Mavzu: ilk o’rta asrlarda xitoy. Reja: Kirish



Download 20,98 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi20,98 Kb.
#97098
Bog'liq
de syaopin



MAVZU: ILK O’RTA ASRLARDA XITOY.
Reja:

Kirish.

1. Xitoyning hozirgi davrdagi o’rni.

2. De Syaopinning taxtni egallashi.

3. De syaopinning islohotlari.



Bajardi: Homidova Barchinoy

Hozirgi kunda xalqaro hamjamiyat va OAV “osmonosti o‘lkasi” deb nom taratgan zamonaviy Xitoy Xalq Respublikasi — ko‘hna Chin xalqi erishayotgan ulug‘vor yutuqlar to‘g‘risida ko‘p gapirmoqda. Hatto ba’zilar 2030-yilga borib AQShni quvib o‘tib, jahonning birinchi raqamli iqtisodiyotiga ega mamlakatga aylanishi haqida havas va faxr bilan tilga olishmoqda.
Xitoyliklar o‘z muvaffaqiyatini Xitoy Xalq Respublikasining asoschilari Mao Szedun, Chjou En Lay va albatta, ya­ngi Xitoy me’mori deb dunyoga tanilgan Den Syaopin kabi shaxslar bilan bog‘laydi.
Xitoy yalpi mahsulot ishlab chiqa­rish hajmi bo‘yicha Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Hindiston hatto AQShdan ham o‘zib ketmoqda. Tarixan qisqa muddatda bunday muvaffaqiyatlar nimalar hisobiga qo‘lga kiritilmoqda degan savol hammani qiziqtiradi.
Xitoyning so‘nggi 40 yillikda qo‘lga kiritgan yutuqlari zamirida iqtisodiy tizimda olib borgan samarali islohotlari turishini bugun aksariyat tahlilchilar tan olmoqda. Islohotlar boshlangan yillarda Xitoyda deyarli xususiy korxonalar yo‘q edi. Bugungi kunda ularning ulushi umumiy ishlab chiqarish hajmining 75 foizini tashkil qilmoqda. Bu mamlakatda nafaqat xususiy mulkchilikka, balki iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham munosabat tubdan o‘zgardi. Avvallari ishlab chiqarish va iste’mol markazlashgan bo‘lsa, endilikda ular firma va oilalar qo‘lida. Olib borilgan tub islohotlar natijasida ma’muriy buyruqbozlik o‘rnini iqtisodiy tashabbuskorlik, bozorga mos­lashuvchanlik, raqobatbardoshlik egal­ladi.
Tahlilchilar fikricha, “individual tashabbuslar erkinligi iqtisodiy taraq­qiyot omili ekani”ni Xitoydagi islohotlar isbotlab berdi. Hukumat nafaqat sanoatda, balki agrar sohada ham keng qamrovli islohotlar o‘tkazdi. Xitoy jahondagi ekin ekiladigan yerlarning 7 foiziga ega bo‘lishiga qaramay, Yer shari aholisining to‘rtdan bir qismini boqishi kerak. Bir vaqtlar xalqaro hamjamiyat oldida “Xitoyni kim boqadi?” degan savol paydo bo‘lgan. O‘shanda mamlakat rahbarlari va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassislar “Xitoyliklar o‘zini o‘zi boqa oladi”, deb o‘z vaqtida javob qay­targani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Qishloqlarda islohotlar boshlangan 1978-yildan boshlab Xitoyda agrar soha rivojlana boshladi. Buning samarasi o‘laroq, bugungi kunda mamlakat g‘alla, paxta, yog‘-moy, meva-sabzavot, go‘sht, tuxum yetishtirishda jahonda yetakchilik qilyapti.
Xitoyda kichik biznes usta­xonalardan boshlangan. Yillar o‘tib u “Xitoy mo‘jizasi”ni yaratdi. Bugungi kunda Xitoy matbuotining yozishicha, “mamlakatda osmono‘par binolar yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorindek ko‘paymoqda”. Eks­portga chiqarila­yotgan raqobatbardosh mahsulotlar­ning asosiy qismi aynan kichik biznes hissasiga to‘g‘ri keladi. Jahondagi elekt­ronika mahsulotlari­ning katta qismi “osmonosti mamlakati” kor­xonalarida yig‘ilganini ham tan olish kerak. Jahon aholisi Xitoy mahsulotlari sifatidan qoniqish hosil qilmasa-da, bari­bir ularni sotib olmoqda. Mamlakatda arzon, shu bilan birga sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlanmoqda. Buning natijasida jahonning har bir mamlakatida Xitoy mahsulotlari­ni uchratish mumkin. Ko‘pchilik ital­yan poyabzali, ingliz kostyum-shimi, Shveytsariya soatidan foydalanishi bilan g‘ururlanishi mumkin. Biroq faxrlanishga (to‘g‘rirog‘i, maqta­nishga) shoshilish kerak emas.
Agar diqqat bilan qarasak, (Afrika, Avstraliya, Yevropa yoki AQShda bo‘ladimi) dunyoning har bir minta­qasida istiqomat qiluvchi oilalarning dasturxonidagi mahsulotlardan maishiy turmushda ishlatilayotgan buyum va jihozgacha — hammasida “Made in China” tamg‘asini ko‘rishimiz mumkin. Xitoyda jahondagi mashhur brendli mashinalarga o‘xshash avtomobillar ishlab chiqarilayotganiga ham tan berish kerak. To‘g‘ri, hozircha Xitoyda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar sifati yapon, nemislarniki darajasiga yetolmagan, biroq xitoylik mutaxassislar qo‘l qovushtirib, xotirjam o‘tirgani yo‘q. Bu mamlakat tadbirkorlari jahonda yangi paydo bo‘lgan har qanday mahsulotni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni maqsad qilgan.

Ekspertlar Xitoydagi iqtisodiy taraqqiyotga baho berishar ekan, bunga mamlakat aholisining milliy mentaliteti asosiy omil bo‘layotganini ta’kidlamoqda. Chunki mehnatni iqtisodiy farovonlik omili bilan bir qatorda milliy qadriyat deb bilgan xitoyliklar o‘zlarining tadbirkorliklari va mehnatsevarliklari bilan faxrlanishadi. Tarixiy manbalarda “osmonosti davlati” deb tilga olingan qadimiy Chin mamlakati xalqining tadbirkorligi, ishbilarmonligi, mehnatsevarligi, qolaversa, hukumatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan chinakamiga osmonga chiqdi.
O‘tgan asrning 60-yillaridagi “katta sakrash” va “madaniy inqilob” tufayli 1976-yil so‘ngiga kelib, Xitoy chuqur iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Xitoy matbuoti yozganidek, 1966–1976-yillar mamlakatni ortga uloqtirib tashlagan “yo‘qotilgan o‘n yilliklar” davri bo‘ldi. Mamlakat iqti­sodi butunlay tanazzulga uchragan, yuz ming­lab aholi qashshoqlikda hayot kechirardi. 1978-yili import mahsulotlarini xarid qilish uchun ham valyuta yetishmas edi. Texnologiya bo‘yicha Xitoy rivojlangan mamlakatlardan bir necha o‘n yil ortda qolib ketgan edi. Aholisi­ning 70 foizi qishloqlarda istiqomat qilardi. Ularning daromadi yashashgagina yetardi. Qo‘shimcha mablag‘ topish qat’iyan man qilingan edi.

Mamlakatning “buyuk ilhomchisi” Mao Szedun (1976-yil sentabrda) vafot etganidan so‘ng hokimiyatga Xua Gofen keladi. U Mao Szedun siyosatini davom ettirishini aytadi. Shu bilan birga rahbariyat ichida pinhona kurash boshlanadi. Oxir-oqibat Den Syaopin boshchiligidagi pragmatiklar g‘alaba qozonadi. 1977-yilning iyunidan Den Syaopin rahbarlik lavozimlariga saylanadi. U partiya raisi o‘rinbosari, Harbiy kengash raisi­ning o‘rinbosari, Xitoy Xalq Ozodlik armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i, XXR Davlat kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlarini egallaydi. 1970-yillar­ning oxiriga kelib Den Syaopin amalda partiya va mamlakat yetakchisiga aylanadi.
Uning g‘oyasi bo‘yicha to‘rt yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi, sanoat, armiya hamda fan-texnika tubdan isloh etilishi kerak edi. 1978-yilning 22-dekabrida tarixiy qaror qabul qilinadi — Den Syaopin va hammaslaklarining tashabbusi qo‘llab-quvvatlanadi hamda “proletariat diktaturasi ostida inqilobni davom ettirish” g‘oyasidan voz kechiladi. Shu tariqa mamlakatda keng qamrovli modernizatsiya jarayoni boshlanadi. Unga ko‘ra, yangi “islohotlar va ochiqlik” siyosati tasdiqlanadi.
Shu tariqa xorijiy kapitallarni jalb qilish, fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga e’tibor kuchaydi. “Hozirgi dunyo — keng aloqalar dunyosidir. Xitoy yopiqligi tufayli ham o‘tmishda qoloq edi. XXR tashkil etilgandan so‘ng bizni yakkalab qo‘yishdi. Shuningdek, o‘zimiz ham yopiq edik. 30 yillik tajribamiz yopiq eshiklar ortida qurilishni amalga oshirib bo‘lmasligi­ni, taraqqiyotga erishib bo‘lmasligini ko‘rsatdi”, degan edi Den Syaopin. Shunda u “oqmi, qorami — rangining farqi yo‘q, mushuk bo‘lsin — sichqon tutsin”, degan edi.
Zarur siyosiy sharoitlar yaratilgani­dan so‘nggina Den Syaopin keng qamrovli islohotlarni hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo‘ldi. U Xitoy voqeligidan kelib chiqqan holda rejali iqtisoddan bozor iqtisodiyotiga o‘tish nazariyasini ishlab chiqdi. Shu sababli ham uni Xitoydagi islohotlarning buyuk otasi, deya ta’riflashadi. Xitoyning avvalgi va hozirgi rahbarlari Den Syaopin g‘oyalariga sodiqliklarini aytishadi.
O‘tgan asrning 50-yillari Den Syaopin va Mao Szedun Xitoy taraqqiyoti borasida ko‘p bahslashgan. Mao “katta sakrash” siyosatini ilgari surar va zamo­naviy texnologiyalarni ishlatmasdan aholini keng jalb qilgan, ammo xususiy tadbirkorlardan voz kechgan holda iqtisodiyotni yuritish lozimligini aytardi. Bu nazariyaga Den Syaopin qarshi chiqqani bois ham surgun qilinadi. Keyinchalik hokimiyatga qaytgan Den qishloq xo‘jaligi kommunallarini bekor qiladi va Xitoyni to‘laligicha o‘zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydigan davlatga aylantiradi. Den Syaopin atigi bir marta Maoni tanqid qilar ekan, xatolarga yo‘l qo‘ygan “buyuk markschi, proletar inqilobchisi”, deya atagan. U haqida boshqa tanqidiy fikr bildirmagan. Shu tariqa o‘tmishga nuqta qo‘ygan Syaopin G‘arb mamlakatlari bilan muloqotni yo‘lga qo‘ydi va iqtisodiyotni yuksalti­rishda Yaponiya tajribasidan foydala­nishni tavsiya qildi.
1979-yili Den Syaopin AQShga tashrif buyurib, Oq uyda prezident Jimmi Karter bilan uchrashdi, moliyachilar bilan Xitoyni qanday qilib modernizatsiya qilish va sanoati rivojlangan mamlakatga aylantirish masalasida maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Qiyinchilik va qarama-qarshiliklarga qaramay, Xitoy belgilangan yo‘ldan og‘ishmay, olg‘a yurdi. Sohil bo‘yida joylashgan shaharlar sanoati gullab-yashnagan markazlarga aylandi. Bu esa mamlakatning rivojida bosh omil bo‘ldi. Maxsus iqtisodiy zonalar soni ortdi, yuqori va yangi texnologiyalar zonala­riga ham katta e’tibor qaratildi.
Den Syaopin shiorlarga o‘ch emas edi. Uning shiori bitta — “Odamlar o‘tgan yilga nisbatan bu yil yaxshiroq yashasin” edi. Islohotlar shu qadar donish­mandlik bilan olib borildiki, odamlar yildan yilga avvalgiga nisbatan yaxshiroq yashay boshladi. Xitoyliklarning aytishicha, ular hozirgi hayotidan rozi. Den Syaopin islohotlar o‘tkazar ekan, bir narsani — markaziy hokimiyatni bo‘shashtirmaslikni anglab yetdi. Islohotlar shoshma-sho­sharlik bilan emas, yetti o‘ylab bir kesgan holda olib borildi. Den Syaopin Xitoyni buyuk davlatlar qatoriga olib chiqishni orzu qilardi va bu maqsadiga erishdi. Ayni damda Xitoy zamonaviy sanoati tezlik bilan taraqqiy etayotgan, fan va madaniyati rivojlangan mamlakat deya tan olingan.
Download 20,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish