V. “Praym – reyt” stavkasi (birinchi darajali stavka) – bu eng obro‘li qarz
oluvchilarga beriladigan kreditlarga AQSH banklari tomonidan belgilanadigan
stavkadir. U kredit qiymati-ning mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi va dastlabki ikki
stavkadan 1 – 2 foizga yuqori bo‘ladi.
G. O‘rta va katta bo‘lmagan firmalar va xususiy shaxslarga beriladigan
kreditlar stavkalari. Ular, odatda, “praym – reyt” dan ham yuqori bo‘ladi.
Hozirgi paytda eng muhim stavka LIBOR hisoblanib, yevro-valyuta bozoridagi
birinchi darajali banklar o‘rtasidagi kredit-lashda eng ko‘p qo‘llaniladigan stavkadir.
Odatda, “LIBOR stavkasi” deyilganda, funt sterling va AQSH dollaridagi depozitlar
bo‘yicha foiz stavkalari tushuniladi. Funt sterlingdagi LIBOR stavkasi har kuni
ertalab 11:00 da (London vaqti) quyidagi banklarning qat’iy stavkalarining o‘rtacha
arifmetik kattaligi sifatida hisoblanadi: Lloyds, Midlend, VOA, Barklayz, Sosete
Jeneral va Netvest. Mana shu tamoyil asosida AQSH dollaridagi LIBOR stavkasi
aniqlanadi, bunda quyidagi banklar qat’iy stavkalari ishlatiladi: Barklayz, Benk of
Tokio, Bankers Trast, Neshnl Vestminster bank.
Yevrokreditlar bo‘yicha LIBOR stavkasi, odatda, 12 ta valyuta bo‘yicha va bir
necha davrlar bo‘yicha (1 hafta, 1, 2, 3, 6, 9 oy va 1 yil) hisoblanadi.
Yevrokredit – bu suzib yuruvchi stavkada yevrovalyutalaridan birida
beriladigan o‘rta muddatli bank kreditidir. Banklar kredit bo‘yicha foiz stavkalarini
hisoblashda turli xil usullardan foydalaniladi. Misol uchun, AQShda eng ko‘p
tarqalgan usullar: yillik foiz stavkasi usuli, oddiy foiz usuli, diskont stavka usuli,
qo‘shish usuli hisoblanadi.
Yillik foiz stavkasi usuli – kredit bo‘yicha yig‘ilgan to‘lovlarni kredit
summasiga bo‘lgan nisbatini ko‘rsatadi, ya’ni daromadlilik stavkasini ifodalaydi. Bu
usul kreditning qanchalik tez qaytarilayotganligi va qarzdor kreditlash muddati
davomida haqiqatda qancha summa ishlatayotganligini ko‘zda tutadi.
Oddiy foizlar usuli ham haqiqatda ishlatgan kreditni ko‘zda tutadi. Agar
qarzdor kredit qaytarishni asta oshirsa oddiy foizlar usuli qarzdorlik qoldig‘i
pasayishini va tegishli to‘lanadigan foiz stavkalarini aniqlab beradi. Bu usulni
qo‘llashda qarzdor kredit qaytarilishi muddati yaqinlashgan sayin foiz to‘lovlarida
harajat-larni tejashga erishadi.
Diskont stavka usuli. Kreditlarning asosiy qismi kreditlash muddati davomida
qisman foiz va qisman asosiy qarzni to‘lashni ko‘zda tutadi, biroq diskontlash usuli
foizlarning avans to‘lovini ko‘zda tutadi. Bu holatda qarz oluvchi kelishilgan kredit
summasini foizlarni chegirishdan so‘ng oladi. Muddat tugashi bilan kelishilgan
asosiy qarz summasini qaytarishi lozim.
Foiz oshirish usulida kredit qaytarish badallarini qarzdorga e’lon qilinguncha
qadar foiz to‘lovlari asosiy qarz summasiga qo‘shib borilishi nazarda tutiladi. Agar
kredit va foizlar muddat oxirida bir vaqtda qaytarilgan holatdagina foiz oshirish
stavkasi oddiy foiz stavkasiga teng bo‘ladi. Har qanday boshqa holatda qarzdor
shartnomada ko‘rsatilgan stavkada emas, balki kredit bo‘yicha yuqori bo‘lgan real
stavkani to‘laydi.
Foiz stavkalarini hisoblashning boshqa usullari ham mavjud.
Kredit bo‘yicha foiz stavkasi tebranib turadi.
1. Ba’zi bir boshqa loyihalarning samaradorligi bundan baland yoki past
bo‘lishi mumkin.
2. Ba’zi bir korxonalar o‘z ishlab chiqarishini faqatgina kredit mablag‘lar
hisobiga tashkil qilmay, balki xususiy mablag‘lariga ham tayanadi. Shunda xususiy
mablag‘lari aylanmasidan kelib tushgan foyda hisobidan bank krediti foizini
to‘lashga tayyor, bo‘lgani uchun, foiz stavkasi 5 foizdan oshishi mumkin.
3. Bozor iqtisodiyoti rivojlanmagan davlatlar iqtisodiyotining xalq xo‘jaligi
juda notekis rivojlangan bo‘ladi. Shu sababli, turli sohalarning samaradorligi turlicha
bo‘ladi. Oqibatda kimdir kredit uchun 100 foiz qo‘shimcha to‘lab berishga tayyor
bo‘lsa, kimdir uchun 5 foiz ham og‘irlik qiladi. Demak, kredit foiz (qarz oluvchi
istayotgan foiz stavkasi) quyidagicha aniqlanadi.
r = ye – t – b
e – kredit hisobidan amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligi;
t – samaradorlik hisobidan to‘lanadigan soliqlar;
b – samaradorlik hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy harajatlar.
Bizning misolimizda r = 15 – 0,32 * 15 – 0,35 * 15 = 5 %
Kreditor ham xuddi shu yo‘l orqali o‘zi istagan foiz bilan kredit resurslarini
taklif etadi. Faraz qilaylik, r = 8 %, Ammo bu foiz qarz oluvchining ahvoli, kredit
muddati, tavakkalchilik darajasi kabi omillarning ta’siri natijasida o‘zgarishi
mumkin. Bundan tashqari qarz beruvchi kredit resurslarini kredit bozoridan o‘zi ham
olishi mumkin. Masalan, jamg‘arma banklardan, tijorat banki jamg‘arma bankiga 4,5
% = r daromad to‘lab berishga tayyor. Jamg‘arma banki o‘z nabatida r dan kelib
chiqqan holda omonat va depozitlar bo‘yicha foiz stavkasini r= 4 % belgilaydi.
Davlat ham r dan kelib chiqib, o‘z obligatsiyalariga foiz stavkasini belgilaydi.
Agarda foiz stavkasini r dan tushirib yuborsa, aholi davlat obligatsiyalarini sotib
olmaydi. Oshirish esa davlat uchun ortiqcha harajatdir, chunki r = r bo‘lganda aholi
asosan r ni harid qiladi. Sababi, davlat obligatsiyalari jamg‘arma banklardagi
depozitlarga nisbatan ishonchliroqdir.
Hissadorlik jamiyatlari ham o‘z aksiyalari bo‘yicha foiz stavkasini r > r kabi
belgilaydi,
chunki
korxona
aksiyalari
davlat
obligatsiyalariga
nisbatan
tavakkalchiliga yuqori hisoblanadi. Markaziy bank, o‘z navbatida, qayta
moliyalashtirish stavkasini r dan kelib chiqqan holda belgilaydi. Sababi, Markaziy
bank r va r orqali mamlakat ssuda kapitali bozoridagi ahvolni nazorat qiladi. Agar
davlat investitsion faollikni kuchaytirmoqchi bo‘lsa r tushadi va aksincha aktivlikni
kamaytirmoqchi bo‘lsa r ni oshiradi. Bulardan tashqari, qat’iy belgilangan
(fiksirlangan) va suzib yuruvchi foiz stavkalari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |