Mavzu: Inson huquqlarini himoya qilishda xalqaro tashkilotlarning roli
Atamalar
Agressiya (lot. aggressio – hujum) – umume‘tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalariga binoan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1974-yil 14dekabrda qabul qilingan “Agressiya tushunchasi” to‘g‘risidagi rezolyutsiyasining 1-moddasida belgilangan xatti-harakatlar agressiya hisoblanadi.
Aparteid – insoniyatga qarshi yo‘naltirilgan xalqaro jinoyat bo‘lib davlat aholising irqiy belgilari bo‘yicha ajratishga yo‘naltirilgan irqiy siyosat.
Biotsid (hayotdan mahrum etish) – insoniyatga qarshi qaratilgan xalqaro jinoyat. Barcha tirik jonzotlarga qarshi qaratilgan, harbiy nizoda dushman ustidan g‘alaba qozonish maqsadida qasddan ommaviy qirg‘in qurollarini ishlatishni bildiradi.
BMT Xavfsizlik Kengashi – BMTning eng muhim organi bo‘lib, 15 a’zodan iborat, uning eng asosiy vazifasi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlashi lozim. Ushbu a’zolarning beshtasi (AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy) doimiy, qolgan o‘ntasi nodoimiy bo‘lib, ular Nizomda asosan ikki yillik muddatga saylandilar.
Genotsid – xalqaro jinoyat bo‘lib, biror-bir milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni qirib tashlash, Shu guruh a‘zolarini o‘ldirish, ularga og‘ir tan jarohati yetkazish yoki butunlay qirib tashlash.
Diskriminatsiya – odatda, davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari (boshqa davlatlar yuridik yoki jismoniy shaxslarga nisbatan) kamsitilishni anglatadigan umumhuquqiy atama.
Ekosid (yun. oicos – uy, lot. caedo - o‘ldiraman) – genotsidning bir turi bo‘lib, o‘simlik yoki hayvonot dunyosi obyektlarini ommaviy qirg‘in qilish, atmosfera havosi yoki suvni zaxarlash. Shuningdek ekologik halokatga sabab bo‘luvchi boshqa (jinoiy) harakatlar.
Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa byurosi (OLAF) – Yevropa Ittifoqi siyosati va dasturini amalga oshirishda firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa Komissiyasi qoshida tashkil qilingan. Byuro mustaqil tashkilot bo‘lib milliy agetntliklar bilan birgalikda firibgarlik va poraxo‘rlikka qarshi kurashadi.
Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlar bilan muloqot qilish bo‘yicha BMTning Kongressi – 1950-yil 1-yanvarda Birlashgan Millatlarning Bosh Assambleyasi tomonidan 415/Y Rezolyutsiyasiga asosan tashkil qilingan va har besh yilda bir marta yig‘ilishlari lozim. Kongress o‘z vakolati doirasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha davlatlararo hamkorlikni amalga oshiradi, huquqbuzarlar bilan muloqot qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik va o‘zaro tajriba almashishni muvofiqlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |