Elementar sensor psixika bosqichi
- A.N.Leontev ta'rificha,
tashqi muhit ob'ektning u yoki bu sifatiga qarab javob beraveradi. Bu oddiy sezish
bosqichidir. K.E.Fabri fikricha, oddiy sensor psixikaning ikki-past va yuqori
darajasiga ajratiladi. Ko’pgina bir hujayralilar hamda ayrim ko’p hujayralilarda
psixik rivojlanishning past darajasi kuzatiladi. Bunda psixik faollikning oddiy turlari
namoyon bo’ladi. Elementar psixikaning yuqori bosqichida ko’p hujayrali
umurtqasizlarda namoyon bo’ladi. Bu hayvonot evolyusiyasining zarur davridir.
Nerv tizimi diffuz, to’rsimon ganglioz yoki zanjirsimon bo’lib, ular alohida
predmetlarning sifatlarinigina aks eta oladilar. hayvonlar uchun ushbu bosqichda
predmet olami mavjud bo’lmaydi, ular ob'ektni idrok eta olmaydilar. Ular psixik aks
ettirishi oddiy sezgi tarzida bo’ladi.
Perseptiv bosqich bo’lib. u tashqi, ob’ektiv voqelikni yaxlit aks etishi bilan :arakterlanib, alohida oddiy sezish turi emas. K.E.Fabrining fikricha, perseptiv isixikani ham ikki darajasi mavjud. Past darajaga yuqori darajali umurtqasizlar iradi. Perseptiv psixikaning quyi bosqichida mavjud bo’lgan hayvonlar uchun ijobiy a'sir etuvchilami faol izlash xususiyati xosdir. ' ’
Predmetni idrok etish-perseptiv psixikaning yuqori darajasidir. Ushbu daraja ivojlangan nerv tizimiga ega umurtqalilarga xosdir.
Intellektual bosqich - yuksak darajada rivojlangan nerv tizimiga ega >o’lganlar, ya'ni odamsimon maymunlarga xosdir.
Seskanuvchanlik va tropizm .Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir.
Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi.j ^Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha yoritadi,
Ma`lumki, har bir davr o’zining muhim hayotiy haroitlari, ehtiyojlari va faoliyati, o’ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterli yangi sifatlarning hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Har bir davr o’zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o’z navbatida, o’zidan keyingi davrning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi, Shi o’rinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urg’u berib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Shveytsariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funktsiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta`limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko’nikishdan iborat bo’lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashkil etadi,
Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:
1) sensomotor intellekti - tugilgandan 2 yoshgacha; 2) operatsiyagacha tafakkur davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha; 3) aniq operatsiyalar davri - 7, 8 yoshdan - 11, 12 yoshgacha; 4) rasmiy operatsiyalar davri.
Frantsuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi: 1) homilaning ona qornidagi davri; 2) impul’siv harakat davri – tug’ilgandan 6 oylikkacha; 3) his-tuygu davri (emotsional) - 6 oylikdan 1 yoshgacha; 4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvy) davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha; 6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha; 7) jinsiy etilish va o’spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha.
Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Anan’ev singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shugullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o’zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muaayan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir.
L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;
1. Chaqaloqlik davri inqirozi.
2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqiroz.
3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.
4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz.
6. Pubertat (jinsiy etilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz.
L.S.Vigotskiy o’zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta`riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha munozarali, bahsli o’rinlar ham mavjud. Umuman LS.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to’g’risidagi mulohazali va olga surgan goyalari hozirgi kunning talablariga mosdir. Psixika rivojlanishini yoshga oid davrlashtirish masalalari A.N.Leontev, L.I.Bojovich, V.V.Davidov, M.I.Lisina, A.V.Petrovskiy, D.I.Feldshteyn va boshqalarning ishlarida batafsil ko‘rib chiqilgan. V.I.Slobodchikov va R.A.Tsukermanlar yoshga oid davrlashtirishning birmuncha mashhur ikki modelini E.Erikson va D.B.Elkonin ta’limotlarini tahlil qilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu ikki ta’limot «muvozanatlashmagan» va «to‘liqsiz»ligi bilan farqlanadi. E.Erikson birinchi o‘ringa rivojlanishning ichki manbalarini qo‘ysa, D.B.Elkonin-tashqi muhitni qo‘ydi. Mualliflar umumiy psixik rivojlanish va davrlashtirish nazariyasi asosiga, bir vaqtning o‘zida rivojlanishning ikki tomonini – uning ob’ekti va manba’sini o‘z ichiga oluvchi «mavjudlik birligi» tushunchasini qo‘yishni taklif qilganlar har qanday insoniy birlikni (mavjudlikni) tuzilishida kamida ikki kishi ishtirok etadi va birlikning mazmuni va shaklini almashinuvi hamkorning almashinuvi bilan kuzatiladi. Psixik rivojlanishning integral davrlashuvini umumiy ko‘rinishi o‘zida bazis (asos) birlikning har-hil turlarida shaxs rivojlanishining sub’ekti sifatida inson rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi. Har bir bosqich murakkab tuzilishiga ega: mavjudlikni shakllanish bosqichi va mustaqillikni shakllanish bosqichi, tug‘ilish inqirozi (yangi birlikka o‘tish) va rivojlanish inqirozi (yangi birlikni o‘zlashtirish) farqlanadi. Yondashuvni keng batafsil yoritmasdan ajratilgan bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: I. Jonlanish (tug‘ilgandan 12 oylikkacha, katta yoshdagi qondoshi bilan umumiylik. Bola o‘zining jismoniy psixosomatik individualligini egallaydi. II. Ruhlanish (11oylik-6,5yosh) – katta yoshdagi yaqinlari bilan umumiylik (birlik). Bola o‘zi uchun ilk bora o‘zining o‘zligini (mashhur bo‘lgan «Mening o‘zim!») kashf etadi, o‘zining shahsiy hohish va qobiliyatini sub’ekti deb biladi. III. Shaxsiylashuv (5,5-18 yosh)-qo‘liga qalam tutgan insonning hamkori bo‘lib, madaniyat sohasidagi ijtimoiy kattalar hisoblanadi; o‘qituvchi, murabbiy, ustoz va b.r. Inson birinchi marotaba o‘zini shaxsiy tarjimai holining muallifi ekanini anglaydi, kelajagi uchun shaxsiy javobgarligini his qiladi, boshqa odamlar bilan birgalikdagi turmush ichida o‘zining ular bilan o‘xshashlik chegaralarini aniqlaydi. IV. Individuallashuv (17-42yosh)-insonning hamkori bo‘lib, ijtimoiy qadriyatlar va ideallar tizimi bilan asoslangan, faoliyat munosabatlariga u bilan kirishuvchi insoniyat hisoblanadi. Sub’ekt rivojlanishining ushbu bosqichini mohiyati – insonning shaxsiy mavqeini o‘lchashiga ko‘ra ijtimoiy qadriyatlarni individuallashuvidir. Inson o‘z mustaqilligi uchun javobgar bo‘lib boradi. V. Universallashuv (39yoshdan yuqori) har qancha rivojlangan individuallik chegaralaridan tashqariga chiqish va bir vaqtning o‘zida umumiy-yuqori insoniy, ekzistensial qadriyatlar doirasiga «o‘zining boshqasiga» kirish. Ilohiy insoniyat universal voqelikni anglashdagi suhbatdosh va tuzishdagi ishtirokchi sifatidadir. Slobodchikov va Sukermenlar kimyodagi Mendeleyev jadvali yoki biologiyadagi evolyutsion shajara bilan davrlashtirish chizmasining ahamiyatini taqqoslab, davrlashtirish chizmasini katta amaliy ahamiyatiga ishonch hosil qildilar: «Agar rivojlanishning umumiy haritasi tuzilsa, psixolog va pedagoglar turli yoshdagi odamlar uchun rivojlanishning maqbul yo‘llarini (ma’lum bir qadriyatlar nuqtai-nazaridan) ta’minlash uchun, ular yaratadigan madaniy - ta’limiy kenglikdagi bo‘shliqlar, oq dog‘larni ko‘rishlari mumkin. So‘nggi yillarda psixik rivojlanishda inqirozlar g‘oyasini nazariy va eksperimental o‘rganish keng avj oldi. Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomonidan yoshga bog‘liq rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishga psixologik tayyorlik shaklida tahlil qilingan. K.N.Polivanova ishlarida og‘ir «inqirozli» yosh davrlarida ontogenetik rivojlanishda real va ideal shakllarni o‘zaro o‘tishi sodir bo‘lib, bu o‘zaro ta’sirning murakkab ichki mehanizmi ochiladi. Bu mantiqda inqiroz (og‘ir) yoshi zaruriyat yuzasidan bir qator keyingi keluvchi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Psixologlar diqqat markaziga nafaqat yoshdagi yangi tuzilmalar balki, «yo‘qotishlar», (me’yoriy yoshga doir involyutsiya belgilari) ham kiritilishiga e’tibor qaratiladi. Yoshga oid dinamika nafaqat kattalar nuqtai nazaridan (yetilishning psixofiziologik me’yori va yoshning madaniy me’yoriga muvofiqlikni bola tomonidan egallanishi nuqtaidan) balki «o‘zini his qilish» bolalik me’zonlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqilishi kerak.zamonaviy psixologlar postindustrial axborotli davrda ijtimoiy hayotning yangi yondashuvlariga ahamiyat qaratmoqdalar. XX asrning oxiri XXI asrning boshi hayotning odatiy davrlarini chegarasi va yoshga oid barqaror orientatsiyalarning yemirilishi bilan harakterlanadi. Davr xodisalari tobora vaqt va kenglikda individuallashadi va keng o‘lchamda turlanadi (o‘zgaradi): maktabga chiqish vaqti, talabalik davri, mutaxassisligi bo‘yicha ish boali, shuningdek nikohga kirish, erta va kech farzand tug‘ilishi. K.N.Polivanova «yosh g‘oyasi», «madaniy yosh» (tushunchalari) kategoriyalari insonga munosabat vositasi sifatida (o‘zining ahamiyatini) uning jamiyatdagi o‘rnini aniqlab, unga ma’lum bir talab va kutuvlarni qo‘yib, o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Biroq, zamonaviy holat yagona «yosh pog‘onalardan» individual rivojlanishning noaniqligiga o‘tishni aks ettiradi. Ayrim tadqiqotlar davrlashtirish yondashuviga muqobil sifatida hayotiy hodisalar psixologiyasini rivojlantirishni taklif qiladilar. Bu muammoda ko‘p jihatlar o‘rganilmay qolmoqda, lekin uning o‘rganish usullari nazariy jihatdan yetarli darajada aniq yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |