2.1-rasm.Ilmiy-tadqiqotlarning fan – ishlab-chiqarish integratsiyalangan tizimida texnik takliflarga aylanishi sxemasi Fundamental va amaliy ITI bajarish jarayoni ma`lum mantiqiy tartibda joylashuvchi qator asosiy bosqichlardan tashkil topadi.
1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va nomini shakllantirish (belgilash):
mo`ljallangan tadqiqot muammosiga oid bo`lgan, o`zimizda va chet ellarda chop etilgan manbaalarda mavjud ilmiy-texnik ma`lumotlar bilan tanishish, ularni o`rganish, uning dolzarbligini asoslash;
mavzuni shakllantirish va tadqiqot annotatsiyasini tuzish;
texnik topshiriqni ishlab chiqish va ITIning umumiy sanaviy rejasini tuzish;
kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa samarali foydani boshlang`ich tarzda aniqlash.
2-bosqich. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash:
tanlangan mavzuga oid ilmiy-texnik hisobotlar, Vatanimiz va chet ellarda chop etilgan adabiyotlarni to`plash va bibliografik ro`yxatlarini tuzish (monografiyalar, darsliklar, qo`llanmalar, maqolalar, patentlar va ixtirolar va b.);