Mavzu: investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi



Download 0,95 Mb.
bet3/21
Sana23.05.2023
Hajmi0,95 Mb.
#942885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-мавзу-1

Qaytariladigan lizing deganda lizingga beruvchi kompaniya boshqa bir tashkilot (lizingga oluvchi)dan mulkni sotib olib, uni qaytadan lizing shartnomasi asosida shu tashkilotning o`ziga (lizingga oluvchiga) ijaraga beradi. Qaytariladigan lizing o`ziga xos lizing turi bo`lib, unda lizing mulkining sotuvchisi bir vaqtning o`zida lizingga oluvchi bo`lib hisoblanadi. Bu jarayonda lizingga beruvchi va lizingga oluvchi (sotuvchi) o`rtasida bir vaqtning o`zida ham oldi-sotdi shartnomasi, ham moliyaviy ijara shartnomalari tuziladi. Bu shartnomalar tuzilganidan so`ng mulkka egalik qilish huquqi lizingga beruvchiga o`tsada, mulk (endi lizing ob‘ekti) lizingga oluvchi ixtiyorida qoldiriladi. Shartnomaning amal qilish muddati davomida lizingga oluvchi lizingga beruvchiga har oy lizing to`lovlarini to`lab boradi.
Shartnoma muddati tugashi bilan lizing ob‘ekti yana lizingga oluvchi egaligiga o`tadi. Agar lizingga oluvchi shartnomada belgilangan shartlarga rioya qilmasa, lizingga beruvchi shartnomani bekor qilib, lizing ob‘ektini o`z egaligida saqlab qolish huquqiga ega bo`ladi. Ijaraga berilayotgan mulkka nisbatan lizing kuyidagi turlarga bo`linadi:

    • Sof lizing. Bunda ijaraga berilayotgan mulk va ularni ishlatishga sarflanadigan barcha qo`shimcha harajatlar ijarachi zimmasiga yuklatiladi.

    • To`liq lizing. Bu lizing turiga binoan ijaraga berilayotgan mashina va uskunalarga texnik xizmat ko`rsatish bilan bog`liq barcha sarf-harajatlar lizing kompaniyasi zimmasiga tushadi.

Qarzdor va qarz beruvchilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tashkil etish xususiyatlari bo`yicha lizingning:

    • mulkni ishlab chikaruvchi (tayyorlovchi) yoki egalik kiluvchi lizing beruvchi sifatida – bevosita lizing;

    • uchinchi shaxs ishtirokida amalga oshiriladigan – bilvosita turlarga ajratish mumkin.

Moliyalashtirish usuliga ko`ra:

    • bir martalik lizingni amalga oshirish – muddatli lizing;

    • lizing shartnomasi kelishuvining birinchi muddati tugaganidan keyin davom etadigan – qayta tiklanadigan (revolverli) lizing turlari mavjud.

Ko`pgina hollarda lizing bevosita emas, balki vositachi orqali amalga oshiriladi. Asosiy lizing beruvchi lizing to`lovini olish huquqi bo`yicha imtiyozga ega bo`ladi. Shartnomada, ko`pincha, agar uchinchi shaxs (vositachi) bankrotlik holatiga uchrasa, lizing to`lovi bevosita lizing beruvchiga to`lanishi kelishib olinadi. Bunday lizing turi ―sublizing‖ deb nomlanadi.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo`nalishida milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori o`sish sur‘atlarini saqlab qolish bo`yicha moliyaviy xizmatlar hajmini kengaytirish dolzarb
masalalardan biri sifatida belgilandi. Shunday ekan, moliyaviy xizmat turlaridan biri sifatida lizing xizmatini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratish, uni amalga oshirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.
O`zbekiston Respublikasida lizing munosabatlari 1996 yilda qabul qilingan Fuqarolik kodeksining 587-599-moddalari hamda 1999 yil 14 apreldagi ―Lizing to`g`risida‖gi qonun normalari bilan huquqiy tartibga solinadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deb e‘tirof etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 587-moddasida lizing shartnomasining tushunchasi berilgan bo`lib, unga ko`ra ―Lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig`iga binoan sotuvchi uchunchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to`lovlarini to`lash majburiyatini oladi‖ deb belgilangan.
Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi eng muhim hujjatlardan biri O`zbekiston Respublikasining ―Lizing to`g`risida‖gi qonuni bo`lib, u 25 moddadan iborat. Qonunda lizingga quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Lizing – moliyaviy ijaraning alohida turi bo`lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig`iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob‘ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o`n ikki oydan ortiq muddatga beradi‖. Qonunda lizing munosabatlarining ishtirokchilari (lizing sub‘ekti), ob‘ekti, shakllari, lizing shartnomasi, uning o`ziga xos xususiyatlari, shuningdek, shartnoma ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari o`z aksini topgan. Bundan tashqari, lizing ob‘ektiga nisbatan jadal amortizatsiyalashni qo`llash, ob‘ekt bilan bog`liq risk turlari, uni sug`urta qilish, garov sifatida foydalanish kabi munosabatlar ham o`z aksini topgan. Shunisi muhimki, lizing jarayonidagi eng muhim element, ya‘ni lizing
to`lovlari va uning hisoblanishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan nizolarni hal etish masalalari ham qonunda mustahkamlangan.
Barchamizga ma‘lumki, mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarining rivoji ko`p jihatdan qishloq xo`jaligiga bog`liqdir. Respublikamiz qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish masalasiga Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan alohida e‘tibor qaratilib kelinayotganligi sir emas. Bu borada quyidagi me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi:

    • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrda qabul qilingan 486-sonli ―O`zqishloqxo`jalikmashlizing‖ aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to`g`risida‖gi qarori;

    • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrda qabul qilingan 424-sonli ―Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo`jaligi texnikasi bilan ta‘minlash chora-tadbirlari to`g`risida‖gi qarori;

    • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 dekabrdagi 254-sonli ―Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo`jaligi texnikasi bilan ta‘minlash chora-tadbirlari to`g`risida‖ 2000 yil 2 noyabrdagi 424-sonli qaroriga o`zgartirishlar kiritish haqida‖gi qarori;

    • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 maydagi ―2012-2016 yillarda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to`g`risida‖gi qarori;

    • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 14 iyulda qabul qilingan ―2012-2016 yillarda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi amalga oshirilishini ta‘minlash chora-tadbirlari to`g`risida‖gi qarorlari va h.k.

Ushbu me‘yoriy hujjatlarga asosan lizing xizmati ko`rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig`i hamda yagona soliq to`lovi bo`yicha besh yilga imtiyoz berilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, lizing oluvchi qishloq xo`jaligi korxonalarining lizing to`lovlari bo`yicha qo`shilgan qiymat solig`idan, lizing shartnomasi amal qiladigan muddatga lizingga berilgan mulkka soliq to`lashdan ozod qilinganligi lizingdan foydalanayotgan barcha
ishtirokchilar faoliyatiga katta madad bo`lmoqda. Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 noyabrdagi ―O`zagrotexsanoatxolding‖ aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi PQ-2658- sonli qarorining qabul qilinishi respublikamizda qishloq xo`jaligini zamonaviy texnika bilan ta‘minlash mexanizmini amalga oshirishda muhim o`rin tutdi.
―O`zagrotexsanoatxolding‖ AJ tarkibiga qishloq xo`jaligi faoliyatini ishlab chiqarishni tashkil etishga ixtisoslashgan ―O`zagrotexmash‖ AJ, qishloq xo`jaligi texnikalarini lizingga yetkazib berishga ixtisoslashgan ―O`zagrolizing‖ AJ, qishloq xo`jalik texnikalariga servis xizmatini ko`rsatish va qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashgan xizmatlarni ko`rsatishga ixtisoslashgan ―O`zagroservis‖ AJ kabi kompaniyalar kiritilgan. Shu bilan birgalikda mazkur kompaniyalar ham o`z tarkibiga bir qator ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalarini hamda lizing kompaniyasi filiallarini qamrab olgan. Mazkur tuzilma faoliyati zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, sotish hamda qishloq xo`jaligi texnikalarini lizingga yetkazib berish va ularga servis xizmatlarini ko`rsatish tizimini boshqarish bo`yicha yagona majmuaning samarali faoliyatini ta‘minlash va qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko`rsatishga yo`naltirilgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, mamlakatimizda qishloq xo`jalini rivojlantirish, uni zamonaviy texnika bilan ta‘minlashda hududlarning o`ziga xos xususiyati ham e‘tiborga olinib, bu borada ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyalarining faoliyatiga alohida urg`u berilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi ―Toshkent viloyati qishloq xo`jaligining texnik jihozlanganligini yanada oshirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida‖gi PQ-3228-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on, Bekobod, Bo`ka, Quyi Chirchiq va Chinoz tumanlari fermer xo`jaliklari va mashina-traktor parklariga 2017-2019 yillarda lizing asosida qishloq xo`jaligi texnikasini yetkazib berishning prognoz parametrlari tasdiqlandi. Qarorga asosan, yetkazib berish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining davlat haridi va qishloq xo`jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg`armasi
mablag`lari, tijorat banklari kreditlari va qishloq xo`jaligi korxonalarining o`z mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi. Lizing shartnomasi mavjud bo`lganda va haqiqatda avans to`lovi amalga oshirilganda esa (lizing ob‘ekti qiymatining kamida
20 foizi) Jamg`arma tomonidan moliyalashtirish uchun mablag`lar ajratiladi. Yetkazib berish lizing asosida «O`zagrolizing» AJ orqali yillik 2 foizdan ko`p bo`lmagan foiz stavkasi bilan rejalashtirilgan hajmda har yili 1 dekabrga qadar amalga oshiriladi. ―O`zagrolizing‖ AJ va Toshkent viloyati lizing oluvchilari o`rtasida tuziladigan shartnomalarda Jamg`arma mablag`lari hisobiga moliyalashtirishda lizingning quyidagi muddatlari ko`zda tutiladi:

  • fermer xo`jaliklari uchun - 12 yilgacha;

  • ―Toshkent Agroservis MTP‖ MCHJ uchun – 10 yilgacha.

Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida 2018 yil 10 mayda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Qishloq xo`jaligini o`z vaqtida qishloq xo`jaligi texnikasi bilan ta‘minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to`g`risida‖gi PQ-3712-sonli Qarori qabul qilindi.



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish