Qiyosiy tahlil:
I. G‟azzoliy va Forobiyning fanlar tasnifi.
G‘azzoliy talqinida ilmlar tasnifi:
Diniy ilmlar
Falsafiy ilmlar
Qalbga tegishli bo‘lgan ilmlar
Riyoziyot
Qalb holatiga ta‘luqli bo‘lgan ilmlar
Mantiq
E‘tiqodga ta‘luqli bo‘lgan ilmlar
Tabiiyot
Badan a‘zolariga ta‘luqli bo‘lgan ilmlar
Metafizika
Tahorat qilish va namoz o‘qish tadbiriga
oid ilmlar
Siyosat
Ro‘za tutish ilmi
Axloq
Zakot to‘lash ilmi
Haj qilish ilmi
Nikoh ilmi
Forobiyning asarlarida ilmlarning guruhlanishi:
Til haqidagi
ilmlar
Mantiq
Tibbiyot va
ilohiyot
Shaxsni
boshqarish
haqidagi ilmlar
Tushuncha
Arifmetika
Kalom ilmi
Siyosat
Gap
Geometriya
Tib ilmi
Qonunshunoslik
Sillogizm
Optika
Isbotlash
Planetalar
Dialektik usul
Musiqa
Sofistik
Og‘irlik haqida
Notiqlik
Mexanika
She‘riyat
Arifmetika
II. Imom G‟azzoliy va Rene Dekart
Imom G'azzoliyning jahon falsafasida tutgan o'rnini tushunib olish uchun
dunyoda dong'i ketgan musulmonmas birorta faylasuf bilan solishtirib ko'rish lozim
bo'ladi. Keling, o'sha faylasuf ularning eng kattasi, yangi falsafa otasi unvonini olgan
fransiyalik mashhur faylasuf Rene Dekart bo'lsin. Dekartni mashhur qilgan asosiy
narsa uning shak nazariyasidir. U haqiqiy ma'rifatga erishishdan oldin shak
zarurligini ta'kidlaydi. Uning bu nazariyasi Imom G'azzoliyning shaklariga juda ham
o'xshaydi. G'arbda Imom G'azzoliyni bilmaganlari uchun shak nazariyasi faqat
Dekartga tegishli degan tushuncha ila uni ko'klarga ko'tarib maqtaydilar. Sharqda
Imom G'azzoliyni bilganlari uchun buyuk faylasuf Dekartning nazariyasiga o'xshash
gapni aytgan shaxs ham borligini eslab qo'yadilar. Ba'zi birlari jur'at qilib Dekart va
Imom G'azzoliyning shaklarini solishtirib ham qo'yadilar. Ammo bu boradagi
haqiqatni hech kim bilmaydi. Ushbu haqiqat ila bu satrlarning kotibi ustoz
Muhammad Sa'id Ramazon Butiyning «Shaxsiyotun istavqafatni» nomli kitoblaridan
bildi. U kishi mazkur kitobning 99 – 100 betlarida quyidagilarni yozadilar:
«So'ngra bu masalada barcha ikkilanish va noaniqlikka chek qo'yadigan vasiqa
– hujjat yuzaga chiqdi. Uni Mahmud Biyju doktor Zaqzuqdan naql qildi. Unda
aytilishicha Tunislik tadqiqotchi Usmon al-Kaok Dekartning kutubxonasida «al-
Munqiz minaz Zolal» kitobining tarjimasini topgan. Unda Imom G'azzoliyning «Shak
yaqiyn – ishonchli ilmning birinchi pog'anasidir» degan mashhur iborasi Dekartning
e'tiborini jalb qilgani belgisi bor edi. Dekart o'sha iboraning tagiga qizil qalam bilan
chizib qo'ygan va uning to'g'risiga, hoshiyaga «Bu bizning nazariyamizga
ko'chiriladi» deb yozib qo'ygan ekan.
Ensiklopediyachi tarixiy tadqiqotchi olim Usmon al-Kaok 1975 – melodiy
sanada Jazoirning Annaba shahrida bo'lib o'tgan Islom fikrining o'ninchi
uchrashuvida ma'ruza qildi. Unda qanday qilib Dekart Imom G'azzoliyning
nazariyasini o'ziniki qilib olgani haqida batafsil to'xtalib o'tdi. Dekartning o'z qo'li
100
bilan hoshiyaga yozgan narsasini o'qiganini ham gapirib o'tdi. Men o'sha uchrashuvda
ishtirok qilgan va uning mazkur ma'ruzasini eshitgan yuzlab odamlardan biri edim».
1
1
Imom G‘azzoliy-www.islom.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |