I. Asosiy qism
I.1. Toksikologik moddalar haqida umumiy malumot.
Toksik ko’rinishlarni yuzaga chiqishi zaharli moddalarning toksiklikretseptorlariga yuqori kontsentratsiyaga etib borishi va uning tezligiga og`liqbo’ladi. Ushbu holda jabrlangan organizm detoksikatsiyaning barcha yo’llari vausullarini ishga soladi.
Zaharli moddaning organizm bilan munosabati toksik agentningxususiyatlariga, aniq toksik muhitga va jabrlanuvchiga bog`liq bo’ladi.Bu holatda jabrlanuvchining ichki omillari va kimyoviy travmaning shakllanishreaktsiyasiga ta`sir ko’rsatadigan tashqi omillarni alohida takidlash kerak.
Zaharlanishning rivojlanishi aniqlovchi omillar tasnifi.Zaharlanishning ko’rinishlariga ta`sir qiladigan asosiy (ichki) va qo’shimcha(tashqi) omillar faqat shartli ravishda bo’lib, qo’shimcha omillar zaharning fizikkimyoviyva toksiklik darashalariga ahamiyatli bo’lmasada, kasallikning kechishigava klinik ko’rinishlariga ma`lum darajada ta`sir ko’rsatadi.Klinik amaliyotda keng ishlatiladigan, misol uchun rengenologiyadaqo’llaniladigan bariy sulfat to’zi umuman zaharsiz. Lekin boshqa barcha suvdaeriydigan bariy tuzlari o’ta zaharli xisoblanadi.
1. Zaharga tegishli bo’lgan asosiy omillar:
A. Fizik-kimyoviy xususiyatlar
B. Biomuhitdagi toksik miqdor va kontsentratsiya
V. Toksiklik retseptorlari bilan aloqaning harakteri
G. Biomuhitda tarqalishning o’ziga xosligi
D. Kimyoviy tozaligi va aralashmalar darajasi
E. Saqlash sharoitidagi donmiylik va o’zgarishi xususiyatlari.
2. Aniq toksik sharoitga tegishli bo’lgan qo’shimcha omillar.
A. Organizmga tushish usuli, turi va tezligi
B. Zaharlarga o’rganib qolish va kumulyatsiya (yig`ilishi)ehtimoli
V. Boshqa zaharli moddalar va dorilar bilan birgalikdagi ta`siri
3. Jabrlanuvchi tegishli bo’lgan asosiy omillar.
A. Tana vazni, ovqatlanish va jismoniy faolligi
B. Jinsi
V. YOshi
G. SHaxsiy sezgirligi va irsiyot
D. Bioritm iva kun soatlari
E. Allergiya va toksikologiyaga moyilligi
J. Zaharlanishdan oldingi vaqtdagi umumiy sog`ligi
4. Jabrlanuvchiga ta`sir ko’rsatadigan qo’shimcha omillari
A. Atrof-muhit temperaturasi va namligi
B. Barometrik bosim
V. SHovqin va vibratsiya
G. Nur energiyasi, ultrabinafsha radiattsiya, ionlovchi nurlanish.
Organik moddalarga galogen yoki boshqa faol guruhlar qo’shilganda nitronitrozoalminoguruh)ularning zaharlilik darajasi oshadi.Noorganik moddalarning zaharlilik darajasi kimyoviy faolligi va ionlar hosilbo’lish darajasiga qarab ortadi.SHuningdek muddatiga qarab ko’pchilik preparatlarning zaharlilik darajasioshadi (fosfoorganik moddalar) yoki kamayadi (kuchli kislota va ishqorlar).Atrof-muhitning kimyoviy moddalariga o’rganib qolishning 3 asosiy nazariyasialohida ahamiyatga ega:
1. Birinchi metabolik nazariyaga ko’ra organizmga uzoq vaqt ta`sirko’rsatadigan moddalar to’qimadagi almashinuv jarayonining doimiy qatnashchisiga aylanib qoladi va begonalik xususiyatini yo’qotadi.
2. Organizmda maxsus fermentlarning sintezi tufayli tezda parchalanib ketadi.
3. Immunologik nazariyaga ko’ra organizmda turli begona moddalarga (shu jumladan oqsil tabiatli bo’lmaganga ham) antitanalar hosil bo’ladi. Adantatsiya va sensibilizatsiya davrlari qondagi antitanalarning hosil bo’lishi va miqdorining o’zgarishiga bog`liq bo’ladi. O’tkir zaharlanish va toksik moddalarning xillari Xalq xo’jaligida va uy sharoitida bilogik ta`mirlari har-xil bo’lgan turli kimyoviy moddalar qo’llaniladi. Ushbu toksik moddalar ikki asosiy guruhga tasniflanadi:
1. Uslubiy – barcha kimyoviy moddalar uchun umumiy bo’lgan uslubga asoslangan.
2. Maxsus – alohida fizik-kimyoviy va boshqa belgili moddaga talluqli bo’lgan zaharli moddalar uchun. Toksik moddalarning amaliy qo’llanishini yoritadigan quyidagi tasnif toksikologiyada keng ishlatiladi:
1. Sanoat zaharlari: organik moddalar ishlab chiqarilishida qo’llaniladigan erituvchilar (dixloretan), yonilg`ilar (metan, propan, butan), bo’yoqlar (anilin), xladogentlar (freon), kimyoviy reagentlar (metil spirti), plastiqatorlar va boshqalar).
2. Qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi ishlataladigan zaharli kimyoviy moddalar: xlororganik pestitsidlar (geksaxloran, polixlorpinen), fosfoorganik insektitsidlar (karbofos, xlorofos, fosfolid, trixlormotafos-3, metilmerkaptofos), simobli organik moddalar (granozan), karbolin kislotasi hosilalari (sevin). Zaharli kimyoviy moddalar (pestitsidlar) ishlatilishiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1. Insektitsidlar – xasharotlarni yo’qotuvchilar
2. Akaratsidlar – kanalarni o’ldiruvchilar
3. Zootsidlar – kemiruvchilarni o’ldiradigan vositalar
4. Fungitsidlar - zamburug`larni yo’qotuvchilar
5. Bakteretsidlar – bakteriyalarni o’ldiradigan vositalar
6. Gerbitsidlar - o’simliklarni yo’qotuvchi kimyoviy moddalar.
Gerbitsidlarga shuningdek defoliantlar (o’simlik barglarini tushiradigan moddalar) va dessikantlar (o’simliklarni quritadigan), repillentlar – hasharotlarni cho’chitadigan moddalar ham kiradi.
3. Dori vositalari.
4. Maishiy kimyoviy vositalar: oziqalarga qo’shimchalar (sirka kislotasi),
shaxsiy gigiena, sanitariya va kosmetik vositalar, kiyimlar, mebel va avtomobillarga ishlab beruvchi vositalar.
5. O’simlik va hayvonlarning biologik zaharlari: o’simlik va zamburug` zaharlari (aqonit, tsikuta), hayvon va hasharot zaharlari (ilon, asalari, chayon).
6. Harbiy zaharlovchi moddalar (HZM) (zarin, iprit, fosgen, harbiy kimyoviy sintetik zaharlar). Kimyoviy tasnif barcha kimyoviy moddalarni organik, noorganik zaharli moddalarga bo’ladi. Toksikologik tasnif kimyoviy moddalarni organizmga ta`siriga ko’ra guruhlarga bo’lib o’rganishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |