Mavzu: Integral sxemani o’rganish. Bosma montaj qilishni o’rganish. Operatsion kuchaytirgichni montaj qilish va ishlatish. Integral sxema



Download 23,95 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi23,95 Kb.
#570051
Bog'liq
Integral sxemalar


Mavzu: Integral sxemani o’rganish.Bosma montaj qilishni o’rganish.Operatsion kuchaytirgichni montaj qilish va ishlatish.

Integral sxema (IS, integral mikrosxema) — juda ixcham (mikrominiatyur) elektron qurilma. Elementlari (diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar va b.) konstruktiv, texnologik va elektr jihatdan oʻzaro uzviy bogʻlangan (birlashtirilgan) va oʻta zich joylashtirilgan boʻladi. Uzluksiz yoki diskret (uzlukli) elektr va optik signallar tarzidagi axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun moʻljallanadi. I. s. quyidagi xillarga boʻlinadi: elementlarni birlashtirish (integratsiya) usuli boʻyicha — yaxlit (monolit) va gibrid (tarkibiy) (osma diskret elektron asboblarlan foydalanilgan) sxemalar; ishlov beriladigan signallarning xili boʻyicha — raqamli va analog sxemalar; IS dagi elementlar soni N (integratsiya darajasi) boʻyicha — kichik (N< 102) oʻrta (N = 102 — —103), katta {N= W— 104) va juda katta (N> 104) sxemalarga boʻlinadi. I. s. elektron hisoblash mashinalari, nazorat-oʻlchash apparatlari, aloqa texnikasi va b. sohalarda qoʻllaniladi.
Bosma montaj — mikroelektron qurilmalar elementlari (qismlari)ni montaj qilish usuli. Bunda elektr ulashlar elektr oʻtkazuvchi yupqa metall lentalar (simlar) orqali amalga oshiriladi( q. Bosma plata). Bosma montaj elementlari oʻzgarmas va oʻzgaruvchan qarshiliklar, kondensatorlar, induksiya gʻaltaklari, transformatorlar, tranzistor va diodlar, rele, ulagichlar va almashlab ulagichlardan iborat. Radioelektronikada va, ayniqsa, kosmik apparatlarda mikroelektron qurilmalarni mumkin qadar ixchamlashtirishning juda katta ahamiyati bor. Bu sohada 3 omil; qurilmaning oʻlchami, puxtaligi va narxi muhim rol oʻynaydi. Mikroelektron sxemada 1 sm2 sathga elementlarni oʻzaro ulovchi 14 ga yaqin sim toʻgʻri keladi. Bunga erishish uchun koʻp qavatli Bosma montaj dan foydalaniladi. Oʻtkazgichlar (simlar) bir-biriga elektron nur yordamida payvandlanadi.
Integral ko’rinishda bajarilgan operatsion kuchaytirgich (OK) – bu universal analogmikrosxemadir. U ikki kirishli differentsial kuchaytirgichda bajarilgan keng polosali o’zgarmas tok kuchaytirgichi bo’lib, chiqishida shakllanayotgan signal kirishdagi signallarning farqiga teng bo’ladi.
Uning chiqishida teskari aloqa zanjirini qo’llab kirishdagi signallar ustidan turlimatematik amallar bajarish imkoniyati borligi tufayli ҳam - operatsion kuchaytirgich nomini olgan. CHiqish zanjirini tanlashga qarab OK qo’shish, ayirish, ko’paytirish, o’rta qiymatni aniqlash, integrallash, differentsiallash, logarifmlash va boshqa amallarni bajarish uchun qo’llanilishimumkin. Amallarni bajarish aniqligi OKning kuchaytirish koeffitsienti va kirish qarshiligi qancha katta, chiqish qarshiligi esa qancha kichik bo’lsa, shuncha yuqori bo’ladi.



1-Rasm Operatsion kuchaytirgich
Integral mikrosxemalar yaratish bo’yicha dastlabki tadqiqotlar 1953 yili boshlangan bo’lsada, ularni ishlab chiqarish 1959 yildan boshlandi. 1960 yilda epitaksial - planar tranzistorlar ishlab chiqarila boshlangandan keyin elementlarining soni 100 tagacha bo’lgan IMS lar ishlab chiqarila boshladi. 1966 yildan boshlab 1 ta kristaldagi elementlar soni 1000 tagacha bo’lgan IMS lar, 10000 ta elementga ega bo’lgan katta integral sxemalar (KIS lar) yaratila boshlandi. 1975 yildan esa, elementlar soni 10000 dan ortiq bo’lgan o’ta katta integral sxemalar (O’KIS lar) ishlab chiqarila boshlandi.
Yarim o’tkazgichli IMS larda barcha elementlar va elementlarni ulash yarim o’tkazgich hajmi yoki sirtida amalga oshiriladi. Bunday IMS larda elementlar yarim o’tkazgichning 0,5-10 mkm qalinlikdagi sirtki qatlamida joylashtiriladi va elementlar maxsus izolyasiya sohalari bilan ajratiladi. Yarim o’tkazgichli IMS larda ishlatiladigan aktiv elementning turiga qarab ular 2 asosiy guruhga bo’linadi: 1. Bipolyar tranzistor asosidagi IMS lar. 2. Metall–dielektrik-yarim o’tkazgich (MDYa) tranzistor asosidagi IMS lar.

Xulosa:integral sxemalar haqida malumotlarga va uning ishlash prinsi va turlari haqida malumotlarga ega bo`ldim.
Download 23,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish