Birinchi bosqich – loyihaning texnik tahlili. Bu bosqichda quyidagi savolga
javob berish zarur: loyiha o‘zining boshlang‘ich smeta harajatlariga mos holda
amalga oshirilmoqdami? Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali ekspert-
injenerlarning (bu ko‘p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil
maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi texnik
hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o‘zida qamrab olishi mumkin:
zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko‘zda tutilmagan
harajatlarni va favqulotdagi zararlarni qo‘shgan holda); loyihaning qaytimi uchun
zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va boshqa harajatlar qiymati;
loyihada ishlash uchun xodimlarni o‘qitish imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish
bozorining mavjudligi.