Mavzu. Investitsiyalarni baholash usullari



Download 363,32 Kb.
bet6/21
Sana17.02.2023
Hajmi363,32 Kb.
#912201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-semestr. 5-mavzu INVESTITSIYALARNI BAHOLASH USULLARI

Annuitet jadvallari va koeffitsiyentlarini ishlatish
N ning bir qator qiymatlari uchun 1/(1+r)n diskontlash koeffitsiyentlari bo‘lgan jadvallardan foydalanish imkoniyati mavjud. E’tibor berish kerakki, diskontlash uchun jadvallarni ishlatish shart emas. Hisob-kitoblar yuqorida bayon qilingan tamoyillardan kelib chiqib amalga oshirilishi mumkin.
Ba’zida investitsiyalar bir xildagi bir qator har yillik pul oqimlarini (annuitet [annuity] nomi bilan mashhur) va diskontning doimiy stavkasini nazarda tutadi. Bunday holatlarda mazkur pul oqimlarining keltirilgan qiymatini osonlikcha hisoblasa bo‘ladi.
Qayd etish lozimki, barqaror pul oqimlarini (annuitetlarni) shakllantiruvchi investitsiyalar amalda juda kam uchraydi.
Qanday qilib ijobiy NPV aksiyadorlar farovonligini oshishiga olib keladi. Kimnidir oqilona fikriga qaraganda, yaxshi investitsiyalarning mohiyati aktivlarni

o‘z qiymatidan past narxda sotib olishdan iborat. Bunday harakatlar so‘zsiz kompaniya qiymatini oshiradi. “Zenitˮ pressini sotib olishga o‘xshash holatdarda investitsion imkoniyatlarni baholashda quyidagi savol tug‘iladi: “Zenit” loyihasidan kelgusida olinadigan foyda “Seagull plcˮ kompaniya uchun naqadar qimmatli? Ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak foydalar – joriy operatsiyalarga ketgan xarajatlarning potentsial iqtisodidir (birinchi yilda 4 000 f st, ikkinchi yilda 6 000 f. st.).
Bo‘lajak ustuvorliklar aktivlar qiymatidan oshib ketishini (20 000 f. st.), baholay olish uchun ularni qandaydir baholash lozim. Ustuvorliklarni oqilona baholash uchun ularni kelajakda namoyon bo‘lgan paytida diskontlashtirish va diskontlashgan qiymatlarni jamlash lozim. Shunday qilib, NPV – kompaniya aksiyadorlar uchun qiymatni oshirishga intilish sharti bilan investitsion qarorlarni qabul qilishning mutlaq ratsional metodikasidir.
Diskontlash: boshqa tomondan nazar
3.1-misolga qaytamiz. “Zenitˮ press-avtomatini yuzaki baholash asosida uni sotib olish maqsadining muvofiqligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Chunki uning qiymati (20 000 f. st.) bir yilda 29 000 f. st. miqdorda umumiy iqtisod, ya’ni 9000 f. st. foyda qilishga imkon berar edi. Biroq sinchiklab qaralganda, mazkur baho to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, chunki hech bir ratsional investor barcha funt sterlinglarning bir-biriga muqobilligini hisobga olmaydi. Biz bir yildan keyingi 1 f. st. ga nisbatan bugungi 1 f. st.ga ustuvor deb qarashimiz lozim. Bu holat besh yildan keyin inflyatsiya ta’sir qilganda ham 1 f. st.ga bo‘lgan munosabat o‘zgarmasligi lozim. Chunki bugun 1 f. st.ga ega bo‘lib, uni qarzga bergan taqdirda biz bir yildan keyin nafaqat 1 f. st.ga, balki uning foiziga ham ega bo‘lamiz.


Biror bir tovarni sotib olish Buyuk Britaniyadagi narxlarga qaraganda qimmatga tushadi. Chunki Fransiyada bu tovar 8 yevro, Buyuk Britaniyada esa 5 funt sterling turadi. Narxlar sezgirligini qiyosiy tahlil qilish uchun yevroni funt sterlingga yoki funt sterlingni yevroga aylantirish lozim bo‘ladi.
Chunki har yilgi omonatlarni jamlash va umumiy summani dastlabki xarajatlar bilan taqqoslash mantiqiy emas.

Shunday qilib, “Zenitˮ jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan turli pul oqimlarini taqqoslash uchun konvertatsiyani amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Odatda kelgusidagi pul oqimlarini ularning joriy qiymatiga keltirib, keyin ularni solishtiramiz. Ma’lumki, konvertatsiya operatsiyalari diskontlash orqali amalga oshiriladi – har bir pul oqimlarini koeffitsiyentga ko‘paytirish quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:



1
(1  r)n

Shunday qilib, NPVni ma’lum muddat doirasida to‘g‘rilangan moliyaviy daromadning indikatori sifatida qayd qilish mumkin.
NPV bo‘yicha xulosalar
NPV – bu investitsiya imkoniyatlarini baholashining mutlaq mantiqiy usuli ekanligini ko‘rdik. U mantiqiy, demak, foydalidir, chunki u quyidagi xususiyatlarga ega:

  • Bu konsepsiya aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish (kompaniyaning qiymatini oshirish) maqsadlariga bevosita bog‘liqdir.

U kapital qo‘yilmalar va foyda ko‘rish muddatini to‘liq hisobga oladi, ya’ni pulning vaqt qiymatini to‘g‘ri aks ettiradi. Boshqacha aytganda, NPV ko‘rsatkichi investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlarini inobatga oladi.

  • U qaror qabul qilish bilan bog‘liq barcha ahamiyatli, miqdoriy moliyaviy ma’lumotlarni hisobga olish imkonini beradi.

  • Ko‘rsatkich amalda qulay, ishlatish uchun oson (kutilayotgan pul oqimlarining belgilanishi sharti bilan) va qaror qabul qiluvchiga u aniq signal berishi kerak.

Shunga qaramasdan, amalda pul mablag‘larining kelgusidagi oqimlarini to‘g‘ri aniqlashda murakkablik borligi ta’kidlangan.
NPV indikatori yordamida investitsiya baholashning aniq mantig‘iga qaramasdan, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda keng qo‘llaniladigan uchta yondashuv mavjud. Ushbu uchta yondashuvni ko‘rib chiqamiz.

  • ichki daromadlilik stavkasi;

  • qoplash muddati;

  • foydaning buxgalteriya me’yori.




Download 363,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish