Mavzu: Inflyatsiya va aksilinflyatsiya ( Rivojlanayotgangan davlatlar misolida)
203-guruh iqtisodiyot yo`nalishi talabasi Solayev Dilshod
Biz juda ko`p marta televizor yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakatlarning inflyatsiya darajasi haqida eshitganmiz. infilyatsiya o`zi nima? Inflyatsiya deyilganda mahsulotlarning yoki xizmatlarning narxlarini oshib borishi tushiniladi. Qisqa yoki mavsumiy narx navoning oshishi esa inflyatsiya hisoblanmaydi. Masalan qishloq xo`jaligida foydalanadigan mineral o`g`itlarni aytadigan bo`lsak, ular qish mavsumidan keyin narxlarning oshishi kuzatiladi. 1 qop ,,karbamid” mineral o`g`itining narxi qishda 130-140 ming so`m atrofida sotilsa bahorga kelib paxta, poliz ekinlariga yoki bug`doy uchun doriga talab oshib ketganligi uchun uning narxi 200.000 somgacha ko`tarilishi mumkin. Buni mavsumiy narx navoning o`zgarishiga misol qilish mumkin. Biz infilyatsiya ko`rsatkichini bilgan xolda yaqin orada mahsulot narxining qanchaga o`zgarishini bilib olishimiz mumkin. Masalan o`zbekistonda 2021-yilda inflyatsiya darajasi 9.98 % bo`lsa, tannarxi 1000 somlik bo`lgan mahsulot ning narxi 1099.8 so`m bo`lishi kutiladi.
Inflyatsiyaning bo`lmasligi ham zarar. Misol uchun inflyatsiya darajasi 0% bo`lgan narxlar esa ko`p yillar davomida oshmaydigan davlatni olaylik. Bunda tadbirkorlarning mahsulot ishlab chiqarib ko`proq daromad olishga ehtiyoji yo`qola boradi va odamlar biron narsa sotib olishga ham shoshilmaydi. Chunki narxlar oshmaydi. Tadbirkorlar esa ishlab chiqargan mahsulotga talab kamligi tufayli, kam daromad topa boshlashadi va yangi innovatsion texnologiyalar haqida o`ylamay qo`yishadi. Buning natijasida esa rivojlanish orqaga qarab ketadi.
Mamlakatlar iqtisodiy o`sishga erishishi uchun inflyatsiya bo`lishi lozim. Bunda narx-navoning oshishi natijasida oyliklar ham oshib turadi. Barqaror o`sish bo`lishi uchun inflyatsiya yiliga 5% dan oshmaydigan bo`lishi kerak. O`rtacha hisobda esa 10% dan oshmasligi zarur. Inflyatsiya har davlatda har xil bo`ladi. Rivojlanayotgan davlat misolida O`zbekistonni oladigan bo`lsak. Mamlakatimiz 2021-yildan targetlash tizimiga o`tgan. Bunda markaziy bank inflyatsiya bo`yicha maqsad qo`yadi. 2021-yil uchun mo‘ljallangan maqsad o‘n foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, bu ko‘rsatkichni besh foizga yetkazish rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, besh foizli inflyatsiya bu Kanada va Buyuk Britaniya kabi davlatlar darajasiga teng ko‘rsatkichdir. Inflyatsion targetlash shu narsaga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Inflyatsiya darajasining pastligi narx-navo barqarorligini bildiradi, bu esa, o‘z navbatida, aholining turmush darajasiga ham, uning mehnat faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 2022 yilda yalpi ichki mahsulotning 6,0 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab chiqarishni 7,0 foizga, xizmatlar sohasida 6,5 foizga, qishloq xo‘jaligida 3,3 foizga o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Masalan Germaniyani oladigan bo`lsak. Germaniya Federal statistika ma`lumotlariga ko`ra inflyatsiya 2022-yil sentyabr oyida sezilarli darajada oshgan va yillik inflyatsiya 10% ni tashkil qildi. Unga ko‘ra, sentabr oyida iste’mol narxlari 2021-yilning shu davriga nisbatan 10 foizga oshadi. Avgust oyida Germaniyada inflyatsiya yillik hisobda 7,9 foizga yetdi. Avgust oyi bilan solishtirganda, sentyabr oyida iste’mol narxlari 1,9 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi eng yuqori davlatlar qatorida Turkiya davlati ham bormoqda. Turkiyada inflyatsiya 2022-yil avgust oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80%dan oshdi, deya xabar berdi mamlakat Statistika instituti. “Bloomberg"ning qayd etishicha mamalakatda yuqori ko‘rsatkich (84%) oxirgi marta 1998-yil sentyabr oyida kuzatilgan.Iqtisodchilarning aksariyati avgust oyida narxlarning 81,2% darajasida oshishini bashorat qilgan edi.Biroq ,Turkiyaning eng boy shahri Istanbulda chakana narxlar bir yil ichida deyarli 100% oshdi.Jumladan, oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar narxlarining yillik o‘sishi 90,3%ni tashkil etdi.Energetika sohasida inflyatsiya 121,7%ga yetib, transport narxlari 117%ga oshdi.“Bloomberg Economics” iqtisodchisi Selva Bahar Baziqiyning so‘zlariga ko‘ra, inflyatsiya hali eng yuqori cho‘qqiga chiqmagan. Odatda deflyatsiya kuzatiladigan Deflyatsiya- bu inflyatsiya suratlarining pasayishi hisoblanadi. Bunga misol qilib yaponiyani keltirish mumkin. yaponiyada 2020-yil noyabr oyida inflyatsiya -0.49% ni tashkil qilgan . Shu bilan birga 2020-yil boshidan buyun inflyatsiya -0.98% ni, yillik hisobotda esa -0.98% ni tashkil etdi . Ammo hozirda Ukrainadagi urush ortidan bu davlatda inflyatsiya oshgan Yaponiyada inflyatsiya darajasi so`nggi 40 yil Ichida eng yuqori ko``rsatkichga yetdi. Yaponiyada asosiy iste’mol inflyatsiyasi oktabr oyida 3,6 foizga o‘sdi, bu 40 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda hukumat ma’lumotlariga tayanib, Kyodo agentligi xabar bermoqda. Narxlarning oshishi ketma-ket 1oy davom etmoqda. Bunga energiya narxining oshishi va Yaponiya milliy valyutasining rekord darajadagi past kursi sabab bo‘lmoqda. Iyena kursi 32 yillik eng past darajaga tushib ketdi.
AQSH Dollarning qimmatlashuvi. Dollar qimmatlashishining sababi milliy valyutamizning qadrsizlanishi bilan bog`liq. Dollar kursinning ko`tarilishi yoki tushishi import va eksport hajmiga bog`liq. Biz hamma ehtiyojlarimizni o`zimizda ishlab chiqargan mahsulotlar orqali qondira olmaymiz. Shuning uchun Import qilganimizda buni somda emas dollarda amalga oshiramiz. Yurtimizga dollarning kirib kelishi esa eksportga yoki chet eldagi fuqaolarimiz orqali keladi. Agar eksport hajmi import hajmidan yuqori bo`lsa somning Qadri oshishiga va dollarning kursi tushishiga olib keladi. Davlatga dollar kirishining fasllarning ham ta`siri bor. Chet elga ishlashga ketgan migrantlar qish fasliga kelib qaytib kelishadi va chet el valyutasi kkirishi ham ma`lum miqdorda kamaladi.
Tabiiy ravishda o`sayotgan inflyatsiya davlatning moliyaviy holatiga hech qanday ta`sir o`tkazmaydi. Davlat uni doim nazorat qila bilishi kerak. Agar inflyatsiya darajasi oshsa kamaytira bilishi, aksincha past bo`lganda sal ko`tara bilishi kerak.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki 10% dan baland ko`rsatkichli inflyatsiya quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Tovar va xizmatlarning narxi oshib ketadi lekin oyliklar oshmaydi. Bu esa mahsulotlarni sotib olish qobiliyatini pasaytiradi. Korxonalar esa raqobatga chidolmay yopilib ketadi. Bunga sabab esa odamlarning sotib olish qobiliyatining pastligi hisoblanadi. Korxona yopilishi esa ishsizlikni keltirib chiqaradi,. Banklardagi omonatlar o`z qiymatini yo`qotadi va banklar kredit berishni to`xtatadi. Chunki odamlar buni qaytara olmay qoladi. Inflyatsiyani kelib chiqishiga ko'ra ikki toifaga ajratish mumkin: 1.Talab inflyatsiyasi 2.taklif inflyatsiyasi
Biz talab inflyatsiyasi deganda ishlab chiqarish sohasi aholining talabini qondira olmay qoladi va taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada esa Tovar va xizmatlarga talab oshib ketadi. Taklif inflyatsiyasi esa Tovar va xizmatlar kamayib bofrishi natijasida narxning ko`tarilishi. Bunga sabab mahsulot tan narxining o`sishi bo`ladi. Taklif inflyatsiyasida talab bo`lmasa ham narxlar oshib boradi. Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o’sib borishiga qarab inflyatsiyani bir necha turlarga bo’lib qaraladi:
Sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o’rtacha yillik o’sishi 5-10% dan oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4% atrofida ham bo’lishi mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o’zgarish sezilmasligi mumkin.
SHiddatli inflyatsiya. Baholarning o’rta yillik o’sishi 10-100% (ba’zida 200% gacha) bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq uchraydi.
Giperinflyatsiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200% dan oshib ketadi. Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zgarishi bilan bog’liq. Yoozirgi davrda XVF baholar oyiga 50% dan oshgan vaqtda bu giperinflyatsiya deb qabul qilgan. Giperinflyatsiya davrida baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish haqi o’rtasidagi farq juda yuqori bo’ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi, korxonalar faoliyati yomonlashadi. Xo’jalik faoliyati, bozor faoliyatida naturallashtirish avj oladi.
Inflyatsiyaga olib keluvchi sabablar. Bu avvalambor, jamg’arma va iste’mol o’rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir.Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. ichki sabablarga pul-kredit siyosatining noto`g`ri amalga oshirilishi, monopoliyaning mavjudligi, investitsiya nomutanosibligi, davlat qarzining ortishi va hakozolarni misol bo`ladi. Tashqi sabablar esa jahon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zahiralari bilan bo’ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Aksilinflyatsiya siyosati- narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo`naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. Bu inflyatsiyani kamaytirishga qaratilgan siyosat hisoblanadi. Inflyatsiyaning dolzarbligi tufayli O`zbekistonda ham bir qator ishlar bajarilyapti va ko`zlangan maqsadlar ham mavjud. Jumladan, imtiyozli kreditlar ajratish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish asosiy vazifalardan biri etib belgilandi. Haqiqatdan ham, iqtisodiyotda narxlarning o‘sishiga ta'sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri, bu - muomaladagi ortiqcha pul massasi ekanligi iqtisodiyot nazariyasidan hammamizga ma'lum. Imtiyozli kreditlar - bu davlat byudjeti yoki Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bozor stavkasidan ancha past bo‘lgan stavkada taqdim etiladigan kreditlar hisoblanadi. Mazkur kreditlar oxir-oqibat qo‘shimcha pul massasi sifatida chiqarilib, iqtisodiyotda qo‘shimcha talabni vujudga keltiradi hamda agar ulardan samarali foydalanish ustidan qat'iy nazorat o‘rnatilmasa, iqtisodiyotda narxlarning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlashning yana muhim yo‘nalishlaridan biri, bu - ichki bozorda raqobat muhitini yanada rivojlantirish, iste'mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xomashyo resurslaridan hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |