Mavzu: Ilmiy tadqiqotlarni qo’llanilishi va samaradorligi. Reja: Kirish


Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning yo‘nalishlari



Download 149,93 Kb.
bet5/17
Sana12.04.2022
Hajmi149,93 Kb.
#544660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
azizov asliddin

2. Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning yo‘nalishlari
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining “OTMda talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom” da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “bo‘lajak kadrlar tayyorlash” tizimida iqtidorli talabalarni faol ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish va ilmiy tadqiqot ishlarini kompleks tarzda rivojlantirishning kompleks dasturiqabul qilingan va ushbu harakat dasturi asosida universitet iqtidorli talabalarining faoliyatini quyidagi 6 yo‘nalishda tashkil etish belgilangan:
1. Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi – salohiyatli o‘qituvchilar rahbarligida iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalar yozishga jalb qilish orqali katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilikka tayyorlash;
2. Ta'lim yo‘nalishi – talabalarni fan olimpiadalari, turli tanlovlarda o‘z iqtidorini namoyon qilishga jalb etish;
3. Amaliy tarjima yo‘nalishi - talabalarni xalqaro konferensiyalar, simpoziumlarda sinxron tarjima qilish hamda badiiy asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish yo‘nalishida o‘z iqtidorini namoyon qilishga jalb etish;
4. O‘quv-uslubiy va amaliy loyihalarda qatnashish yo‘nalishi – talabalarni tarjima lug‘atlari, ko‘p tilli so‘zlashgichlar, elektron darsliklar va qo‘llanmalar tuzish ishlariga jalb qilish;
5. Ijod yo‘nalishi – ijodkor talabalarni aniqlash, ularga ijod namunalarini matbuot sahifalarida va to‘plam shaklida chop ettirishga ko‘mak berish;
6. Bilimdonlik yo‘nalishi – talabalarning umumiy intellektual salohiyatini oshirish maqsadida fakultetlarda “zakovat” guruhlarini hamda ular negizida universitetning saralangan jamoasini tashkil etish, shuningdek, individual tarzda respublika “bilimdon” teleko‘rsatuvida o‘z iqtidorini namoyon qilishga jalb etish.
Talabalar o‘quv tadqiqot ishlari va ularni amalga oshirish shakllari.
Talabalar o‘quv tadqiqot ishlariga o‘quv rejaga kiritilgan kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari kiradi. ularning bajarilishi mutaxassislik kafedralari rejasigakiritilgan bo‘lib, mavzular ro‘yxati avvaldan tuziladi va talabalarga ilmiy rahbar bilan birgalikda buyruq asosida biriktiriladi.
O‘quv tadqiqot ishlari mavzularini istiqbolli tanlash, dolzarbligiga e'tibor qaratish hamda talabalarni muayyan ilmiy guruhga biriktirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. bu orqali amaliyot o‘tash va diplom ishini bajarishda keyingi kurslarda xuddi shu mavzu bo‘yicha talaba ishini davom ettirish imkoniga erishiladi hamda ta'limning yakunlovchi bosqichlarining yuqori sifati ta'minlanadi.
O‘quv tadqiqot ishlari natijalari hisobot shaklida rasmiylashtiriladi hamda kafedra tomonidan tashkil etilgan komissiya oldida himoya qilinadi. hisobotda vazifaning berilishi, vazifaning nazariy yoki xulosa qismi, olingan natijalari va ularning muhokamasi bayon etilishi lozim. yakunda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. talabalarning o‘quv tadqiqot ishlari o‘quv ishlarining barcha shakllariga, ya'ni seminar, amaliy mashg‘ulotlari, amaliyot, kurs ishi, diplom ishi va loyihalari mustaqil ishlariga kiritiladi.
Kurs va diplom ishlari yoki loyihalarni bajarishda talabalarga haqiqiy, real ilmiy va ishlab chiqarish muammolari ustida ishlash bo‘yicha individual vazifalar beriladi, mazkur muammolar kafedra, laboratoriya, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari, talabalik konstruktor byurolari, mavzulari bilan bog‘liq bo‘ladi. bir yoki bir necha turdosh mutaxassislikdagi tarkibida ikkitadan 5tagacha talaba bo‘lgan guruhlar tomonidan kompleks ilmiy mavzularni ishlash tavsiya etiladi.
Ijtimoiy va fundamental fanlarni o‘rganish jarayonida talabalar ilmiy referatlarni tayyorlaydilar, ular bilan seminar mashg‘ulotlarida ma'ruza qiladilar. eng yaxshi referatlar nashr etilishga va tanlovlarga tavsiya etiladi.
Bitiruvchi kafedralarda muntazam tarzda maxsus talaba seminarlari o‘tkaziladi, bu seminarlarda talabalarda ilmiy xabar, referat, ma'ruza qilish hamda ilmiy bahsda faol ishtirok etish, o‘z tadqiqotlari natijalari haqida ma'ruza qilish va himoyalash, ilmiy ishlanmalarning bajarish nazoratini olib borish ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Seminarlarda referatlar va adabiy manba obzorlari, tadqiqot reja va metodikasi, bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlar tinglanadi. seminarlar jadvalga muvofiq kafedra mudiri rahbarligi ostida o‘tkaziladi.
amaliyot o‘tashda talabalargaquyidagi kabi individual vazifalar beriladi:
1. Tadqiqotni yangi metodlarini joriy etish;
2. O‘quv tadqiqot ishning mavzuli rejasi (ishning mavzusi, maqsadi, bajarilish bosqich va muddati, tavsiya etilgan adabiyot, ijrochi va rahbarlar);
3. Amaliyot o‘tash davrida kurs va diplom ishlarida bajariladigan individual ilmiy vazifalar. Kafedralarda talabalarning yakunlangan ilmiy ishlaring kartotekasi yuritiladi. Ishlanmalar natijalari hisobot shaklida rasmiylashtiriladi va kafedrada himoya qilinadi. Eng yaxshi ishlar ilmiy konferensiyalarda ilmiy ommaga taqdim etiladi.



  1. Download 149,93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish