TSianid kislota (NSN).
Kimyoviy nomlari: tsianli vodorod, tsianli vodorod kislotasi; tsianid kislota.TSianid kislota rangsiz, uchuvchan, achchiq bodom hidiga ega bo’lgansuyuqlik. Qaynash harorati +25,7S, shu sababli havoda tezda bu`lanadi. Muzlashharorati — 13,4°S. Bug`ining zichligi havoga nisbatan 0,93 ni tashkil qiladi, ya`nihavodan engil. Bug`lari faollashgan ko’mir yordamida yomon shimiladi, g`ovaklimateriallarga yaxshi shimiladi. Ishlatilgan joylarida yoz vaqtida 20—30 daqiqagachasaqlanib qolishi mumkin, noturg`un zaharlovchi modda bo’lib hisoblanadi. Suvda,organik erituvchilarda, fosgenda, ipritda va boshqa zaharlovchi moddalarda yaxshieriydi.TSianid kislota kuchsiz kislota bo’lib hisoblanadi, chunki u tuzlar tarkibidaneng kuchsiz bo’lgan kislotalar yordamida siqib chiqariladi va tuzlari havodaoksidlanib zaharsiz karbonatlarga aylanadi.
TSianid kislota tuzlari germetik idishlarda saqlanadi.TSianid kislota ishqorlar bilan reaktsiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Bular kristall modda bo’lib, kuchli zaharlovchi xossaga ega.TSianid kislota aldegidlar va ketonlar bilan oson birikadi va kam zaharli oksinitril (tsiangidrinlar) ni hosil qiladi; Ma`lumki, to’qimalarning nafas olishi, ya`ni uglevodlar, oqsillar va yog`larning fermentativ oksidlanishi faol guruh hisoblangan NADF (nikotinamidadenidinnukleotid) va NADF (nikotinamidadeninnukleotid -fosfat) degidrogenazalar fermenti ta`sirida oksidlanuvchi substratlardan vodorod ajralib chiqishi yo’li bilan boradi. Ajralib chiqqan elektronlar flavin fermentlarining faol koferment guruhlari bo’lgan FMN (flavinmononukleotid) va FAD (flavinadenindinukleotid) lar orqali o’tadi. So’ng elektronlar tsitoxromlar tarmog`i—tsitoxromlar b1;, s, c1 va a3 largauzatiladi.
TSitoxrom a3— tsitoxromoksidaza deb ataladi,u to’zilishi jihatidan murakkabbo’lib, gemoglobinga o’xshaydi, tarkibi oqsil qismdan va gemin guruhidan iboratbo’ladi.Ularning tarkibiga temir moddasi ham kiradi. Elektronlarning bir tsitoxromdanikkinchi tsitoxromga ketma-ket o’tkazilishi tufayli tsitoxrom tarkibidagi temiroksidlangan va tiklangan holatga o’tib turadi. TSitoxromoksidaza qondanto’qimalarga keltirilgan kislorodni faollashtirish xususiyatiga ega: u temirning bittaelektronini kislorodga o’tkazib, temirni uch valentli holatga keltiradi- Natijadakislorodning faolligi ortadi va flavi fermentlaridan o’tgan vodorod bilan birikadi,keyinchalik esa ATF da to’planadigan energiya va suv hosilbo’ladi.TSitoxromoksidaza (tsitoxrom a3 ) ning qaytarilgan shakli molekulyarkislorod bilan to’g`ridan-to’g`ri elektronlarni berib, shu yo’l bilan kislorodning suvgaqaytarilishi uchun shart-sharoit yaratadi. SHunday qilib, tsitoxromoksidazatsitoxromlardan havo kislorodiga elektronlar o’tkazishga yordam beradigan zaruroxirgi halqa tariqasida juda muhim o’rin tutadi.TSian guruhi tsitoxromoksidaza (tsitoxrom a3) tarkibidagi oksidlangan uchvalentli temir bilan juda oson birikadi. Natijada kislorodning faollanishi yo’qoladi,to’qimalarda nafas olish susayadi, to’qimalar gipoksiyasi paydo bo’ladi.To’qimalar gipoksiyasining o’ziga xos belgilari: venoz qonning arteriya qonsingari oksigemoglobinga boy bo’lishi, teri, og`iz shilliq pardalari va ichki a`zolarnipushti yoki qirmizi tusga kirishidir.Kishi tanasiga tushgan tsianidlar glyukoza va oltingugurt saqlaydigan birikmalar bilan reaktsiyaga kirishib, oksidlanish natijasida qisman parchalanadi.SHuning uchun oz miqdorda zaharlanishga sababchi bo’lmaydi, engil zaharlanishbelgilari tezda o’tib ketadi.
TSianid birikmalaridan zaharlanganda birinchi navbatda markaziy nervtizimining shikastlanish alomatlari yuzaga keladi. hatto kichik miqdorda kliniksimptomlar kuzatilmaganda ham shartli reflekslarning izdan chiqishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |