Ko‘k turk yozuvi. Bu yozuv qaysi davrdan boshlab shakllanganligi haqida hozircha fanda aniq ma’lumot va xulosalar yo‘q. Turkolog olim A.Amanjolovning fikricha, ko‘k turk yozuvining tarixi miloddan burungi I ming yilliklarga tutashadi. Bizgacha yetib kelgan O‘rxun-enasoy bitiklari ushbu yozuvning ilk bosqichiga oid emas, balki uning takomillashgan bosqichida yaratilgan. V. Tomson turkiy-run yozuvining paydo bo‘lgan davrini VI asro‘rtalariga olibkelib bog‘laydi.
O‘rxun-enasoy obidalari VI-VIII asrlarda qadimgi turkiy til va yozuvdagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududida ham topilayotgan bu qadimiy bitiglar ushbu zaminda ham ko‘hna turkiy yozuvmadaniyatiningrivoj topganidan dalolat beradi.
Uyg‘ur yozuvi taxminan VI asrda shakllanib, O‘rta Osiyoda XV asrning oxiriga qadar qo‘llangan.
Hozirda “uyg‘uryozuvi” nomini olgan qadimgiturkiy alifbo o‘tmish manbalarida bir qancha nom bilan yuritilgan. Mahmud Koshg‘ariy
“Devoni lug‘otit turk” asarida uni “turkcha yozuv” deb tilga oladi. Alisher Navoiy maktublarining birida uni “turkcha xat” deb atagan. Manbalarda mazkur yozuv “uyg‘ur xati” , “mo‘g‘ul xati” deb ham yuritilgan.
Bizgacha yetib kelgan uygu‘r yozuvli yodgorliklarning eng qadimgilari islom davridan anchaburun yaratilgan. Ushbu obidalar o‘sha davr turklari ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotining barcha sohalarini qamraydi. Adabiy, diniy-falsafiy, tarixiy, ilmiy asarlar, huquqiy, rasmiy-diplomatik bitiklar (yorliq, tilxat, guvohnoma va sh.k.), xo‘jalik ishlariga oid matnlar, qabrtoshlar, tashrifnoma va boshqalar shularjumlasidandir.
Uyg‘ur xati uzoq yuz yilliklar davomida qo‘llangan. Hatto turkiy xalqlar arab yozuvini qo‘llay boshlaganlaridan keyin ham o‘z mavqeyini yo‘qotmagan. Ma’lumki, X asrda Qoraxoniylar davlatida islom rasman qabul qilindi. Ammo qo‘shni idiqut hokimiyati buddizmni yoqlab, sharqiy turklar orasida islomning yoyilishiga yo‘l bermadi. Sharqiy turklar shu paytdan ikki dunyo – “musulmonlar” va “musulmon bo‘lmaganlar”ga bo‘linib qoldi. Musulmon turklar ko‘p o‘tmay arab alifbosi asosida yangiyozuvyaratdilar. Oqibatdaular ikki an’ana sifatida davom etib kelayotgan qadimgi turk (uyg‘ur) va keyinchalik islom ta’sirida qabul qilingan arab xatini qo‘llay boshladilar. Uyg‘ur yozuvi O‘rta Osiyoda XV asrning oxirlariga qadar arab xati bilan yonma-yon qo‘llanishda bo‘ldi. Biroq islom ta’siridan uzoqdagi turk-buddistlar yozuv an’anasini uzmay, XVIII asrda ham undan foydalandilar. Uyg‘ur xati o‘z tarixi davomida, hatto, arab alifbosi bilan yonma-yon qo‘llangan chog‘larda ham turkiy davlat va saltanatlarining asosiy rasmiy yozuvi bo‘lib keldi.
Uyg‘ur alifbosida harflar o‘n sakkizta. Mahmud Koshg‘ariy “Devoni lug‘atit turk”da uyg‘ur alifbosini keltiradi va har bir shakl ostida arab harflari bilan ularningma’nosini ham beradi (DLT, 1, 47).
Alifbodaharflar soni oz bo‘lishiga qaramay, uyg‘uryozuvining imlo tamoyillaripuxta ishlangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |