Informatika kompyuter texnikasiniqollashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to'plcLsh, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'uttanuvchifandir.
Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir.
Demak, informatika uchun asosiy ashyo — axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Informatikani sizga tanish bo'lgan quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:
Axborot va bilish haqida
IX—X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich — aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o'zaro bog'liq bo'lib, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta'kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy «Ilm va san'atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilish-ga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta'kidlaydi.
Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanish talabi» paydo bo'lib, unga ko'ra odam ovqatlanadi. Shundan so'nggi talablar «tashqi talablar» bo'lib, ular bevosita tashqi ta'sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» 5 turlidir: teri—badan sezgisi; ta'm bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko'rish sezgisi.
Axborot tushunchasi
Axborotning o'zi nima? Uning ilmiy ta'rifi mavjudmi? Axborot o'z mazmuni va shakliga ko'ra moddiymi? - Insoniyat paydo bo'lgandan buyon axborot bilan bevosita ish ko'radi. Shunga qaramasdan, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta'rif berilgani yo'q va berish mumkin emas.
Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha tavsiflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot — texnika va texnologiyalar, ularni ishlash tartiblari bo'lsa, tibbiyot xodimlari uchun - bemorning kasallik tashxisi, dori-darmonlar va boshqa ma'lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o'z sohalari bilan bog'liq ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |