Mavzu: Interaktiv usullarda texnologiya darslarini tashkillashtirish



Download 28,43 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi28,43 Kb.
#743674
  1   2
Bog'liq
texnologiya.zuhra


Mavzu: Interaktiv usullarda texnologiya darslarini tashkillashtirish

Reja:
1.
2.
3.

Ta'limda axborot texnologiyalarini rivojlantirish yo'nalishlaridan biri interfaol texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Zamonaviy interaktiv texnologiyalarning ta’lim sohasiga kirib kelishi o‘qituvchilarga ta’lim mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini sifat jihatidan o‘zgartirish imkonini beradi. Ta’limdagi ushbu texnologiyalardan maqsad axborot jamiyatida intellektual imkoniyatlarni mustahkamlash va ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim sifatini oshirishdan iborat. Bizning hayotimiz bir joyda turmaydi. Biz rivojlanyapmiz, jamiyatimiz rivojlanmoqda. Bu qanday bo'lishi bizning kelajak avlodimizga bog'liq. O'quv jarayonining sifati ko'p jihatdan tanlangan o'qitish uslubiga bog'liq. Shuning uchun bolalarni o'qitishning yangi usuli kerak. Zamonaviy metodika nafaqat maktablar, balki maktabgacha ta'lim muassasalari uchun ham zarur. Zamonaviy metodologiyaning asosiy maqsadi - bolani shaxs sifatida rivojlantirish. Nisbatan yaqinda interfaol o'qitish metodikasi joriy etildi. Zamonaviy interaktiv texnologiyalarning ta'lim jarayoniga katta ta'sirini hisobga olgan holda, ko'plab o'qituvchilar ularni o'zlarining uslubiy tizimiga kiritish istagini kuchaytirmoqdalar. Bolani shunday muhit va shunday munosabatlar tizimi bilan o'rab olish kerakki, bu bolaning eng xilma-xil mustaqil faoliyatini rag'batlantiradi va unda kerakli vaqtda eng samarali shakllantirilishi mumkin bo'lgan narsani, shu jumladan asosiy qobiliyatlarni shakllantiradi. Va bunday rivojlanayotgan muhitni yaratish uchun maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim jarayoniga bolaning mustaqil faoliyatini ta'minlaydigan, interaktiv xarakterga ega bo'lgan o'yin pedagogik texnologiyalarini joriy etish kerak. “O'yinsiz to'laqonli aqliy rivojlanish bo'lmaydi va bo'lishi ham mumkin emas. O'yin - bu bolaning ruhiy olamiga hayot beruvchi g'oyalar va tushunchalar oqimi oqib o'tadigan ulkan yorqin oyna. (V.A. Suxomlinskiy). Zamonaviy ta'lim texnologiyalari har qachongidan ham ko'proq bolalarning intellektual rivojlanishiga tayanadi. O'yin orqali o'rganish ushbu kontseptsiyaga to'liq mos keladi. O'yin maktabgacha yoshdagi rivojlanish davridagi etakchi faoliyatdir. Keyingi bosqichlarda o'yin yo'qolmaydi, balki etuk bolaning, o'smirning, yoshlarning etakchi faoliyatini to'ldiradi.


Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya ta`lim berishning texnik
vositalari yoki komp`yuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek
qaralmay, balki bu ta`limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil
qilish yo`li orqali, yo`l va materiallarni tuzish hamda qo`llash, shuningdek
qo`llanilayotgan usullarni baholash orqali ta`lim jarayoni tamoyillarini
aniqlash va eng maqbul yo`llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir”.
Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim tizimi
oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirgan, bu
axborotlarni o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul
qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Bu borada kasb-hunar
ta`limida innovatsion texnologiya larning boshqarish jarayonidagi o`rni va
ahamiyati beqiyosdir.
Umumiy o`rta ta`limga oid ishlarni boshqarish quyidan yuqorigacha
oldindan rejalashtirilib, ta`limining barcha sohalaridagi ish jarayoni
bilan uyg`unlashib, barcha o`quv-tarbiya muassasalarining ish mazmuni
belgilanadi. Boshqarish jarayonida turli innovatsion usullardan keng
foydalaniladi. O`quv-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyanining to`g`ri
joriy etilishi o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi
sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabalardan ko`proq
mustaqillikni, ijodiy va irodaviy sifatlarini shakllanishini, o`tkazilgan
mashg`ulotlar esa yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o`z
munosabatlarini bildirishga imkon yaratib, ularning mustaqil
fikrlashlarini talab etadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon,
hamda o`qituvchi va talaba o`rtasidagi ijodiy faoliyatiga yangilik, o`zgartishlar
kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan
foydalaniladi, chunki ta`limda boshqaruv rolini o`qituvchi bajaradi.
Hozirgi zamon darsiga qo`yiladigan eng muhim talablardan biri har bir
darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo`lishidir, ya`ni darsdan
ko`zlangan maqsad hamda o`quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu
hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, o`tiladigan mavzu bilan
bog`lash o`kuvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarni ketma-
ketligini aniklash, darsda kerak bo`ladigan jihozlarni belgilash va
ko`rgazmali qurollar bilan boyitish, qo`shimcha axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir.
Darsga qo`yiladigan asosiy talablardan biri -ta`lim metodlari va
usullarini bir-biri bilan mustahkam bog`lab olib borish samaradorligini
oshirishdir. Darsga qo`yiladigan asosiy talablardan yana biri-barcha didaktik
vazifalar darsning o`zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar
o`quvchilarning darsda oladigan bilimlarining mantiqiy davomi bo`lishi
kerak. Dars davomida o`qituvchi o`quvchilarning jismoniy holatini,
ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O`tilgan har bir
darsning o`quvchilar bilan birga tahlil kilib borilishi ham yaxshi natija
beradi. Eng asosiysi o`quvchi dars o`tishi innovatsion usullardan foydalansa
maqsadga muvofik bo`ladi [1].
Interfaol ta`lim texnologiyalarini amalga oshirish quyidagi shakllarda
amalga oshiriladi: individual, juftlik, guruh va jamoa bilan ishlash.
O`qituvchi ta`lim jarayonida interfaol ta`lim texnologiyalari yordamida
talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, o`z-o`zini nazorat qilish va
boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning
fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash,
muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish,
o`z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish,
murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga erishish
mumkin. Eng muhimi, interfaol ta`lim texnologiyalarini qo`llash orqali
o`qituvchi o`quvchilarning ta`lim-tarbiya jarayonidagi aniq maqsadga erishish
yo`lida o`zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etadi [2].
Shuningdek, o`quvchilarni muayyan bilimlar sohasini egallashga yo`naltirish,
boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali ularning bilim va ko`nikmalarini
xolis baholash imkonini beradi. Shu bois interfaol ta`lim
texnologiyalaridan o`qitish jarayonida qo`llash natijasida [3-30]:
▪ o`quvchilarda bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishni uyg`otadi;
▪ ta`lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag`batlantiradi;
▪ har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi;
▪ o`quv materialining samarali o`zlashtirilishi uchun qulay sharoit
yaratadi;
▪ talabalarga ko`p tomonlama ta`sir ko`rsatadi;
▪ talabalarda o`rganilayotgan mavzular bo`yicha fikr hamda munosabatni
uyg`otadi;
▪ o`quvchilarda hayotiy zarur ko`nikma, malakalarni shakllantiradi;
▪ o`quvchilarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o`zgartirilishini
ta`minlaydi.
Shu o`rinda texnologiya fani o`quv mashg`ulotlarini interfaol usullardan
foydalanib o`qitish o`quvchilarning kasbiy, ijodiy qobiliyatlarining
rivojlanishiga yordam beradi.
Texnologiya darslarida “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda
o`quvchilarning diqqatini jalb etish imkoniyati bo`ladi, shu jumladan ularda
muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O`quvchilar o`z
fikrini faqat og`zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy
va tizimli fikr yuritish ko`nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar
baholanmasligi o`quvchilarda turli g`oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu
metod o`quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy xujum” ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha har qanday
mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib
borildi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash
imkoniyatiga ega bo`ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan
tavsiflanadi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan
ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko`ra eng yaxshi
takliflar generatsiyalanadi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi.
«Aqliy hujum» metodi o`qituvchi tomonidan qo`yilgan maqsadga qarab amalga
oshiriladi:
1. O`quvchilarning boshlang`ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib
qo`yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog`lash
maqsad qilib qo`yilganda - yangi mavzuga o`tish qismida amalga oshiriladi.
3. O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo`yilganda - mavzudan
so`ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
«Aqliy hujum» metodi qo`llanilganda quyidagi bosqichlar, uzviy
bog`langan holda - ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Ya`ni, «Aqliy hujum»
metodining tarkibiy tuzilmasi
✓ o`quvchilarga mavzuga oid savol tashlanadi va ularga shu savol bo`yicha o`z
javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlari so`raladi;
✓ o`quvchilar savol bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
✓ o`quvchilarning fikr-g`oyalari (audio va video ko`rnishida yozib olish,
rangli qog`ozlarga yoki doskaga ) to`planadi;
✓ fikr-g`oyalar ma`lum belgilar bo`yicha guruhlanadi;
✓ Yuqorida qo`yilgan savolga aniq va to`g`ri javob tanlab olinadi.
Mashg`ulotlar davomida o`quvchilar bilan ishlashda o`ziga xos qulaylik va
avfzalliklarga ega. Jumladan, “Aqliy hujum” metodini qo`llash jarayonida
natijalar baholanmasligi o`quvchilarning turli fikr-g`oyalarni erkin bayon
etishiga olib keladi hamda ularning barchasi ishtirok etadi. Shuningdek,
o`quvchilarning fikr va g`oyalar vizuallashtirilib, boshlang`ich bilimlarini
tekshirib ko`rish imkoniyati mavjud bo`ladi va o`quvchilarda mavzuga bo`lgan
qiziqishlarni shakllantirish uyg`otish mumkin.
“Aqliy hujum” metodini qo`llashning avfzalliklari bilan birga
kamchiliklari ham mavjud. Chunonchi, o`qituvchi tomonidan savolni to`g`ri
qo`yilmaslik holati, baholash mezonlarining yo`qligi va talabalar fikrini
yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi va boshqa sabablar
bo`lishi mumkin.
Rolli o`yinlar. O`kitishning bu usulida o`kuvchilar amaliy mashg`ulotlarni
«real xayot» holatlarini kayta jonlantiradilar. Bu ularga o`z amaliy ish
faoliyatlarida qo`llash mumkin bo`lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab
ko`rish va tekshirish imkonini beradi.
Qo`llanilishi:
- Yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko`rsatishda;
- o`quvchilarni nazariyani amaliyotda qo`llab ko`rishga o`rgatishda;
- o`quvchilar faolligini yanada oshirishda.
Afzalligi:
- «real xayot» ning qayta tiklanishi;
- o`quvchilarning mashg`ulotlarga chuqurrok jalb kilinishi;
- o`quvchilarning muammoga boshqacha yondashuvini ko`rish imkonini berish.
Texnologiya darslarida turli boshqotirmalardan foydalanish.
O`qituvchi tomonidan doskaga boshqotirma jadvali chiziladi va qatorlar
raqamlanadi. Qatordagi so`zlarni topish uchun savollar tuziladi. Javoblar
jadvalning bo`yiga va eniga ko`ra yozilishi aytiladi. Savollar bilan
o`quvchilarga murojaat qilinadi. O`quvchi javoblarni doskaga yozadi.
Dars davomida o`quvchilarga turli ko`rinishdagi boshqotirmalar
tayyorlashni vazifa qilib berish mumkin. Bu darsni ham musobaqa shaklida
tashkil qilish mumkin.
Test so`rovi usulidan foydalanish. O`qituvchi o`quvchilarga ikki xil
variantda test materiallarini tarqatadi. Bir hil variantdagi o`quvchilarni
joylashuvi va munosabatlari dars davomida e`tiborga olinadi. Testlarni
echishda o`quvchilarni nazorat qilishni ikkita a`lochi o`quvchiga topshiriladi.
O`z-o`zini nazorat qilish orqali test savollari echiladi. Yakunlangan testlarni
tekshirish uchun yig`ishtirib olinib, almashtirib tarqatiladi. Javoblar ikki
o`quvchi tomonidan o`qib beriladi. O`quvchilar esa tekshirishni amalga oshiradi.
Darsning o`z-o`zini boshqarish va natijalarini baholash qismiga 10-15 minut
vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlarda darsning boshqa bosqichlari amalga
oshiriladi. Bunda o`quvchilarni 100% baholashga erishiladi.
Debatlar usuli. O`z nuktai nazarini asoslashda sinfdagi barcha
o`kuvchilarning bahslashuvda faol ishtirok etishini ta`minlovchi ukitish
uslubidir. Bu uslubdagi foydalanish tankidiy tafakkurni rivojlantiradi.
Ukuvchi uz nuktai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani
bois o`qituvchi sinfni ikki guruhga bo`lgan holda munozarani atayin avj
oldiradi. (guruhlarga bir-biriga zid nuktai-nazarlarni aytadi, bahsli
topshiriklar beradi). Bu usul yozma holda olib borilsa, yozma debatlar bo`ladi.
Qo`llanilishi:
- bahsda o`kuvchilarning faol ishtiroki ta`minlanganda;
- muammoni hal kilishda mohirlikka o`rgatishda;
- fikrni anik va qisqa ifodalashga imkon berilganda.
Afzalligi:
- o`quvchilarni bahslashishga o`rgatadi;
- munozara madaniyatiga o`rgatadi;
- asoslab berish malakasini oshiradi.

Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan zamonaviy talablar o'qituvchilarni rivojlantiruvchi ta'limga yo'naltiradi, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida kognitiv, o'yin, qidiruv va o'zaro ta'sir elementlarini sintez qiladigan yangi texnologiyalardan foydalanish zarurligini taqozo etadi.Interfaol pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish maktabgacha yoshdagi bolalarning integrativ fazilatlarini shakllantirish, ularda zamonaviy ta’lim standartlarida belgilangan vazifalarga muvofiq atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlarning konstruktiv usullari va vositalarini o‘zlashtirishga qaratilgan.



Download 28,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish