ULARDAGI TAFOVUTLAR (2 soat)
Mashg‘ulotga ajratilgan
vaqt - 2 soat
|
Talabalarsoni: kishi
|
Mashg‘ulotshakli
|
Ma’ruza (ommaviy,jamoaviy, juftlikda ishlash)
|
Ma’ruza mashg‘uloti
|
Orfografiya tamoyillari. O‘zbek tilining kirill va lotin yozuvi imlo qoidalari, ulardagi tafovutlar
|
Mashg‘ulot rejasi
|
1. Orfografiya tushunchasi. О‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari.
2. О‘zbek yozuvining imlo qoidalari va uni o‘rganish bilan bog‘liq muammolar:
a) kirillcha-o‘zbekcha yozuv
asosidagi imlo qoidalari;
b) lotincha-o‘zbekcha yozuv
asosidagi imlo qoidalari.
3. Kirillcha va lotincha o‘zbek yozuviga asoslangan imlo qoidalari orasidagitafovutlar.
4. Yangi imloni o‘rganishda lug‘atlarning amaliy ahamiyati.
Xulosa.
|
O‘quv
maqsadi:
|
mashg‘ulotining
|
Yuqoridagi reja asosida mavzuni mustahkamlash, talabalarning bilimini oshirish.
|
Pedagogik vazifalar:
• mavzularning mazmun- mundarijasini eslatish;
|
O‘quvfaoliyatinatijalari :
• talaba mavzuning mazmun- mundarijasini eslaydi, bu mavzuga
|
• tayanch tushunchalar ustida ishlash;
• ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar vositasida talabalar bilimini, ularning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish.
|
oid biliminimustahkamlaydi;
• talabalarning bilim darajasi, tahlil ko‘nikmalari aniqlanadi, baholanadi.
|
Ta’limberish usullari
|
ko‘rgazmali, ma’lumotli, trening, jamoada ishlash.
|
Ta’limberishshakllariva metodlari
|
og‘zaki, ko‘rgazmali, kitob bilan ishlash, aqliy hujum, kalit so‘zlar.
|
Ta’limberish vositalari
|
o‘quv qo‘llanmalari, savol-
nomalar, tarqatma materiallar,
proyektor, doska, audivizual
vositalar
|
Ta’limberishshartlari
|
hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga egabo‘lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
og‘zaki nazorat: savol-javob,
suhbat, mashq
|
MA’RUZANING TEXNOLOGIK XARITASI
Bosqichlarva ularning
vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
|
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
|
1.1. Darsga nisbatan talabalarning motivasiyasini shakllantiradi.
|
1.1. Fikrlarini jamlaydi va darsga
tayyorlanadi
|
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Orfografiya, uning grafikadan farqlari haqida gapirib
|
2.1. Yangi
mavzuni
|
(60 daqiqa)
|
beradi.
2.2. Orfografiya tamoyillari, ularning imlo qoidalari tizimida tutgan oʻrni haqida savol-javob qiladi, matntahlilini o‘rgatadi.
2.3. O‘zbek tilining kirill va lotin yozuvi imlo qoidalaridagi tafovutlarnibilib oladi.
2.4. Yangi imloni o‘rganishda lug‘atlarning amaliy ahamiyatini tushunadi.
|
tinglaydi,
mavzuga oid
ma’lumotlarni
eshitadi,
tushunadi, biladi vaularni
tizimlashtiradi. 2.2. Mavzu
yuzasidan
savollar beradi. 2.3. Javoblarni
toʻldiradi.
|
3-bosqich.
Yakuniy
qism
(10 daqiqa)
|
3.1. Mashgʻulotni yakunlaydi, xulosalaydi, talabalarni baholaydi va faol ishtirokchilarni rag‘batlantiradi.
|
3.1. O‘z-o‘zini
baholaydi.
|
REJA:
1. Orfografiya tushunchasi. О‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari.
2. О‘zbek yozuvining imlo qoidalari va uni o‘rganish bilan bog‘liq muammolar:
a) kirillcha-o‘zbekchayozuv asosidagi imlo qoidalari;
b) lotincha-o‘zbekchayozuv asosidagi imlo qoidalari.
3. Kirillcha va lotincha o‘zbek yozuviga asoslangan imlo qoidalari
orasidagitafovutlar.
4. Yangi imloni o‘rganishda lug‘atlarning amaliy ahamiyati.
5. Xulosa.
Tayanch tushunchalar:
Orfografiya, til yozuv tizimining to‘g‘ri yozish me’yorlarini belgilaydigan imlo qoidalari, orfografiya tamoyillari: fonetik tamoyil, fonematik tamoyil, morfologik yoki fonematik-morfologik tamoyil, grafik tamoyil, tarixiy-an’anaviy tamoyil, shakliy-an’anaviy
yozuv tamoyil, imlo qoidalari: kirillcha o‘zbek yozuviga asoslangan imlo qoidalari, lotincha o‘zbek yozuviga asoslangan imlo qoidalari.
Ma’ruza matni
Har bir jamiyatda yashovchi yuksak madaniyatli kishi to‘g‘ri yoza bilishi va to‘g‘ri so‘zlay olishi kerak. Bu talab bo‘lg‘usi pedagoglar va filologlarga nisbatan ayniqsa qat’iy qo‘yiladi. Chunki ular yosh avlodga umumiy savodxonlik va nutq madaniyati to‘g‘risida savod beradilar, ularni savodxonlikka varavon so‘zlashga o‘rgatadilar.
Ma’lumki, nutqning og‘zaki va yozma shakllari mavjud. Nutqning ana shunday ko‘rinishlaridan biri – yozma nutq (yozuv yo‘li bilan fikr ifodalash vositasi) orfografiya bilan bevosita va uzviy bog‘liqdir. Nutqning bu ko‘rinishi yagona tarzda yozishning ma’lum ilmiy va obyektiv qonun-qoidalari tizimi bo‘lgan orfografiya va uning tamoyillariga asoslanadi.
Orfografiya to‘g‘ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidir. Ogfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma’lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi, odam so‘zida "d"ning yozilishi "d" grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli bu so‘zning yozilishi grafika tomonidan boshqariladi. Savod so‘zida esa "d" undosh jarangsiz "t"ga o‘tadi, demak, uni ikki xil yozish mumkin: savod (fonematik prinsip asosida) - savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan biriniimlouchun me’yor (orfogramma) qilib tanlash orfografiya zimmasiga tushadi. Hozirgi o‘zbek orfografiyasida savod deb yozish qoidalashtirilgan.
Orfografiyada qo‘shma so‘z komponentlarining qo‘shilib yoki ajratilib yozilishi, so‘z qismlarining satrdan satrga ko‘chirilishi, bosh va kichikharflarning qo‘llanishini belgilabberadigan qoidalar ham borki, ular yozuvning grafikaga aloqador bo‘lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarishimkonini beradi.
Orfografiya me’yorlariga amal qilish yozma nutq mazmunining to‘g‘ri va aniq idrok qilinishiga yordam beradi, yozma nutqda boshboshdoqlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Adabiy tilning, xususan, yozma nutqning ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy rolini mustahkamlashda orfografiya me’yorlarining ahamiyatikatta.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili orfografiyasi quyidagi tamoyillarga tayanadi: fonetik tamoyil, morfologik tamoyil va tarixiy-an’anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, farqlovchi va etimologik tamoyillar ham mavjud10. Lekin bular oldingi ko‘rsatib o‘tilgan uchta tamoyil kabi asosiyrol o‘ynamaydi.
Hozirgi o‘zbek orfografiyasida bu tamoyillar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularningharbirining o‘z o‘rniva ahamiyatibor.
Do'stlaringiz bilan baham: |