Mavzu: intel va amd protsessorlari haqida ma`lumot mikroprotsessor



Download 46,2 Kb.
bet1/2
Sana31.08.2021
Hajmi46,2 Kb.
#161235
  1   2
Bog'liq
amd intel


MAVZU: INTEL VA AMD PROTSESSORLARI HAQIDA MA`LUMOT

Mikroprotsessor - shaxsiy kompyuterning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor kompyuterda eng asosiy vazifalarni bajaruvchi qurilma bo’lgani uchun gapni shundan boshlasak.
Mikroprotsessor nima amallar bajarishiga qisqacha to’xtalamiz:

- Doimiy xotira Vinchesterdan ma`lumotlarni o’qish, deshifrovka qilish, qayta ishlash va shu xotiraga ma`lumot yozish;


- Tashqi qurilmalar xotirasidan ma`lumot o’qish, ularga ma`lumot yozish (yoki uzatish), hamda tashqi qurilmalardan kelayotgan buyruqlarni bajarish;
- Tizimdagi barcha qurilmalar uchun boshqaruv signallarini ishlab chiqaradi va uzatadi hamda uzatish ketma-ketligini nazorat qiladi.
Shunda mikroptorsessorni quyidagi asosiy xarakteristikalari mavjud:
Taktlar chastotasi. Bu protsessorni amallarni bajarish teziligini beradi;
Shina chastotasi. Bu esa usha amalni bajarish uchun yo’llardan borib kelish tezligini beradi;
Socketi. Socket bu mikroprotsessorni ignachalarini joylashish shaklini bildiradi, bu asosan mikroprotessorni arxitekturasi va variantlariga qarab o’zgarib boradi. Ona plata tanlanvotganida socketiga alohida e`tibor berish kerak, chunki mikroprotsessor bilan ona platani socketi har xil bo’lib qolsa ignalar o’rni bir-biriga to’g’ri kelmaydi.
Tranzistorlar soni - bu mikroprotsessorda ishlatilgan tranzistorlar soni.
Razryadi. Protsessor bajaradigan amallar bu ikkilik sanoq sistemasidagi sonlarni ustida bajariladigan amaldir. Ikkilik sanoq sistemasi degani esa bu- "+”, "-", tok zaryadlarini ifodalaydi. 8 ta ketma- ketlik olinadi, masalan
" 00011010 ” yani " - - - + + - + - " bu kombinatsiya qandaydir belgini bildiradi. Shu belgilarni ko’paytirish, qo’shish, teskarisiga o’girish – yani (konyunksiya, dezyunksiya, inkor) kabi mantiqiy amallar bilan qayta ishlanadi. Razryad tushunchasi esa protsessorda bir vaqtda ana shunday qancha belgilar ustida amallar bajara olishini bildiradi. Bu amallar, belgilar siz ishlayotgan dasturga, ishlayotgan kompyuterdagi muhitga qarab har xil buyruqlarni ifodalaydi. Lekin biz Operatsion tizim ishlash razryadi bilan mikroprotsessor ishlash razryadini qo’shib yubormasligimiz kerak, biri dasturiy tomonlama ikkinchisi qurilmaviy tomonlama razryadni ifodalaydi.
KESh xotirasi – yani o’zini ichidagi alohida xotirasi. Biz bilamizki kompyuterda xotira hard disk ichida, disklarda bo’ladi, mikroprotsessorni xotirasi esa uning registorlarida bo’ladi. Registorlar zaryadlanib qolishiga qarab o’zida ma`lumot saqlash qobiliyatiga ega. Mikroprotsesorda 3 xil KESh xotira ishlatilishi mumkin, 1- pag’onada turgan KESh tezligi juda katta bo’ladi, lekin xotira xajmi kichik.
2- pag’onada turgan KEShning tezligi 1- pag’onadagi KEShdan kichik bo’lsada xotira xajmi kattaroq bo’ladi;
3- pag’onada turgan KESh tezligi eng past bo’lsada xotira xajmi katta. Lekin shu 3- pag’onadagi KESh bilan ma`lumot almashish tezligi eng past bo’lsada Operativ xotiranikidan ancha yuqori xisoblanadi.
Arxitekturasi. Bu ikkiga bo’linadi: Mikroarxitektura va Makroarxitektura. Mikroarxitektura mikroprotsessorni yuqorida aytganim amallarni bajaruvchi qurulmalari, yani signallarni qo’shuvchi, ko’paytiruvchi, teskarisiga qo’shuvchi va teskarisiga o’giruvchi qurilmalar joylashadi. Makroarxitekturada boshqa qurilmalarga boshqaruv signallarini beruvchi, yani boshqa qurilmalarni navbatma navbat ishlashi rejimini belgilab beruvchi qurilmalar joylashadi.
Yadrosi. Yadro arxitektura ichiga kiradigan qurilmalarni o’z ichiga oladi. Yadroni bo’linishi ikki xil bo’lishi mumkin: 1- xilida bitta yadro olinadi va hamma buyruqlar shu yadro barcha kelgan signallarga javob beradi. 2- xilda bitta yadroni olinadi va mantiqan ikkiga bo’linadi, kelgan signallarga shu ikkita yadro galma gal, yoki ikkiga bo’lib javob berishadi. 3- xilda ikkita yadro olinadi va har biri yaxlit yaxlitdan kelgan signallarga javob berishadi, bunda kelgan barcha signallar protsessorda ikkiga bo’linib bajarilaveriladi va bu tezlikni ancha oshiradi. 4- xilda shu ikkita yadro har biri ikkiga bo’linadi va umumiy hisoblanganda 4 ta yadro bor deb faraz qilinadi. Bu oldingi ikkitadan ham tezroq ishlaydi. Buni mikroprotsessor arxitekturasi deyiladi va SISC , RISC arxitekturalar aynan shuni o’zida aks ettiradi. Yadrolar soni esa Intel arxitekturasida : Celeron- bitta yadro, Core- Bitta yadro, Dual Core – ikki yadroli(har biri alohida bittadan ishlaydi), Dual Core Duo- ikkita yadro har biri ikkiga bo’lingan, ya`ni mantiqiy to’rt yadro. Quad Core- to’rttali yadro. Quad core Duo- to’rtta yadro har biri ikkiga bo’lingan yani mantiqiy 8 yadro va hokazo..larni bildiradi.
- Talab qiladigan tok quvvati. Shuncha qurilmalar ishlashi uchun faqat va faqat tok kerak bo’ladi . Tok quvvati WATT larda o’lchanadi,
- Hamda ishlash temperaturasi, yani bu orqali siz mikroprotsessoringiz ustiga qanday kuller qo’yishingiz kerakligini bilib olasiz.
Endi keling, bizni kompyuter oldi sottisi bilan shug’ullanadigan kompaniyalarimiz mikroprotsessorlar haqida nima deyotganliklarini bir eshitib ko’ramiz:

A- kompaniya:


Intel Celeron 430 Conroe-L (1800MHz, LGA775, L2 512Kb, 800MHz)
Модель Intel Celeron 430 Conroe-L
Частота шины 800 МГц
Частота процессора 1800 Мгц
Сокет LGA775


Download 46,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish