mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 Investitsiya dasturni amalga oshirish ustidan nazorat



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

 
2. Investitsiya dasturni amalga oshirish ustidan nazorat 
Monitoring,  eng  avvalo,  loyihani  moliyalashtirishga  mablag‘  berish  bitimiga 
tegishli  barcha  hujjatlarni  va  ularning  shartlari  bajarilishini,  ularning  bank-kredit 
siyosatiga,  qabul  qilingan  me’yorlar  va  tartiblarga  muvofiqligini  davriy  tekshirib 
borishni  o‘z  ichiga  oladi.  Navbatdagi  qadam  qarzdorning  moliyaviy  layoqatini 
baholash  bo‘lib,  uning  balansini,  foyda  va  zararlar  to‘g‘risidagi  hisobotini  hamda 


mijozning moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni tahlil qilish 
asosida amalga oshiriladi. 
Monitoringning  yana  bir  muhim  tomoni  kreditni  qoplashning  ikkilamchi 
manbai  uning  qaytarilishining  ta’minotini  tekshirish  hisoblanadi.  Bugungi  kunda 
respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu 
loyihalar  davlat  byudjeti  mablag‘lari,  halqaro    moliya  institutlari  kredit  liniyalari 
mablag‘lari  hisobiga,  byudjetdan  tashqari  fondlar,  banklar,  chet  ellik  va  xususiy 
investorlar  tomonidan  moliyalashtilar  ekan,    albatta,  bu  mablag‘larining  qaytarilishi 
va  ma’lum  miqdorda  ularning  foyda  bilan  ta’minlanishi  talab  etiladi.  Ushbu 
mablag‘larning  muayyan  foydasi  bilan  qaytishligini  aniqlash,  tekshirib  borish  va 
tahlil  qilib  turish  uchun  kreditorlar  tomonidan,  shuningdek  mol  etkazib  beruvchilar, 
xususan,  lizing,  sug‘urta  kompaniyalari  va  kafillik  beruvchi  tashkilotlar  tomonidan 
loiyhalarning  monitoringi  olib  boriladi.  Bugungi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasida 
ham  moliyalashtirilayotgan  barcha  loyihalar  ustidan  monitoring  olib  borishning 
umumiy  tizimi  joriy  qilingan.  Har  bir  moliyalashtiruvchi  yoki  kreditlashni  amalga 
oshiruvchi  tashkilotlar  o‘zlarining  faoliyat  turi  va  xususiyatlaridan  kelib  chiqib, 
o‘zlariga xos bo‘lgan monitoring o‘tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosida 
faoliyat yuritadilar. 
Monitoringning mazmuni “ko‘zgu” degan ma’noni anglatadi. 
Monitoringni yuritishda quyidagilar ko‘zda tutiladi: 
1.  Amalga  oshirilmoqchi  bo‘lgan  loyihada  nima  ishlab  chiqarish  ko‘zda 
tutilganligi. 
2.  Ishlab  chiqarish  jarayonini  bilishlik,  ya’ni  mahsulot  ishlab  chiqarish 
jarayonini boshidan oxirgacha kuzatib borish. 
3.  Ishlab  chiqarish  korxonasining  tashkiliy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy  va 
ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi. 
4.  Loyihani  moliyalashtirish  manbalarini  aniqlash  va  uni  moliyalashtirishni 
amalga oshirish. 
Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 


-  korxonaning    moliyaviy  –  xo‘jalik  faoliyati  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni 
yig‘ish va qayta ishlash; 
-  olingan  ma’lumotlar  asosida  korxonalarning  moliyaviy  –  xo‘jalik  holatini 
tahlil etish; 
- tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish. 
Dasturni  amalga  oshirilishi  monitoringi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Maxkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1 - sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston 
Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan 
davlat  monitoringi  to‘g‘risidagi  Nizomga    va  Vazirlar  Maxkamasining  2005  yil  15 
noyabrdagi  251  –  sonli  “Investitsiya  loyixalarini  tasdiqlash  va  amalga  oshirish 
monitoringi  mexanizmlarini  takomillashtirish,  muruvvat  yordamida  yuklarini  va 
texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora – tadbirlari 
to‘g‘risida” gi Qaroriga  muvofiq amalga oshiriladi. 
Dasturning davlat monitoringi: 

investitsiya 
loyihalarni 
va 
birinchi 
navbatda, 
markazlashtirilgan 
investitsiyalardan  foydalangan  holda  ro‘yobga  chiqarilayotgan  investitsiya 
loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash; 
-  loyihalarni  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  parametrlarga  (texnik-iqtisodiy 
asoslar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya 
qilish; 
- amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha axborot  bazasini shakllantirish; 
-  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  paydo  bo‘ladigan  muammoli 
masalalarni kuzatib borish; 
-  investitsiya  iqlimini  takomillashtirish  yuzasidan  takliflar  ishlab  chiqish  
maqsadida amalga oshiriladi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish