Stabilizator
Kuchlanish yoki tok stabilizatorlari, deb taʼminot kuchlanishi, tarmoq chastotasi, atrof-muhit temperaturasi va boshqalar oʼzgarganda yuklamadagi tok va kuchlanishni qiymat boʼyicha oʼzgarmas ushlab turuvchi qurilmaga aytiladi.
Ishlash printsipiga koʼra, stabilizatorlar parametrik, kompensatsion va impulьsli stabilizatorlarga ajratiladi.
Parametrik stabilizatorlarda stabillash nochiziqli elementlar hususiyatlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ularda koʼpincha teskari aloqa mavjud boʼladi.
Kompensatsion stabilizatorlarda stabillash teskari aloqa zanjiri orqali chiqish kuchlanishi yoki toki oʼzgarishining rostlovchi elementga taʼsiri hisobiga amalga oshiriladi.
Kompensatsion stabilizatorlar berk avtomatik rostlash tizimi boʼlib, ularda tok rostlovchi elementdan uzluksiz yoki uzlukli boʼlib oqib oʼtadi.
Rostlash uslubi boʼyicha kompensatsion stabilizatorlar ketma-ket va paralell turlarga boʼlinadi.
Stabillash aniqligi boʼyicha stabilizatorlar 4 sinfga boʼlinadi:
1. Kichik stabillash. Kuchlanish va tokning ruhsat etiladigan oʼzgarishi 5 % dan yuqori.
2. Oʼrta stabillash. Kuchlanish va tokning ruhsat etiladigan oʼzgarishi 1-5 % gacha.
3. Yuqori stabillash. Kuchlanish va tokning ruxsat etiladigan oʼzgarishi 0.1-1 % gacha.
4. Oʼta yuqori (pretsizion) stabillash. Kuchlanish va tokning ruxsat etiladigan oʼzgarishi 0.1 % dan kichik.
Stabilizator parametrlari:
Stabilizatorlar chiqish kuchlanishining nostabilligi boʼyicha, stabillash printsipi boʼyicha, stabillash diapazoni boʼyicha, temperaturaviy koeffitsienti boʼyicha baholanadi.
Kirishdagi nostabillik quyidagicha aniqlanadi:
Chiqishdagi nostabillik quyidagicha aniqlanadi:
Yuklamadagi tok nostabilligi quyidagicha aniqlanadi:
Δ – stabilizator kirishidagi kuchlanishning oʼzgarishi;
Δ – stabilizator chiqishidagi kuchlanish oʼzgarishi;
Δ – yuklama tokining oʼzgarishi.
Kuchlanish stabilizatorining stabillash koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi ( =const boʼlganida):
Stabillash koeffitsienti qancha katta boʼlsa, kuchlanishni stabillash sifati shuncha yaxshi boʼladi.
Аgar kirish kuchlanishi oʼzgarmas kattalik hisoblansa, u holda yuklama boʼyicha kuchlanishni stabillash koeffitsientidan foydalanish mumkin ( =const boʼlganida):
Yuklama boʼyicha stabillash koeffitsienti qancha kichik boʼlsa, stabilizator shuncha sifatliroq boʼladi.
Kirish kuchlanishi oʼzgarishiga bogʼliq boʼlmagan holda yuklamadagi tokning oʼzgarmasdan ushlab turilishi tokni stabillash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |