“
Nomoliyaviy
bonus
”
. Loyihaga pul o‘tkazgan shaxs biror moddiy
buyumga ega bo‘ladi. Masalan, kitob chop etilishi uchun mablag‘ o‘tkazgan shaxsga
o‘sha kitob bepul taqdim etilishi mumkin.
Ushbu
faoliyatda
mablag‘
yig‘ishda
har bir kraudfanding maydonchasi
loyiha, uning muuallifi va homiylarga nisbatan o‘z talablariga ega bo‘ladi. Umuman
olganda bu talablar bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Platformalarning talabiga
ko‘ra, uning ishtirokchilari voyaga yetgan, o‘z loyihasini taqdim etishi, loyiha
qonunchilikka zid bo‘lmasligi hamda yig‘ilgan pul o‘sha loyihani amalga oshirishga
sarflanishi lozim. Muallif loyihani, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qanday naf
keltirishini bayon etadi. Asosiysi, pul qanday maqsadda yig‘ilayotganligi aniq
ko‘rsatilishi kerak. Muallif shuningdek, maqsadga erishish uchun qancha mablag‘
kerakligini ham ko‘rsatadi.
Loyihaning ishlash tartibi juda oddiy. Sayt foydalanuvchisi o‘z g‘oyasini ilgari
suradi va yozma ravishda izohlaydi, kerakli bo‘lgan mablag‘ni ko‘rsatadi va
mablag‘ni yig‘ishning eng so‘nggi muddatini belgilaydi. Ayrim hollarda
foydalanuvchi beg‘araz moliyalashtiruvchilarga turli mukofotlar taklif qilishi
mumkin, masalan o‘z logotipi tushirilgan futbolkalarni sovg‘a qilishi mumkin. Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, barcha beg‘araz yordam pullari yaxshi maqsadlarda
yig‘iladi va bepul futbolka loyihani amalga oshirish uchun pul tikkan insonlar olishi
mumkin bo‘lgan yagona narsadir. Har qanday loyiha homiysi o‘zi pul tikkan
loyihaning amalga oshirilishini kuzatishi mumkin, biroq loyiha muallifi foydasidan
foiz olishga haqli emas, ulush yoki korxonani tashkil etishdagi aksiyalarga egalik
qilish huquqiga ham ega emas.
Bu borada yig‘ilgan pullar Amazon Payments tizimi yordamida yaratilgan
maxsus hisobraqamga yo‘naltiriladi. O‘ziga ma’qul kelgan g‘oyalarga pul tikmoqchi
bo‘lgan xohlovchilar pul miqdorini o‘zlari mustaqil belgilaydilar. Oldindan
belgilangan muddat nihoyasiga yetsa mablag‘lar yig‘ilishi to‘xtatiladi. Agar
belgilangan mablag‘ to‘plangan bo‘lsa, pullar muallifning hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Agar belgilangan miqdor tegishli muddatgacha yig‘ilmagan bo‘lsa ham pul yig‘ilishi
baribir to‘xtatiladi va bekor qilinadi. Bu o‘z navbatida mualliflarni o‘z g‘oyalarini
yanada tushunarliroq va ko‘proq insonlarni jalb qilish uchun qiziqarliroq qilib taqdim
qilishga undaydi.
Kickstarter jalb qilingan mablag‘lardan 5%, Amazon Payments esa o‘z
navbatida qo‘shimcha 3—5% komission haq ushlab qolishadi
4
. Mablag‘ va
investitsiyalar jalb qilish uchun mo‘ljallangan boshqa ko‘plab forumlardan farqli
o‘laroq, Kickstarter loyiha va ishlanmalarga nisbatan mulk huquqiga da’vo
qilishmaydi, lekin sizdan olingan intellektual mulkni eksklyuziv bo‘lmagan turli
maqsadlarda foydalanishi mumkin. Shunga qaramasdan saytda amalga oshirilgan
loyihalar saqlanib qoladi va barcha uchun ochiq sanaladi. Loyihani moliyalashtirish
yakunlangandan keyin ham saytga yuklangan ma’lumotlar tahrir qilinishi yoki
o‘chirilishi mumkin emas. Kickstarter ishtirokchilari saytni o‘z mahsulotlarini sotish
va sinab ko‘rish uchun maydon sifatida foydalanishlari mumkin. Hozirda Kickstarter
tizimidan faqat AQSH fuqarolari foydalanishlari mumkin. Biroq shunga o‘xshash
tizimni bizning mamlakatimizda ham yaratishda aytarlik cheklanishlar yo‘q.
Aslida kraudfanding O‘zbekiston uchun ham begona emas, amalda bu usuldan
foydalanish holatlari mavjud. Masalan, biror bir kishining sog‘ligi yomonlashganda
operatsiya yoki davolanish uchun zarur bo‘lgan pulni to‘plash kerak bo‘lsa internet
ijtimoiy tarmoqlarida va turli saytlarda yordam so‘rab plastik karta raqamlarini
4
Ўша ерда
qoldirgan holda murojaat etish holatlari mavjud. Bu ham kraudfandingning bir
ko‘rinishi.
Biroq kraudfandingni iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va yangilik
kiritish bo‘yicha qilinadigan loyihalardagi g‘oyalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish
juda muhim sanaladi. Shunday g‘oyalar borki, ular mavsumiy yoki bir martalik
harakterga ega, yaratuvchisiga moddiy manfaat olib kelmaydi, biroq jamiyatga juda
katta
foyda berishi
mumkin.
Aynan
shu loyihalarni
moliyalashtirishda
kraudfandingning o‘rni beqiyosdir. Biroq bunda loyihani amalga oshiruvchi mablag‘
kelib tushadigan tashkilot yoki insonning naqadar ishonchli va maqsadli harakat
qilishi masalasi asosiy o‘ringa ko‘tariladi. Ularning faoliyati shaffof va kuzatuvchilar
uchun ochiq bo‘lishi lozim. Shundagina kraudfandingdan samara yuqori bo‘ladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni tatbiq etishning
tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirish maqsadida bir qator qonun,
farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu jumladan, 2006 yil 7 avgustda PQ–436 sonli
“Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli
“Innovatsion loyihalar va texnolgiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni
rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil
30 noyabrdagi PQ-3416-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
qarori,
2018 yil 7 maydagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. Ushbu qarorlar asosida
Respublika innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalar yarmarkasi amalga
oshirilmoqda. Bu yarmarka Iqtisodiyot Vazirligi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan
va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo‘mitasi, investitsiyalar va
savdo Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi
tomonidan tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |