Mavzu: Imun javobining genetik nazorati.
Reja:
Immunologiyaning rivojlanish bosqichlarini aytib bering.
Immunitetning qanday shakllari va turlarini bilasiz?
Organizm himoyasining qanday nospesifik omillarini bilasiz?
Komplement tizimini tavsiflang.
Immunologiya (immunitet va ... logiya) — tibbiy-biologik fan; organizmning genetik jihatdan unga yot boʻlgan belgilar (antigenlik xususiyati) ga ega tirik tanalar va moddalar taʼsiriga nisbatan oʻziga xos antigenlik birligini saqlashga qaratilgan reaksiyalari. Immunitetning umumbi-ologik asoslarini, uning vujudga kelishi va evolyusiyasini, toʻqimalar antigenlarining nasldannaslga oʻti-shini, antitelolar va antigenlarning kimyoviy tuzilishi hamda xossalarini, ularning oʻzaro taʼsiri g oldini olish va davolash usullarini oʻrganadi. Hujayra va molekula doirasida antitelolar hosil boʻlish mexanizmini, antigenlarning patogenetik rolini, immun sistemaning filoge-nezi va ontogenezini oʻrganish — I. ning nazariy yoʻnalishlaridir.
E. Jenner odamga sigir chechagini emlab, odamni chin chechakdan saqlash usulini ishlab chikdi (1769). L. Pas-ter tovuklarni vaboning eski kulturasi bilan immunlab, ularni yuqori virulentli mikrobga chidamli qilish mumkinligini aniqladi (1880). Bu kashfiyotlar I. ning mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos boʻldi. I. I. Mechnikov fagotsitozni kashf etdi (1887) va immunitetning hujayra (fa-gotsitar) nazariyasini ishlab chikdi. Organizmga kiritilgan mikroblarga javoban antitelolar ishlanishi nemis bakteriologi E. Bering va hamkorlari tomonidan aniqlandi (1890). Nemis olimi P. Erlix immunitetning gumoral nazariyasini ilgari surdi (1898, 1900). Organizmga begona eritrotsitlar va zardob oqsillari kiritilganda ham antitelolar hosil boʻlishini belgi-yalik olim J. Borde bilan rus olimi N. N. Chistovich anikdadi (1898—99). Bu kashfiyot odamning kon guruxlarini kashf etdi (1900) va toʻqima izoantigenlari haqidagi taʼlimotga asos soldi. I. kimyo, genetika, fiziologiya, radiobiologiya va biol. hamda tibbiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy boglangan holda tez rivojlandi. Hoz. I. ning quyidagi yoʻnalishlari bor.
Immunomorfologiya — organizm immun sistemasining anatomiyasi, gistologiyasi va sitologiyasini oʻrganadi; bunda gistologik va sitologik tekshirish, hujayrani organizmdan tashqarida oʻstirish; yorugʻlik, flu-oressent va elektron mikroskopiya, avtoradiografiya va b. usullardan foydalaniladi.
Organizm oʻz toʻqimalari uchun normal boʻlmagan komponentlar, yaʼni yot moddalarni, mas, nobud boʻlgan va aynigan hujayralar, shikastlangan molekulalar, yot hujayralar, bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar, gelmintlar, ularning zaharlari va b. ni immun reaksiyalar mexanizmlari yordamida zararsizlantiradi, ularni organizmdan chiqarib yuboradi. Immun reaksiyalarning miqdor tasnifini tartibga solib turadigan omillar, chunonchi nerv sistemasi (asosan, gepotalamus), gormonlar, ovqatlanish, organizmning holati (jumladan, charchash darajasi) va tashqi taʼsirotlarni immun reaksiyalar fiziologi yasi oʻrganadi. Hoz. faqat gipofiz va buyrak usti bezlari gormonlari immun reaktivlikni oʻzgartirib qolmay, platsenta ham ona organizmining homila antigeniga nisbatan immun reaksiyasini maʼlum darajada tor-mozlay oladigan alohida gormon chiqarishi aniqlangan.
Immunopatologiya — organizmga shikayet yetkazadigan immun reaksiyalarnigina emas, balki immun siste-masining oʻzgarishi bilan davom etadigan kasalliklarni ham oʻrganadi. Bunda immun reaksiyaning tormozlanishi va kuchaytirish metodlariga qam alohida eʼtibor beriladi.
Soʻnggi yillarda organizmning nospetsifik taʼsirlarga nisbatan biror turdagi hujayralar va mikromoleku-lalarga koʻsatadigan reaksiyasi ham oʻrganilmoqda. Bu soha noinfeksi-on I. deb ataladi. Koʻp hujayrali har bir organizmdagi oqsillar va hujayra membranalari oʻziga xos tuzilgan. Tashqaridan kiritilgan qujayra va molekulalar organizm uchun begona bulib, organizmda ularni chiqarib yuborishga qaratilgan immun reaksiyalar ruy beradi. Shuning uchun kuchirib oʻtkazilgan organ va toʻqimalarni, eng takomillashgan jarrohlik texni-kasi mavjudligiga qaramay, organizm qabul qilmaydi, chunki organ va toʻqimalar organizmga immunologik jihatdan toʻgʻri kelmaydi (toʻqimalarning bir-biriga nomutanosibligi, mos bulmasligi). Transplantatsion I. ana shu toʻsiqning kelib chiqish mexanizmlari va uni yengish masalalarini oʻrganadi. Noinfeksion I. ningusmalar I. si boʻlimi esa oʻsma antigenlarini aniqlab, xavfli oʻsmaga aylanib ketgan hujayralarni olib tashlash usullarini oʻrganadi.
Klinik I. — kasalliklarni aniqlash, ularning oldini olish va davolash maqsadida immunologik re-aksiyalardan foydalanish bilan shugʻullanadi. Hyp taʼsirida organizm immun reaktivligining buzilishini oʻrganadigan radiatsion I., qon hujayralarining antigen tarkibi, kon siste-masining immunologik zararlanish sabablari va rivojlanish mexanizmini tekshiradigan immunogematologiya ham rivojlanmoqda.
I. immunoprofilaktika, immunoterapiya va immunodiagnostika metodlarini ishlab chiqadi. Tibbiyotning gematologiya, infektologiya, akusherlik, dermatologiya va h. k. sohalari hamda biol. ning biokimyo, embriologiya, genetika va antropologiya kabi sohalarida nozik tahlil (analiz)lar oʻtkazishda antigen (mikrob, virus, yot oq-sil moddalar va b.) bilan antitelolarning uzaro taʼsiri juda spetsifik boʻlishiga asoslangan immunologik tekshirish metodlari keng qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda I. ning rivojlanishi akad. Oʻ. Oripov nomi bilan bogʻliq. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli Immunologiya i.t. instituti, 1- va 2- Toshkent tibbiyot institutlari, Samarkand tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Ftiziatriya va pulmonologiya, Onkologiya, Dermatovenerologiya i. t. institutlaridagi I. lab. larida I. ning turli sohalarida i. t. ishlari olib boriladi. Olimlardan R. M. Xayi-tov, N. H. Abdullayev, O. M. Najmiddinov, F. F. Garib, A. O. Obidov va b. ning I. sohasidagi xizmatlari salmoqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |