World Wide Web (Jaxon axborot tarmog’i) WWW
Bunda siz Amerika matematika jamiyati xost kompyuteri bilan ulanasiz. Shunday qilib, Telnet ikki kompyuterni bir-biri bilan bog’lab, ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Telnet orqali xost kompyuter bilan bog’lanilganda, undagi dasturlar avtomatik ravishda ishga tushib ketishi va xost kompyuterda mavjud turli ma’lumotlar tezgina olinishi mumkin. Telnet dasturi emulyatsiya qiluvchi dasturdir, ya’ni agar siz klaviaturadan uzoqdagi kompyuterga jo’natilayotgan buyruqlarni tera boshlasangiz, siz bu buyruqlar bajarilishini natijasini o’z monitor ekraningizda ko’rib, go’yoki o’z kompyuteringizda ishlayotgandek his qilasiz. Shuning uchun ham kompyuterda ishlash terminal emulyatsiya qilish deb ataladi.
Qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatimizda telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat siyosatini yurgizuvchi, telekommunikatsiya xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantiruvchi, telekommunikatsiya xizmatlari va tarmoqlarni rivojlantirishda davlat idoralari, operator va provayderlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, telekommunikatsiyaning universal xizmatlari uchun tariflarni belgilovchi, operator va provayderlarga faoliyat ko‘rsatishlari uchun teng huquqli sharoitlar yaratuvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Aytish kerakki, yuqorida aytilgan masalalar boýicha Vazirlik tomonidan muntazam ishlar amalga oshirib kelinadi. Yakuniy tahlillar, 2013 yilda xalqaro internet tarmoqlariga ulanishning umumiy tezligi 1,3 barobarga oshgani va bugungi kunda daqiqasiga 10 Gbitdan oshiq ma’lumot olish imkoni mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «O‘zbektelekom» AK mazkur tashqi internet kanallariga chiqish tezligini to‘rt martaga oshirish bo‘yicha texnik imkoniyatlarga ega.Shuni ta’kidlash joizki, 2011 yil bilan taqqoslaganda internet tarmog‘iga ulanishning texnik imkoniyati 16 barobar, 2012 yilga nisbatan 2,12 martaga oshgani ma’lum bo‘ldi.So‘nggi 3 yilda mamlakatimizda internet va ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida, «O‘zbektelekom» AK tegishli davlat organlari bilan kelishgan holda xalqaro internet kanallari uchun operator va provayderlar tomonidan to‘lanadigan ijara tariflari 2,5 barobarga kamaytirildi.Tahlillar mamlakatdagi internet provayderlari (Misol uchun: MChJ «Texnoprosistem», QK «Buzton», MChJ «DosT Link», QK «Sarkor Telecom», QK MChJ «Unitech», QK MChJ «NetCity», MChJ «Amaliy Aloqalar Biznesi», MChJ «Skyline») jismoniy shaxslar uchun internet xizmatlari tariflarini 15% dan 80% gacha arzonlashtirgan.
Misol uchun, milliy opreator «O‘zbektelekom» AK tomonidan eng kam abonent to‘lovlari asosida tashqi trafikka ulanish imkonini beruvchi tarif rejalari joriy qilingan (jismoniy shaxslar uchun tarif narxlari bugungacha o‘rtacha 47 % ga arzonlashtirilgan).«O‘zbektelekom» AK tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, operator tomonidan joriy yilda ko‘rsatilayotgan internet xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, tarif rejalarini ko‘rib chiqib, abonent to‘lovlarini kamaytirish rejalashtirilgan.Shuni qayd etish lozimki, yuqori tezlikdagi simli internet xizmatlarini ko‘rsatayotgan provayderlar amalda abonentlariga Tas-IX – Uznet tarmoqlari doirasida ma’lumotlar almashish bo‘yicha xizmatni bepul, trafik to‘lovlarisiz taqdim etmoqdalar.2013 yilda TAS-IX tarmog‘ida trafik almashish tezligi daqiqasiga 10 Gbitga yetkazildi, ya’ni 2012 yil bilan solishtirganda, tezlik 2 barobarga oshgan. Bu esa tashqi kanallarga ulanish va milliy tarmoq ichida ma’lumot almashinuvi tezligi teng ekanligini anglatadi. 2014 yilda ham mamlakatdagi provayder va operatorlar o‘rtasidagi trafik almashinuvi tezligini bir necha marotabaga oshirish maqsadida TAS-IX tarmoqlarini tubdan texnik modernizatsiya qilish ham ko‘zda tutilgan.
Xulosa
Internet xizmatlari bu mavzudan olgan xulosam internetdan qanday yaxshi yoki yomon tomonlama bu xizmatlardan togri yoldan foydalash kerak deb o`ylayman. Hozirgi kunda bu internet xizmatlaridan foydalanmagan inson qolmagan bo`lsa kerak. Chunki hozirda hamma narsalar internetga bog`liq bo`lib qoldi bozorlardan tortib toki dehqonlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga hammalari internet xizmatlaridan foydalanib kelishmoqda.Bu foydalanish davomida foydalanuvchilarga xavfsizliklariga ko`roq etibor berishlarini maslahat bergan bo`lar edim hozirda kiber jinoyatchilar juda ko’paygan va zamonaviylashgan sari kirish yo`llari ko`paygan. Shuning uchun etiborli bo`lishlarini so`rare edim.
Foydalanilgan adabyotlar
https://mitc.uz/uz/pages/internet
https://qomus.info/oz/encyclopedia/i/internet/,
https://uz.wikipedia.org/wiki/Internet.
Do'stlaringiz bilan baham: |