Turli usullar yordamida hisoblangan lizing to‘lovlari miqdorining
taqqoslama tahlili, ming so‘m.
To‘lovlar tartib
raqami
Lizing to‘lovlari hisoblangan usullar
Tashkil etuvchilar
PMO
Koeffitsiyentlar
1
12851,282
38217,84
13187,86
2
12851,282
37822,54
13187,86
3
12851,282
37428,20
13187,86
4
12851,282
37033,12
13187,86
5
12851,282
1237,82
13187,86
6
12851,282
990,02
13187,86
7
12851,282
742,22
13187,86
8
12851,282
495,60
13187,86
9
12851,282
247,80
13187,86
10
12851,282
-
13187,86
11
12851,282
-
13187,86
12
12851,282
-
13187,86
Jami
154215,38
154215,38
154245,32
PMO va tashkil etuvchilar usuli to‘lovni amalga oshirish vaqtiga qaramasdan
o‘z mohiyatini o‘zgartirmaydi. Bulardan farqli ravishda koeffitsiyentlar usuli agarda
to‘lov lizing muddatining oxirida emas, aksincha boshida (prenumerando annuiteti)
amalga oshirilsa, formulaga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritilishi talab etiladi.
Tashkil etuvchilar va koeffitsiyentlar usuli lizingga oluvchining zimmasiga
bo‘lgan to‘lov og‘irligini lizing shartnomasining butun muddati davomida teng
taqsimlanishini ko‘rsatib berdi. PMO usulida esa asosiy og‘irlik lizing muddatining
dastlabki oylariga to‘g‘ri keladi.
Lizing to‘lovlarini hisoblashning ushbu sxemasi ko‘p yillik ish faoliyatiga ega
bo‘lgan, barqaror korxonalar tomonidan qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Chunki bunday korxonalarning pul mablag‘lari oqimi asosan boshqa manbalardan
akkumulyatsiyalanadi (jamlanadi) hamda ushbu oqimning asosiy bo‘lmagan qismini
tashkil etadi. Ushbu usulni teskari holatda, ya’ni pul mablag‘lari oqimi to‘liq
shakllantirilmagan yoki lizing ob’ekti pul mablag‘lari oqimining katta qismini
ta’minlagan korxonalarda qo‘llanilsa mijozning to‘lovga qobiliyatsizligi xavfi paydo
bo‘ladi. Qo‘yidagi keltirilgan 15.2-jadvalda har bir metodning afzalliklari va
kamchiliklari hamda dastlabki belgilari ifodalangan bo‘lib, ular orkali lizingga
oluvchilar o‘z faoliyatlarida to‘lovlarni qaysi usullar yordamida hisoblashlarini
aniqlab olishlari mumkin.
Respublikamizda lizing to‘lovlarini hisoblaganda bir qator o‘ziga xos
xususiyatlar e’tiborga olinadi. Lizing to‘lovlariga oid ta’rif O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 590-moddasida va “Lizing to‘g‘risida”gi
Qonunning 22-moddasida bayon qilingan. Shularga asosan, lizing to‘lovlarining
umumiy yig‘indisi lizing shartnomasiga asosan berilayotgan mulkning umumiy
bahosi yoki shunga yaqin qiymat o‘rnini to‘ldiruvchi so‘mma, lizingga beruvchining
ma’lum loyihaga asosan lizing ob’ektini harid qilish uchun foydalanilayotgan kredit
zaxiralari badaliga to‘lanadigan so‘mma va lizingga beruvchining vositachilik haqi,
lizingga beruvchining shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa sarf-harajatlari (lizing
asosida ijaraga berilayotgan mulkka texnik xizmat ko‘rsatish, xodimlarni o‘qitish
kabi harajatlar)dan iborat.
Shartnomada lizing to‘lovlari summasi, shuningdek ularni to‘lash muddatlari
aks ettiriladi. Odatda lizing to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitob qilishda umumiy to‘lov
so‘mmasi oldindan belgilangan to‘lanmalardan foydalaniladi. Bu hol lizing to‘lovi
amortizatsiya ajratmalari, olingan qarz mablag‘lari uchun to‘lanadigan foiz hamda
lizing kelishuvi jarayonida ko‘rsatiladigan xizmat haqini o‘z ichiga oladi. Ushbu
holatlar, shuningdek, lizingga oluvchining loyiha bo‘yicha sarflangan harajatlarini
hisob-kitob qilish orqali olib boriladigan lizing kompaniyasi marjasini aniqlash
chog‘ida ham e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |