Mavzu: Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalarining sinflarga bulinishi.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1.Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalari
2. Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalarining sinflari
3. Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalarining parametrlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Keyingi yillarda telekommunikatsiya vositalari keskin rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtga kelib yangi raqamli avtomat telefon stansiyalari, mobil aloqa tizimlari, ko‘p kanalli zichlashtirish tizimlari, ma’lumotlarni uzatish tizimlari va boshqalar joriy etilgan, axborotlarni uzatish esa yerning sun’iy yo‘ldoshlari orqali ham amalga oshirilmoqda.
Elektr ta’minoti manbalari aloqa apparaturalarini sifatli va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan elektr energiyasi o‘zgartirgichlarining turli qurilmalarini o‘ziga birlashtiradi. Kompyuter tizimlari, o‘lchov asboblari, telekommunikatsiya qurilmalari va tizimlarining tarkibiy qismi hisoblangan elektr ta’minoti manbalari (ETM) ularning ishlash ishonchliligini, materiallar sarfini va boshqa qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Yirik telekommunikatsiya tizimlari elektr ta’minoti qurilmalarining harajatlari ulushi umumiy harajatlarning 40 foizlariga yetadi, bundan tashqari, telekommunikatsiya qurilmalarining hajmi va massasi ham ETMlar ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi. Telekommunikatsiya qurilmalari tomonidan ETMlarga qo‘yiladigan talablar uzluksiz ortib bormoqda.
Telekommunikatsiya qurilmalari o‘zgaruvchan tok energiyasi bilan bir qatorda o‘zgarmas tok energiyasini ham iste’mol qiladi. Radiotexnik qurilmalarning ko‘p qismi esa asosan o‘zgarmas tok energiyasini iste’mol qiladi. Turli qiymatlardagi (nominallardagi) o‘zgarmas tok kuchlanishini olish uchun o‘zgaruvchan tok asosan to‘g‘rilash qurilmalari yordamida to‘g‘rilanadi. ETMlar keng quvvatlar diapazonlarida imkoni boricha yuqori foydali ish koeffitsientiga va to‘g‘rilangan kuchlanishning kichik pulsatsiyasiga ega bo‘lishi, turli ish rejimlarida kuchlanishning yuqori stabilliligini ta’minlashi kerak. Shuning uchun ETMlar tarkibiga asosan, to‘g‘rilagichlar bilan birga, silliqlovchi filtrlar, ma’lum darajadagi aniqliqdagi chiqish kuchlanishlari va toklarini stabilligini ta’minlaydigan stabilizatorlar va zarur chegaralarda chiqish kuchlanishlari va toklarini o‘zgartirishni ta’minlaydigan o‘zgartirgichlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |