uyg‘unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar qilishda buyuk
olimlar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy
- tadqiqot jarayonida shaxs yoki jamoa, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir
qiluvchi yangilik yaratiladi.
Ijod va uning barcha turlari (badiiy, texnikaviy, ilmiy va boshqalar) haqidagi ilmiy bilimlaming rivoji uning mohiyatiga nisbatan turlicha ilmiy talqinlaming shakllanishiga olib kelgan. Bu esa, ijodiy faoliyat doirasida erishilgan izlanishlar .natijalariga tayangan holda uning mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta’rifni ishlab chiqislmi taqozo qilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati insonga o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholashga amaliy yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo‘lishni istasa, o‘ zining ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg‘ul bo'lishi lozim.
Bunday faoliyatning natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida namoyon boiadi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy faoliyatni tahlil qilish, tushunish va unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlami ochadi. Shu nuqtai nazardan
ham ilmiy-tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlami yanada chuqurroq
tadqiq etish, uning o’ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam
beradi.
Hozirgi vaqtda fan avvalo, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon boiadi. Bu fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bogiiq ekanligi, ijtimoiy kontekstda o‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi va o‘zi hamjamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki xil munosabat qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo ‘Igan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan va о ‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta ’sir ко ‘rsatadi.
Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlaming odamlar xususidagi munosabatlari va odamlaming narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlaming barcha jabhalariga kirib boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlaming asosiy negizlaridan ham, narsalami ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bogiiq barcha faoliyat shakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi. Hozirgi texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan boiishi lozim». Fanning bundayyuksak maqomidan u inson hayotining barcha jabhalariga rasman faol kirib borishi kerak, degan xulosa kelib chiqadimi, yoki aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha salbiy jarayonlar uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. Shu narsa aniqki, fan ijtimoiy- madaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’analarga, qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga tayanadi.
3. Ilmiy tadqiqotning namoyon bo‘lish shakllari. Ilmiy tadqiqot jarayonida inson mohiyatan o‘zligini anglaydi. Bu bilan inson nafaqat tashqi muhitda, balki o‘z ruhiyatida ham o‘zgarish yasaydi. Ilmiy ijod xilma-xil ma’naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha son- sanoqsiz vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
Ilmiy tadqiqot jarayonida erkin bo ‘lish - moneliksiz ijod qilish, birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlami olish va qayta ishlashda obyektiv va xolis b o ‘lish muhimdir. Bundan ko‘rinadiki, olimlar o‘z ilmiy faoliyatining maqsadlari va metodlariga o'zlari axloqiynuqtai nazardan baho berishlari, axloqiy me’yorlami buzish bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |