3.Konsepsiya – bu qarashlar tizimi, umumiy fikr yoki taxminlar, biron bir narsa to’g’risida tushuncha UT aniq pedagogik fikrga kura ishlab chiqiladi, uning asosida:
(1) muallifning ma’lum bir uslubiy, falsafiy tutgan yo’li (pozitsiyasi) yotadi;
(2) pedagogik, psixologik, ijtimoiy fanlar va pedagogik amaliyot yutuqlari – konseptual asoslar yotadi. Ko’pgina chet el davlatlariga o’xshab mamlakatimiz ta’lim tizimi falsafa, psixologiya va pedagogikaning gumanistik (insonparvarlik g’oyalari) yo’nalishi prinsiplari asosida ko’rilmoqda. Pedagogikadaga bu yo’nalishning asosiy xususiyati ta’lim oluvchilarga shaxs sifatida aloxida e’tibor berish, ongli ravishda mustaqil tanqidiy fikrlashni rivojlantirish xisoblanadi, xar bir ta’lim oluvchining, ularning o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda mustaqil faol bilish faoliyatlarining aniq yo’l-yo’riqlari belgilanadi. Jaxon pedagogikasi amaliyotida bu yondoshuv ta’lim oluvchilarning tayyor bilimlarni egallashlari va ularni eslashlariga asoslangan alternativ ana’aviylik sifatida ko’riladi. Gumanistik (insonparvarlik) prinsiplar yo’nalishiga qaratilgan zamonaviy ta’lim texnologiyasi taxmin qiladi:
(1) shaxsga yo’naltirilgan ta’lim,
(2) tizimli yondoshuv,
(3) faoliyatli yondoshuv,
(4) diologli yondoshuv,
(5) hamkorlikdagi ta’limni tashkillashtirish,
(6) muammoli ta’lim,
(7) axborotlarning yangicha yo’l va vositalarini qo’llashni c – ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalarini qo’llash.
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA - barcha boshqariluvchi tashkiliy qismlar va ularning bog’liqligini taxlil qilish, tanlash, loyixalash va nazorat qilish yo’li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiya (PT) -shunday bilimlar soxasiki, ular yordamida XXI asrda davlatimizda ta’lim soxasida tub burilishlar yo’z beradi, o’qituvchi, faoliyati yangilanadi, talabayoshlarda xurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mexr-muxabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllanadi. Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson o’zviyligini anglab etadigan, avtoretar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan sabr bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini xurmatlaydigan, milliy madaniy va umuminsoniy kadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik xisoblanadi. Bu masalaning echimi qaysi darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’lik? Texnologiya tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’lik xolda fanga 1972 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan-texnos (technt)- san’at, xunar va logos (logos) - fan, ta’limot so’zlaridan tashkil topib xunar fani ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonini to’liq tavsiflab bera olmaydi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan xolda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon bu mexnat qurollari bilan mexnat ob’ektlariga bosqichma bosqich ta’sir etish natijasida maxsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir. Xozirgi kundagi pedagogik nashirlarda (texnologiya) atamasini xilma xil talqin etilishi xolatini ko’rsatishimiz mumkin: o’qitish texnologiyasi, o’quv jarayoni texnologiyasi, ma’lumot texnologiyasi, tarbiiy texnologiyasi va x.k. O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsada aynan o’xshash ma’noni anglatadi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materiallarini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir. PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va “o’qituvchi-pedagogika jarayon o’qituvchi, (talaba)”. Funksional tizim qonuniyatlarga tegishli bilimlar asosida ko’riladi. Ba’zan metodikani texnologiyadan ajrata olmaydigan, ular bir narsa deb e’tirof etadigan amaliyotchi o’qituvchilar uchrab turadi. Metodika-o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat desak, PT- o’qituvchining kasbiy faoliyatini yakunlovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolaja yig’indisidir. Ma’lum vaqt davomida PT- o’quv jarayonini texnik vositalari yordamida amalga oshirish deb qarab kelingan edi. 70-yillardan boshlab esa pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning moxiyati ancha keng talqin etila boshlanadi. Yaponiya olimi T.Sakovmoto tomonidan “o’qitish texnologiyasi-bu o’qitishning muqobulligini ta’minlovchi yo’l yuriqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar soxasi” deb izoxlanadi. Rus olimi N.F.Talizina texnologiyasi “Belgilangan o’quv maqsadga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiriladi. I.YA.Lernerning fikricha PTo’quvchilar xarakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqozo etadi. Ko’rinib turibdiki, PT belgilangan boshlang’ich maqsad va mazmun asosida o’quv jarayonini loyixalash sifatida tashkil etilgan. Bu bir jixatdan tug’ri bo’lsa, chuqurroq taxlil etilsa, bir yoqlamalik aniqlanadi yoki bunday yondashuvda o’quvchi shaxs e’tibordan chetda qolmoqda. Bu xolatni yoki kamchilikni akademik V.P.Bespalko aniqladi va PT bu o’qituvchi, maxoratiga bog’lik bo’lmagan xolda pedagogik muvofaqiyatini kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsni shakllantirish jarayonining loyixasidir deb ta’riflaydi. Bu ta’rif asosida quyidagi ilmiy tamoyillarni ko’rsatish mumkin: PT o’quvchi (talaba)larda ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyixalanadi; Loyixalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan u o’qituvchisidan katta maxorat talab etmaydi; Yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi. PT moxiyatini aniqlashga qaratilgan ta’riflarning xilma xilligi rivojlangan mamlakatlarda bu masalani u yoki bu darajada xal etilganligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan PTni amaliyotga joriy etishga bo’lgan urinishlar natijasini ifodalaydi. PT tug’risidagi tushunchalarni rivojlanish tarixi nuqtai nazardan qaralgan, PT nazariyasi va amaliyotini bir biriga bog’lik bo’lmagan xolda talqin etilganligini ko’ramiz. Natijada o’qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o’quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilg’or metodikalar texnologiya darajasiga ko’tarila olmay asta sekinlik bilan o’z mavqeini yo’qotib pedagogik
nazariyasidan uzoqlashib borgan. Masalan 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo’lgan “Dasturli ta’lim” yoki 70-80-yillardagi “shatalovchilik xarakati” kabilar. Bugungi kunda mamlakatimizdagi pedagogik soxa mutaxasislarining ilmiy saloxiyati PT moxiyatini ochib berishga yetadi. PT ni pedagogik fanning aloxida tarmog’i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo’naltirilgan ta’lim yo’nalishi deb qarash ham maqul emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |