda Investitsiyalarning iqtisodiy sohalar
bo`yicha taqsimlanishi…………………………………………………22
5.O`zbekistonda investitsiyalarni jalb qilish holati tahlili………..27
Xulosa va Takliflar…………………………………………………..31
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………33
KIRISH.
Ma’lumki, investitsiya jarayoni investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-ketin almashinuvini, foyda olish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun bo’ladigan ketma-ket harakatlarning majmuini anglatadi. Shu bilan birga, investitsiya jarayonining bosh nuqtasi qaerdan yoki nimadan boshlanadi? Yoki qayerdan «start» oladi? Biz, ko’pchilik iqtisodchilarning investitsiyalashning asosini jamg’armalar tashkil qiladi, degan fikriga qo’shilamiz. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, investitsiya jarayonining bosh nuqtasini jamg’arma tashkil qiladi. Bundan ko’rinadiki, investitsiya jarayonini amalga oshirish uchun jamg’armalar bo’lishi talab etiladi. Jamg’armaning mavjud emasligi investitsiyalashni yo’qqa chiqaradi va investitsiyalash to’g’risida so’z yuritishning hojati ham bo’lmaydi. Demak, investitsiya jarayonini tushunishda resurslarni jamg’arish jarayonini ham birga olib qarash uning mohiyatini yanada oydinlashtiradi. Chunki, investitsiya qilishdan oldin resurslarni jamg’arish zarur bo’ladi. Bir vaqtning o’zida, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo’jalik sub’ektning resurslarni jamg’arishi boshqalari uchun investitsiya qo’yishdan iborat bo’ladi, ya’ni Xasanning daromadi, Xusanning xarajati bo’ladi. Masalan, xo’jaliklar, ko’p hollarda, investitsiya qo’yish uchun o’z mablag’lari etmaganda qimmatli qog’ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmatli qog’ozlarni sotib oluvchilar uchun investitsiya qilishdir. Bu holat investitsiya jarayoniga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo’yish bilan bog’liq harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo’ladi.
Investitsiyalarning g’oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion1 samaraga (hodisaga) sababchi bo’ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga ko’ra, investitsiya, iste’mol va milliy daromad o’rtasida barqaror bog’liqlik mavjud – investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlang’ich daromadlarga aylanadi, bu daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va jarayon shu tarzda davom etadi (Xasanning sarf-xarajati, Xusanning daromadi bo’ladi), bu, o’z navbatida, bandlik va ishlab chiqarish hajmining o’sishini ta’minlab beradi.
Bir vaqtning o’zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini harakatga keltirib, ishlab chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda ko’proq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular yana qaytadan iste’mol qilinadi va investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda ko’proq daromadning investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini ta’minlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo’lmasligi zarur, aks holda, pulni investitsiya qilgandan ko’ra jamg’arish qulay bo’ladi.
Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator koeffitsienti ko’rsatkichi qo’llaniladi. Mazkur ko’rsatkich daromad o’sishi bilan investitsiya o’sishi o’rtasidagi bog’lanishni ifodalaydi, ya’ni investitsiya evaziga olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.
Daromad o’sishining investitsiyaga ta’sir doirasini ko’rsatish maqsadida iqtisodchilar akselerator tushunchasini kiritishgan. Akselerator2 – investitsiyalar o’sishining milliy daromadga nisbatini ifodalovchi koeffitsient bo’lib, u joriy yildagi investitsiya o’sishining o’tgan yilgi milliy daromad o’sishiga nisbati tarzida aniqlanadi. U daromadning o’sishining investitsiya o’sishiga ta’sirini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |