Mavzu: Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari



Download 24,48 Kb.
bet3/5
Sana11.02.2022
Hajmi24,48 Kb.
#443620
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-MAVZU. ILMIY USLUBNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

TAQRIZ
Bugungi kunda biologiya o‘qitish metodikasining dolzarb muammolaridan biri fanni o‘qitishda axborot texnologiyalari yordamida ta’lim samaradorligini oshirish, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini Davlat ta’lim standartlarida me’yorlangan bilimlar bilan qurollantirish bilan bir qatorda, ularda o‘quv, amaliy, mehnat, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
G. Vohidovaning taqriz etilayotgan bitiruv malakaviy ishi biologiyani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish muammosini hal etishga qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishida muammoning dolzarbligi asoslangan. Fanni o‘qitishda, xususan, “Qushlar sinfi” mavzusi misolida axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari, mazkur jarayonning mazmuni, metodi va vositalari aniqlangan. Axborot texnologiyalaridan hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi bilan uyg‘unlashtirilgan holda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar yaratilgan. Olib borilgan tajriba-sinov ishlarining yakuni va xulosalari berilgan. Talaba tomonidan mavjud adabiyotlar ilmiy-metodik asosda tahlil qilingan. Bitiruv malakaviy ishidan ko‘zlangan maqsadga erishilgan. Muallifning har bir laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha tavsiya etgan ishlanmalari biologiya o‘qituvchilari uchun amaliy-metodik yordam bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, G.Vohidovaning “Qushlar sinfi” mavzusini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman va u ijobiy bahoga loyiq deb hisoblayman.
Nizomiy nomidagi TDPU Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti,
biologiya fanlari nomzodi A. Murodova
1-topshiriq. Maqolani o‘qing. Unga taqriz yozing.
Kitch
Ommaviy madaniyat” mahsulotlari “kitch” mahsulotlar deyiladi. Kitch (nemischa) “arzonlashtirish”, “arzon narsaga aylantirish”, degani. Sotsiolog German Broxning fikricha, kitch bu — “o‘xshatish, taqlid qilish tizimi”dir (1969-yil.). Olim nimani nimaga o‘xshatish haqida gapirayotir? Albatta, qalbaki narsani asl narsaga. Yomon narsani yaxshi narsaga. Xunuk narsani go‘zal narsaga. Bu — uyida qo‘lbola usulda tikkan kostumga dunyodagi mashhur firma, kompaniyaning belgilarini yopishtirib qo‘yishga o‘xshaydi. Demak, kitch — asl narsa emas, uning nusxasi, qimmat narsaning arzonlashtirilgan yasama nusxasi, ya’ni sun’iy narsa yaratish, demakdir. Bu axloqqa ham qo‘llanmoqda. Masalan, mehribon bo‘lish emas, mehribonga o‘xshab ko‘rinish, haqiqiy do‘st bo‘lish emas, haqiqiy do‘stga o‘xshash va hokazo. Natijada axloq

  • psevdoaxloq bilan almashadi. Yaxshilik o‘rnini “yaxshilik” egallaydi. Shakl mazmunni siqib chiqaradi.

Ixtiyorini “ommaviy madaniyat” olib qo‘ygan odamdan “Ro‘zi Choriyevning “Tong” asari qanday?”, deb so‘rasangiz, u “Zo‘r”, deydi. “Nimasi?”, desangiz... yelka qisib qo‘ya qoladi. Nega deganda, u kartinaga qaraydi, lekin hech narsani sezmaydi. Tuymaydi. Boshqalar nimani “zo‘r”, desa o‘shani “zo‘r”, deb yuraveradi. Shu tariqa “ommaviy madaniyat” shaxsning didini o‘ldirib, millionlab odamlarni mustaqil fikrdan, shaxsiy munosabatdan, demak, o‘zligidan, “men”idan judo qiladi.
Ommaviy madaniyat” bozoridagi tovarlar oddiy va “ko‘cha odami”ga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham “ommaviy madaniyat”ning “eng qiziqarli” va hammaga tushunarli mavzulari — sevgi, jinoyatchilik va xo‘rlash, sarguzasht, qo‘rqinch. Mavzular ekspluatatsiyasidan uning egalari katta daromadlar olmoqdalar.
Asta-sekin odamlar ularga ko‘ngilochar sujetlar, deb emas, balki ishonib qaray boshladilar. Endi ular o‘sha ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarda berilgan maslahat, tavsiyalarga tayanib yashay boshlaydilar, chunki o‘qishga, o‘ylashga vaqt, so‘zlashishga hamdam yo‘q. Millionlab odamlar orasida tanho odam o‘zi bilmagan hikmatlarni bolalariga qanday aytib bersin? Yosh avlodlarga momolari, bobolari bilgan, qo‘llagan, tabiatdan, tajribadan foydalanib ish tutish, chora ko‘rish haqidagi empirik bilimlar yetib kelmay qoladi. Milliy donishmandlik ajdodlardan avlodlarga o‘tmay qoladi. O‘ladi. Odamlar televideniye bo‘lmasa, o‘zlari hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila olmay qoladilar.
Biz yemoqchi, kiymoqchi bo‘lgan narsalarimizni obdon tekshirib, keyin olamiz. Lekin ko‘rayotgan, eshitayotgan (iste’mol qilayotgan) narsalarimizga, ochig‘i, e’tiborsizmiz. Vaholanki, globallashuv “omma­viy madaniyat”ni yoymoqda. U xalqning tafakkuriga, musiqasiga, didiga, kiyinishiga, imorat qurish, o‘zaro muomala, oilasiga, oilaviy munosabatlariga, hatto orzulariga ham chang solmoqda. Rossiya televideniyesida yozuvchi, olim Aleksandr Vladimirov “Badiiy ijodning g‘oyasi” mavzusida ma’ruza qildi. “Ongimiz pasayib borayotir”, dedi olim tashvish bilan. “Yaqinda bir talabamdan: “Pushkinga zamondosh shoirlardan kimlarni bilasiz?”, deb so‘rasam, “Dzerjinskiyni”, deydi. Hamma narsa pul o‘lchovida baholanaversa, biz ongsiz odamlarga aylanamiz. Ana shunda bizni boshqarish oson bo‘ladi”, — dedi kuyunchak olim. Bu afsusni bevosita “ommaviy madaniyat” yetkazgan jarohatlardan biri, desa bo‘ladi.
M. Quronov,
pedagogika fanlari doktori, professor
2-topshiriq. Ilmiy uslubga doir matnga taqriz yozing. Unda quyidagilarni ko‘rsating:

  • matn nimaga bag‘ishlangan;

  • u qanday qismlardan iborat;

  • har bir qismning asosiy mazmuni;

  • har bir qism bo‘yicha sizning fikringiz;

  • matnning kamchiliklari;

  • matnni takomillashtirish bo‘yicha sizning takliflaringiz;

  • matn bo‘yicha umumiy xulosa;

  • o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar.



Download 24,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish